Nurali Qobul haqida ma’lumot

Nurali Qobul haqida ma’lumot

Nurali Qobul haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Nurali Qobul (Nurali Xolboʻtayev) 1950 yilning 2 yanvarida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi Usmat qishlogʻida tugʻildi. Mirzo Ulugʻbek nomli Fargʻona davlat pedagogika instituti tarix fakultetida tahsil oldi. Jizzax shahridagi Bobur nomli 22-oʻrta maktabda oʻqituvchi, (1969–1970), “Gʻalaba bayrogʻi” gazetasida boʻlim boshligʻi (1971–1973), “Jizzax haqiqati” gazetasida muxbir (1973–1976), “Sovet Oʻzbekistoni sanʼati” jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1977–1986), “Yulduzcha” nashriyotida bosh muharrir, direktor (1987–1996) vazifalarida xizmat qildi.
Nurali Qobulning “Oyqor” nomli birinchi qissa va hikoyalar toʻplami 1978 yilda nashr etildi. Shundan soʻng uning “Salom, togʻlar” (1979),”Tubsiz osmon” (1981), “Yashash uchun kechikma”, “Kaptarlar qaytmagan kun” (1983), “Unutilgan sohillar” (1988), “Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar” (1992), Yetti iqlim xoqoni yoxud ahd va taxt” (2013) kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, “Odam, Oyqor togʻ va daydi shamol” (1980) nomli sheʼriy ertagi, “Vatandan yaxshi yor boʻlmas” nomli publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi.
Nurali Qobul tarjimon sifatida G. Markesning “Tanholikning yuz yili” romanini, Ch. Aytmatovning “Bolaligim” qissasini ona tilimizga oʻgirdi. Oʻzining ham roman, qissa va hikoyalari turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilindi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Нурали Кабул: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Нурали Кабул (Нурали Холботаев) родился 2 января 1950 года в селе Усмат Бахмальского района Джизакской области. Учился на историческом факультете Ферганского государственного педагогического института имени Мирзо Улугбека. Учитель средней школы № 22 им. Журнал «Искусство Узбекистана», главный редактор (1977–1986), главный редактор, директор (1987–1996) издательства «Юлдузча».
Первый сборник рассказов Нурали Кабула «Ойкор» был опубликован в 1978 году. Позже он написал «Здравствуйте, горы» (1979), «Бездонное небо» (1981), «Опоздал на всю жизнь», «День, когда голуби не вернулись» (1983), «Забытые пляжи» (1988) и « Те, кто не дотянулся до пшеницы» (1992 г.), книги романов, рассказов и рассказов типа «Семь климатов или Завет и трон» (2013 г.);
Нурали Кабул перевел роман Г. Маркеса «Сто лет одиночества», гл. Он перевел на наш родной язык рассказ Айтматова «Мое детство». Его романы, рассказы и рассказы переведены на турецкий и другие иностранные языки.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: