Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bo‘lmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?

Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bo‘lmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu masalani izohlab o‘tdi.

JAVOB: Yo‘q, ularning imtiyozi turdosh bo‘lmagan mutaxassisliklarga o‘tmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandida quyidagicha qoida belgilangan:

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar».

Bundan kelib chiqadiki, agar yuqoridagi imtiyozlardan birortasi mavjud bo‘lgan abiturient magistraturaning turdosh bo‘lmagan mutaxassisligiga hujjat topshirmoqchi bo‘lsa, unda ularga imtiyoz qo‘llanmaydi va umumiy asoslarda imtihonga kirishadi.

Bu mantiqan ham to‘g‘ri, filologiyani tugatgan talaba filologiya yo‘nalishidagi mehnatlari uchun davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsayu, lekin hujjatini iqtisod mutaxassisligiga topshirsa, unda kechirasiz, avval iqtisod bo‘yicha yetarli bilimlarga ega ekanligini isbotlasin, ana undan so‘ng, magistraturaga qabul qilinishi mumkin.

ESLATMA: yuqoridagi imtiyozi bor abiturientlar magistraturaga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadi. YA’ni qaysidir mutaxassislikda 1ta grant o‘rni bo‘lsa, o‘sha mutaxassislikka Prezident stipendiyasini olgan talaba hujjat topshirsa, u 1ta grant o‘rnini band qilmaydi, balki alohida kvotaga kiradi, boshqacha aytganda hech kimga xalaqit bermaydi.


Юрист Хушнудбек Худойбердиев прокомментировал этот вопрос.

ОТВЕТ: Нет, их привилегия не распространяется на несвязанные специальности.

Пункт 7 Положения, утвержденного Постановлением Кабинета Министров № 393 от 20.06.2017, устанавливает следующее правило:

Обладатели государственных стипендий и государственных стипендий Президента Республики Узбекистан, лауреаты Государственной премии им. Зульфии, а также студенты высших учебных заведений и молодежь со степенью бакалавра, лауреаты Государственной премии «Мард Оглон» Прием в магистерская программа учреждений основана на отдельных государственных грантах в дополнение к конкурсу на бакалавриат и смежные специальности.

Отсюда следует, что если абитуриент, обладающий какой-либо из вышеперечисленных привилегий, захочет поступить в магистратуру по неродственной специальности, то ему не будет предоставлена ​​привилегия, и он будет сдавать экзамен на общих основаниях.

Логично, что студент, окончивший филфак, должен получать государственную стипендию за свою работу в области филологии, но если он подает свой документ на специальность экономиста, то извините, в первую очередь докажите, что он обладает достаточными знаниями экономика, вот тогда можно поступать в магистратуру.

ПРИМЕЧАНИЕ: Абитуриенты, обладающие вышеуказанными привилегиями, принимаются в магистратуру на основании отдельных государственных грантов дополнительно к конкурсу. Если студент, получивший Президентскую стипендию, претендует на ГА по одной из специальностей, он не будет претендовать на один грант, а будет включен в отдельную квоту, то есть никому не будет мешать.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: