O’qituvchilar qanday hujjatlarni yuritishi lozim?

O’qituvchilar qanday hujjatlarni yuritishi lozim?
Telegram kanal подписаться

So‘nggi 3 yil davomida xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari ortiqcha”qog‘ozbozlik” va hisobotlardan xalos etilib, asosiy vaqtlarini o‘zlarining kasbiy mahoratini oshirishga, darslarni sifatli tashkil etishga va faoliyat samaradorligini oshirishga e’tibor qaratishlari belgilangan.

Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida bayon etilishicha, yuritiladigan hujjatlar soni quyidagicha qisqargan:

– O‘qituvchilarniki 7 tadan 1 taga

– Sinf rahbarlariniki 10 tadan 2 taga

– MMIB direktor o‘rinbosarlariniki 19 tadan 4 tagacha

– Psixologlarniki 27 tadan 8 taga

– Metod birlashmalariniki 6 tadan 3 taga qisqartirildi. Metodik kengash, Vasiylik kengash kabi jamoatchilik asosida tashkil etilgan tashkilotlar faoliyati tugatildi.

Biroq, joylarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktab ma’muriyati tomonidan hozirgacha pedagog-xodimlardan ortiqcha hisobotlar va hujjatlar talab etish holati uchramoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tizimda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog-xodimlardan havolada keltirilgan ro‘yxatdan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emasliklarini eslatib o‘tadi va amalda bekor qilingan shu kabi hujjatlarni talab etgan holatlar haqida vazirlikning ishonch telefoni (71) 202-09-09 va @xtvpress telegram manziliga xabar berishlari so‘raladi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktab rahbarlaridan pedagog-xodimlardan ortiqcha hisobot va hujjatlarni talab etmasliklari bo‘yicha yana bir bor ogohlantiriladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 1
  1. Реклама

    Assalomu alaykum xurmatli baxtiyor.uz saytini tashkilotchisi, saytizdan foydalanganda katta reklama baneri paydo bo’lib ma’lumotlarni o’qishga xalal beryabdi, bunga albatta chora ko’ring, sizni saytinggizdan anchadan buyon foydalanib kelaman, shuning uchun yanada rivojlanishingizni tarafdoriman.

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: