Normurod Narzullayev haqida ma’lumot

Normurod Narzullayev haqida ma’lumot

Normurod Narzullayev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Normurod Narzullayev 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Xoʻjahayron qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. U yetti yillik maʼlumotni oʻz qishlogʻidagi maktabda oldi. 1948 yilda Qarshi pedagogika bilim yurtiga kirib oʻqidi. 1956 yilda Samarqand davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi. Avval viloyat gazetalarida musahhih, soʻng adabiy xodim, boʻlim mudiri va masʼul kotib vazifalarida ishladi. 1968–1969 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining oʻzbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasida oʻqidi. 1964–1974 yillarda Samarqand va Toshkentda masʼul lavozimlarda xizmat qildi. 1974–1976 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, 1976–1981 yillarda uyushma kotibi vazifalarida ishladi. 1991–1997 yillarda “Kamalak” nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri, nashriyot direktori, 1997 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari “Kamolot” jamgʻarmasi “Qatortol-Kamolot” ishlab chiqarish-nashriyot korxonasida bosh maslahatchi lavozimlarida ishlab keldi.
Ijodiy faoliyatini elliginchi yillarda boshlagan Normurod Narzullayevning ilk sheʼriy toʻplami 1965 yilda “Suyunchi” nomi bilan Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosilib chiqdi. Shundan keyin uning oʻttizga yaqin kitoblari chop etildi. Shoir “Sizni Vatan erkalar” (1966), “Mehr chashmasi” (1970), “Zarafshon zarlari” (1970), “Ufqlarda koʻzlarim” (1973), “Lahza va larza” (1973), “Yogʻdu” (1974), “Nigohlar” (1976), “Sevgi sehri” (1981), “Oq samanim” (1982), “Tong elchisi” (1984), ikki jildli “Saylanma” (1984–1985), “Shamolni ushlagan bola” (1985), “Yaxshilik deb yashayman” (1987), “Ayni vaqt” (1989), “Bosh maydon” (1991) kabi toʻplamlarning muallifidir.
Mustaqillik yillarida shoirning qator sheʼriy kitoblari chop etildi va ilmiy-adabiy jamoatchilikka manzur boʻldi. Normurod Narzullayevning “Oq farishtam, oppoq farishtam” (1995), “Yurt ishqida yonaman” (1996), “Bola koʻzi bilan koʻring dunyoni” (1998) nomli sheʼrlar, qoʻshiqlar toʻplamlari uning ijodiy merosida sezilarli iz qoldirdi.
Normurod Narzullayevning sheʼrlari ingliz, ispan, fransuz, nemis, chex, polyak, vyetnam, turk, hind tillariga tarjima qilingan. Shoirning oʻzi esa Henrih Heyne, Maksim Tank, Yevgeniy Yevtushenko, Jobir Navroʻz, Qaysin Quliyev, Ibroyim Yusupov, Andrey Dementyev va boshqa shoirlar ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirgan.
Normurod Narzullayev “Xalq bulbuli”, “Doʻstlik mushoirasi” kabi hujjatli filmlar, “Sevgi sururi”, “Doiraning dovrugʻi” kabi videofilmlar ssenariylari, “Vijdon isyoni” dramasining muallifidir. Narziy taxallusi bilan qoʻshiqnavis shoir sifatida ham tanilgan Normurod Narzullayevning oʻnlab qoʻshiqlari xalqaro va respublika tanlovlarida sovrinli oʻrinlar oldi. “Meros”, “Uzilgan torlar”, “Toshkentda tuman”, “Sevgi nidosi”, “Fotima va Zuhra” kabi sahna asarlari va kinofilmlardagi qoʻshiqlar ham Normurod Narzullayev qalamiga mansubdir.
Oʻzbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev 1971 yilda Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor boʻlgan. 1984 yilda unga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. 1998 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Жизнь, творчество, творчество, деятельность, биография, подробная информация Нормурада Нарзуллаева.

Нормурад Нарзуллаев родился 7 июля 1934 года в селе Ходжаайрон Касбинского района Кашкадарьинской области в крестьянской семье. Получил семилетнее образование в школе своего села. В 1948 году поступил в Каршинское педагогическое училище. В 1956 году с отличием окончил Самаркандский государственный педагогический институт, факультет языка и литературы.
Трудовую деятельность начал в 1956 году. Сначала работал корректором районных газет, затем литературным работником, заведующим отделом и ответственным секретарем. С 1968 по 1969 год учился в аспирантуре узбекской литературы Самаркандского государственного университета имени Алишера Навои. С 1964 по 1974 год занимал ответственные должности в Самарканде и Ташкенте. С 1974 по 1976 год он занимал должность первого заместителя председателя Союза писателей Узбекистана, а с 1976 по 1981 год — секретаря Союза. С 1991 по 1997 год – главный редактор Издательско-полиграфического объединения «Камалак», директор издательства.
Нормурад Нарзуллаев, начавший свою деятельность в 1950-х годах, издал свой первый сборник стихов в 1965 году в Издательстве литературы и искусства имени Гафура Гулома под названием «Суюнчи». С тех пор вышло около тридцати его книг. Поэт написал «Сизни ватан эркалар» (1966), «Мехр чашмаси» (1970), «Зарафшан зарлари» (1970), «Уфгларда козларым» (1973), «Лахза ва ларза» (1973), «Йогду». (1974), «Глаза» (1976), «Магия любви» (1981), «Белая солома» (1982), «Посол зари» (1984), двухтомник «Отбор» (1984–1985) , «Ребенок, которого разбил ветер» (1985). Автор сборников «Живу во благо» (1987), «Время» (1989), «Главная площадь» (1991).
За годы независимости поэт издал ряд сборников стихов и стал популярен среди научной и литературной общественности. Сборники стихов и песен Нормурада Нарзуллаева «Белый ангел, белый ангел» (1995), «Я горю любовью к родине» (1996), «Взглянуть на мир глазами ребенка» (1998) оставили значительный след в его творческом наследии.
Стихи Нормурада Нарзуллаева переведены на английский, испанский, французский, немецкий, чешский, польский, вьетнамский, турецкий и хинди. Сам поэт переводил на узбекский язык образцы произведений Генриха Гейне, Максима Танка, Евгения Евтушенко, Жобира Навруза, Кайсина Гулиева, Ибраима Юсупова, Андрея Дементьева и других.
Нормурад Нарзуллаев является автором таких документальных фильмов, как «Народный соловей», «Поэма о дружбе», сценариев к таким фильмам, как «Сурги севги», «Доиранинг довруги», драмы «Восстание совести». Десятки песен Нормурада Нарзуллаева, также известного как Нарзи, стали победителями международных и национальных конкурсов. «Наследие», «Разорванные сети», «Район в Ташкенте», «Крик любви»,Нормурад Нарзуллаев также написал песни для таких спектаклей, как «Фатима и Зухра» и фильмов.
Народный поэт Узбекистана Нормурад Нарзуллаев был удостоен премии Молодежной организации Узбекистана в 1971 году. В 1984 году ему было присвоено звание «Заслуженный работник культуры Республики Узбекистан». В 1998 году он был награжден медалью Славы.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: