O‘qituvchimisiz, qizil ruchkadan voz keching

O‘qituvchimisiz, qizil ruchkadan voz keching

Siz o‘qituvchimisiz? Bisotingizda haliyam qizil ruchka bormi? Unda hoziroq uni otib yuborib, o‘rniga yashil ruchka sotib oling!

Nimaga, deysizmi? Chunki hozir bu borada innovatsion pedagogik yondashuv joriy etilgan va dunyodagi barcha esi bor o‘qituvchilar qizil ruchkalardan voz kechmoqdalar.

Tajribali psixoterapevt Gavhar teshaboyeva bu uslubning nega kerakligi va uning afzalliklarini qisqacha bayon qilib berdi. Mutaxassisning ma’lum qilishicha, bola daftarida o‘qituvchi tomonidan qizil ruchkada ajratib ko‘rsatilgan xatolar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qizil ruchkada belgilangan xatolar bolaning ko‘ruv xotirasi (fotoxotira) orqali ong ostida saqlanib qoladi va u aynan qizilda ajratib ko‘rsatilgan xatolarnigina eslab qoladi, to‘g‘ri yozilgan harflarni yoki to‘g‘ri yechilgan misollarni emas. Chunki Siz aynan xatolarni ajratib ko‘rsatib bergansiz. Bu bilan Siz (o‘zingiz anglamagan holda) bolada o‘zidan qoniqmaslik, o‘zidan norozi bo‘lish, o‘zini kamchilikli sezish, o‘ziga ishonmaslik tuyg‘usini shakllantirib qo‘yasiz. Keling, yaxshisi, bolaning to‘g‘ri yechgan misollarini yoki to‘g‘ri yozgan harflarini yashil ruchka bilan ajratib, ko‘rsatib, alohida belgilab bering. Muvaffaqiyatlari, ya’ni to‘g‘ri bajargan amallari alohida ajratib, ko‘rsatib berilsa, bolada ijobiy his-tuyg‘ular shakllanadi: o‘zidan qoniqish hissi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Endi u aynan muvaffaqiyatlarini takrorlashni, yanada yaxshi natijalarga erishishni istaydi va bunga yaxshi kayfiyat bilan, o‘ziga ishonch bilan urinadi.
Unutmangki, bolaligidan faqat xatolari ko‘rsatib berilgan bolalar ulg‘ayganda ham ko‘proq negativ tuyg‘ular bilan yashaydilar. Alaloqibat, hayotda faqat xato va kamchiliklarnigina ko‘radigan shaxsga aylanib qolishlari hech gap emas, chunki bolaligida uning xatolarini tagiga qizil ruchka bilan chizib, alohida ko‘rsatib berishar edi…
Kishi miyasiga yoshligidayoq muhrlangan xatolar uning kelajakda o‘z hayotidan qoniqib, shukr qilib yashashiga to‘sqinlik qiladi.
Xulosa shuki, bolalarning xatolarini «qizil bilan» belgilashning o‘rniga, muvaffaqiyatlarini, to‘g‘ri ishlarini «yashil bilan» belgilashni odat qilsak, ularning ruhiyatiga (va bu orqali kelajagiga) katta ijobiy ta’sir qilgan bo‘lamiz.


Вы учитель? У тебя еще есть красная ручка? Тогда снимай прямо сейчас и купи вместо этого зеленую ручку!

Почему? Потому что сейчас внедрен инновационный педагогический подход, и все умнейшие учителя мира отказываются от красных ручек.

Опытный психотерапевт Гавхар Тешабоева кратко объяснила, зачем нужен этот метод и его преимущества. По мнению эксперта, ошибки, допущенные учителем в тетради ребенка с красной ручкой, негативно сказываются на его настроении.
Ошибки, отмеченные красной ручкой, сохраняются в памяти ребенка через зрительную память (фотопамять) и он запоминает только выделенные красным цветом ошибки, а не правильное написание или правильно решенные примеры. Потому что вы указали на ошибки. Таким образом (само того не осознавая) вы создаете у ребенка чувство неудовлетворенности, неудовлетворенности, неадекватности, неуверенности в себе. Полезно отметить зеленой ручкой примеры, которые ребенок решил правильно, или правильно написанные буквы. При выделении ребенка на успешность у ребенка развиваются положительные эмоции: самоудовлетворенность и уверенность в себе. Теперь он хочет повторить свой успех, добиться лучших результатов, и сделать это в хорошем настроении, уверенно.
Помните, дети, которые в детстве видят только свои собственные ошибки, вырастают с более негативными эмоциями по мере взросления. В результате он стал человеком, который видит в жизни только ошибки и недостатки, потому что в детстве его ошибки подчеркивались красной ручкой и выделялись…
Ошибки, отпечатавшиеся в мозгу человека в раннем возрасте, мешают ему в будущем жить довольной и благодарной жизнью.
Суть в том, что вместо того, чтобы отмечать ошибки детей «красным» и отмечать их успехи и добрые дела «зеленым», мы оказываем более положительное влияние на их моральный дух (и, следовательно, на их будущее).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: