O’qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash mezonlari belgilandi

O’qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash mezonlari belgilandi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Joriy o’quv yilida o’qituvchilarning dars soatlari erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga qarab taqsimlanadi

Har yili avgust oyida umumta’lim muassasalarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish arafasida o’qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash jarayoni amalga oshirilib kelinadi.

Afsuski, shu vaqtga qadar ularga dars soatlarini taqsimlash uchun aniq bir mezon belgilab berilmagan, aytish mumkinki, bu jarayonda inson omili muhim sanalib, maktab rahbari dars soatlarini taqsimlagan. O’qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.

Joriy yilning 30 iyunida Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sog’liqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro’yxatlarini shakllantirish tartibi to’g’risida nizom Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Mazkur Nizom bilan o’qituvchilarning tarifikatsiya ro’yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.

Endilikda o’qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilandi. Bunda o’qituvchlar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo’lsa va kasbiy mahorati yuqori bo’lsa, birinchi navbatda ularga ko’proq dars soatlarini ajratish belgilab qo’yildi. SHu o’rinda aytish joizki, bilimli, tajribali va o’z ustida doimiy ishlaydigan o’qituvchiga ko’proq dars soati ajratilishi maktablarda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilib, kelgusida o’zining ijobiy samarasini beradi.

Xususan, o’qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko’rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

    ✅xalqaro olimpiadalar g’oliblarini tayyorlagan o’qituvchilar;

    ✅o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g’oliblari;

    ✅chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo’yicha xalqaro sertifikatlarga ega o’qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

    ✅TOP–1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o’qituvchilar;

    ✅asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g’oliblarini tayyorlagan o’qituvchilar;

    ✅o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g’oliblari;

    ✅respublika bosqichidagi ko’rik tanlovlarda (yil o’qituvchisi) sovrinli o’rinlarga ega bo’lgan o’qituvchilar;

    ✅oliy malaka toifasiga ega o’qituvchilar;

    ✅birinchi malaka toifasiga ega o’qituvchilar;

    asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g’oliblarining o’qituvchilari;

    ✅ikkinchi malaka toifaga ega o’qituvchilar;

    ✅pedagogik yo’nalish bo’yicha magistr darajasiga ega o’qituvchilar;

    ✅belgilangan tartibda o’z fanidan o’tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo’yicha a’lo baholarga ega o’qituvchilar;

    ✅oliy ma’lumotli toifasiz o’qituvchilar;

    ✅qayta tayyorlash bo’yicha diplomga ega o’qituvchilar;

    ✅oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo’nalish bo’yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

    ✅pedagogik yo’nalish bo’yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o’qituvchilar;

    ✅oliy ma’lumotli o’qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o’rta maxsus, professional ma’lumotga ega o’qituvchilar;

    ✅oliy ma’lumotli o’qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo’yicha rahbar xodimlari.

Ushbu ketma-ketlik asosida o’qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari (bir yarim stavkagacha) belgilanishi tavsiya etiladi. SHu bilan birga maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo’lgan o’qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo’lgan dars soatlari boshqa o’qituvchilarga berilishi mumkin bo’ldi.

Yana bir muhim jihati, aynan bir xil ko’rsatkichlar mavjud bo’lgan bir nechta o’qituvchilar o’rtasida dars soatlari teng taqsimlanishi belgilab qo’yildi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida dars soatlari taqsimoti (tarifikatsiya ro’yxati) Xalq ta’limi vazirligi tizimida yaratilgan elektron dasturga kiritiladi.

Eslatib o’tamiz, hududiy xalq ta’limi bo’linmalari va hududiy moliya organlari har yili 25 sentyabrga qadar tarifikatsiya ro’yxatini tasdiqlaydi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: