O‘qituvchilik kasbi tarixi haqida

O‘qituvchilik kasbi tarixi haqida

O‘qituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud.

Chunki inson faqat taʼlim-tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy o‘choqlarida topilgan tarixiy-madaniy obidalar bu o‘lkalarda o‘qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar o‘qituvchilik bilan shug‘ullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega bo‘lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina o‘qituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli shaharlarida grammatistlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko‘pincha o‘z shaxsiy maktablariga ega bo‘lganlar. Boy oilalarda esa, taʼlim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar («pedagog» so‘zi shundan kelib chiqqan), yaʼni «bola yetaklovchilar» deb atalgan. Rim imperiyasida O‘qituvchi imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. O‘rta asrlarga kelib, G‘arb mamlakatlarida O‘qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug‘ullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma O‘qituvchilar paydo bo‘ldi. Texnika taraqqiy etib, odamlar ko‘payishi bilan O‘qituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki maʼlum darajada taʼlim ko‘rmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, ko‘plab maktab va o‘qituvchi kerak bo‘lardi. Ayni vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy o‘qituvchilaridan foydalanish keng yoyildi.

Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston o‘lkasida ham o‘qituvchi eng qadimiy va obro‘li kasb hisoblanib, «ustoz» deb eʼzozlangan. O‘lkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning o‘qituvchilari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. O‘lkamizda qizlarni o‘qitishga ham alohida eʼtibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o‘qituvchilari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning o‘qishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o‘qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa ko‘rgan yoki maktabdan so‘ng o‘z ustida ishlagan savodli kishi o‘qituvchilik bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan.

19-asrning oxiridan, yaʼni o‘lkada maʼrifatchilik harakati paydo bo‘lishi bilan o‘qituvchining saviyasiga alohida eʼtibor beriladigan bo‘ldi. Turkistonda anʼanaviy yo‘sinda o‘qitadigan o‘qituvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan o‘zlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. O‘qituvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uyg‘onish bo‘lishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.

O‘qituvchilar oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo‘lgan. Jamiyat gullab, yashnagan davrda unga eʼtibor yuksak bo‘ldi yoki o‘qituvchining mavqei ko‘tarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr to‘ntarishi amalga oshgandan so‘ng va sho‘rolarning o‘z oldiga qo‘ygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda o‘qituvchi tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Chunki butun o‘lka bo‘ylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli o‘qituvchilar sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan bo‘ldi.
Taʼlim tizimi ham mafkuraga bo‘ysundirilgan sho‘ro davrida o‘qituvchilar hukmron siyosatni o‘tkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli bo‘lmagan turli g‘oyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. O‘ziga xos bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanish o‘qituvchilar obro‘sining pasayishiga olib keldi.
Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari O‘zbekistonda ham 1936 yil 10 apr.dan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy o‘qituvchi unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. O‘shandan boshlab ped. o‘quv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda o‘qituvchi ixtisosligi beriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘qituvchilarni tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu «Taʼlim to‘g‘risida»gi qonun (1997 yil 29 avg .da qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. O‘zbekistonda o‘qituvchilar universitetlar, ped. o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. O‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir O‘. ga o‘qituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1 oktyabrda «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» singari faxriy unvonlar mavjud. O‘qituvchilarga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq to‘lanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun xalq taʼlimi va pedagogik gazeta va jurnallari, jumladan, o‘zbek tilida «Maʼrifat», rus tilida «Учительская газета» («O‘qituvchilar gazetasi») gazetalari, «Xalq taʼlimi», «Boshlang‘ich taʼlim», «Uzluksiz taʼlim», «Taʼlim taraqqiyoti», «Taʼlim va tarbiya», «Til va adabiyot taʼlimi» jurnallari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.
Shuni aytish kerakki, o‘qituvchilik kasbi alohida ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir ko‘rsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham o‘qituvchining professional jihatdangina yetuk bo‘lishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami o‘quvchilarga singdirilishi ko‘zda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga to‘yingan bo‘lishi kerak. O‘qituvchilar tayyorlanadigan o‘quv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani o‘qituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni to‘la uddalaydigan o‘qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir ko‘rsata oladi. Istiqlol davri o‘qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.

Wikipedia ma’lumotlari asosida tayyorlandi


Профессия учителя существует с незапамятных времен как отдельный вид человеческой деятельности.
Потому что только через образование человек может продолжать и развивать свою жизнь. Памятники истории и культуры, обнаруженные в древних очагах цивилизации, таких как Ассирия, Вавилон, Египет, Туркестан, Индия, Китай, свидетельствуют о том, что профессия учителя формировалась в этих странах в глубокой древности. В эти времена преподаванием занимались самые умные, опытные люди, и они пользовались большими привилегиями, чем другие. В Греции считалось, что только свободные люди имеют право преподавать. Они именовались в виде грамматиков, педаномов, дидаскалов, педотрибов в различных городах страны и часто имели свои частные школы. Однако в богатых семьях образование предоставлялось образованным и грамотным рабам, которых называли педагогами (отсюда и слово «воспитатель»), что означает «дети-лидеры». В Римской империи Учитель считался государственным чиновником, назначаемым от имени императора. К Средним векам преподавание в западных странах в основном практиковалось церковными служителями. С учреждением светских школ в городах появились наемные Учителя, приглашенные ремесленными мастерскими и купеческими гильдиями. С развитием технологий и увеличением количества людей учительство стало одной из самых популярных профессий. Потому что человек без определенного уровня образования не мог пользоваться техникой. Для этого потребуется много школ и учителей. В то же время в 18-19 веках в зажиточных семьях получило широкое распространение использование домашних учителей, таких как кареты и губернаторы.
В восточных странах, в том числе и в Туркестане, учительство является древнейшей и самой престижной профессией и почитается как «учитель». С приходом в страну ислама мечеть была установлена в каждом селе, в каждом районе города и почти в каждой мечети. Учителей этих школ называли учителями. Школы устраивались и в частных домах, которые назывались школьницами. В нашей стране особое внимание уделяется образованию девочек, в их домах созданы школы для грамотных женщин. Эти школьные учителя назывались отинойи или отинбиби. В связи с отделением образования от государства и тем, что воспитанием детей занимаются в основном родители, в Туркестане специально не готовят педагогическую профессию. Учителем мог быть грамотный человек, видевший медресе или работавший над ним после школы.
С конца 19 века, с появлением в стране просветительского движения, особое внимание стало уделяться уровню учителей. Помимо традиционных учителей, в Туркестане начали работать новые учителя из европейских стран. Это было особенно характерно для движения джадидов. Повышение уровня учителей привело к пробуждению психики нации, некоторому ускорению развития.
Задачи, стоящие перед педагогом, и его положение менялись на разных этапах развития общества. В то время, когда общество процветало, ему уделялось много внимания, или потому что статус учителя повышался. После Октябрьского переворота и для выполнения задачи массовой грамотности, поставленной Советами, в Туркестане была организована систематическая подготовка учителей. Потому что возникла потребность в профессионалах, работающих в школах, открывавшихся по всей стране. По этой причине учителей не пускали на войну в первые годы советской власти.
В советское время, когда система образования была идеологически подчинена, преподаватели стали доминирующей политической силой. Они были чрезмерно вовлечены в различную идеологическую, политическую и организационную деятельность, не имевшую прямого отношения к образованию. В Узбекистане, как и в других республиках бывшего СССР, было введено звание личного учителя (специальности). С тех пор накладка. После обретения Узбекистаном независимости особое внимание уделялось подготовке учителей. Это отражено в Законе об образовании (принят 29 августа 1997 г.) и Национальной программе обучения. Преподаватели вузов Узбекистана, пед. проходят обучение в учебных заведениях. В процессе своей педагогической деятельности учитель приобретает научные знания и развивает свои педагогические способности. В стране внедрена система подготовки учителей, каждая О’. имеет возможность получать бесплатную педагогическую и методическую помощь в подготовке учителей. Ежегодно 1 октября в стране отмечается День учителей и тренеров как национальный праздник. Республика имеет такие почетные звания, как «Народный учитель Республики Узбекистан», «Заслуженный работник народного образования Республики Узбекистан», «Заслуженный тренер молодежи Республики Узбекистан». Учителям предоставляется максимальное количество сокращенных рабочих дней и самый продолжительный оплачиваемый отпуск. Имеются также общеобразовательные и педагогические газеты и журналы для учителей, в том числе «Ма’рифат» на узбекском языке, «Учительская газета» («Учительская газета») на русском языке, «Народное образование», «Начальное образование». образование», «Развитие образования», «Образование и воспитание», «Языково-литературное образование» издаются журналы, педагогическая и методическая литература. Его личность важнее его профессиональных качеств. Потому что это формирует образ общества сегодня и завтра. Поэтому педагогу недостаточно быть профессионально зрелым. Его духовный мир должен быть пропитан теми благородными человеческими качествами, которые предстоит привить ученикам. Этому аспекту уделяется особое внимание в подготовке учителей.Современная педагогика подчеркивает, что у учителя есть такие функции, как практическая, исследовательская, организаторская, посредническая, исполнительная. Только педагог, в полной мере выполняющий эти задачи, может влиять на формирование современного молодого поколения как гармонично развитых личностей. Закрепление таких качеств у педагогов периода независимости является фактором, обеспечивающим развитие страны.
На основе информации из Википедии

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 7
  1. XUSHNUDJON

    NIMAGA YULAB BULMAYDI

  2. Аноним
  3. Ozoda,Farhod qizi

    :smile: :smile: :idea: :idea: :idea: :idea:

  4. DADAJOANOVA MUNIS

    :smile:

  5. Sherzodova Kumush sherzod qizi

    zo‘r gap bo‘lishi mumkin emas

  6. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea:

  7. Аноним

    zo’r :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: