Nimaga yosh bolalar ota-onasini uradi?

Nimaga yosh bolalar ota-onasini uradi

Avtobusda to‘rt yoshlardagi bolakay «Obermading, obermading, sen yomon oyisan» deb onasining yuz-ko‘zlariga tinmay urardi.

Ona avval hijolat bo‘lib bolaning qo‘llarini ushlab oldi, yuzini chetga burdi. Lekin shumtaka onasining qo‘lidan yulqinib, unga qattiqroq zarba berishga urinaverdi. Shunda ona uning ikki qo‘liga qattiqqina urdi, bolakay yig‘lay boshladi-yu, onasini urmay qo‘ydi. Avtobusdagi odamlar ikki guruhga ajralib, birinchisi tarbiyasiz bolakayni, ikkinchisi qahri qattiq onani qoralashga tushdi. Men esa nega bolalar ota-onasiga qo‘l ko‘taradi degan savol haqida o‘ylay boshladim.
Bu hol ko‘pincha uch yoshdan keyin kuzatiladi. Psixologiyada 3 yosh inqirozi degan tushuncha bor, ya’ni aynan shu davrga kelib, kichkintoy ongli shaxsga aylanishni boshlaydi. O‘zini, atrofdagilarni anglaydi, o‘z fikrini qanday qilib bo‘lsa ham ilgari surishga harakat qiladi. Natijada bolalarning avvalgidek, shunchaki, noqulaylikdan emas, ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan injiqliklari boshlanadi. O‘smir yoshdagi bolalarning ota-onasiga qo‘l ko‘tarishi umuman boshqa mavzu va biz hozir chuqur psixologik, sosiologik va pedagogik tahlilni talab qiladigan bu mavzuni chetlab o‘tamiz. Biz 3-6 yosh oralig‘ida ota-onasiga qo‘l ko‘tarayotgan jajji «zolim»lar haqida gaplashamiz.
Nega uradi?
Bolalar bu yoshda juda taqlidchi bo‘ladilar. Uryaptimi, demak yo uni ham urishadi, yoki oila a’zolari orasida jismoniy zo‘rlik bor. U ko‘rganini qiladi, eshitganini so‘zlaydi. Albatta, onasi yo otasini urayotgan bola ularni yomon ko‘radi, degani emas. Bu, shunchaki, kichkintoyning ayni damdagi kayfiyati. Va buning ota-onasiga nisbatan muhabbatiga taalluqli joyi yo‘q. O‘smir yoshdagidan farqli o‘laroq, albatta. Demak, birinchi navbatda kattalar bola oldida o‘z xulqlarini nazorat qilishlari kerak.
Ikkinchi sabab esa qaqajon ilk bora ota-onasiga qo‘l ko‘targanda e’tibor berilmagan, bu ishning yomonligi tushuntirilmagan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Ya’ni muammo ustida ishlanmagan. Keyin bu ish takrorlanavergan. Bola-da, ursa nima bo‘pti, esi yo‘q-da degan qarash yaramaydi. Chunki qo‘li yugurik bola bu odatini ulg‘ayganida ham tashlamasligi mumkin. Hatto, esi kirib ota-onasiga qarshi qo‘l ko‘tarishdan o‘zini tiya olgan taqdirda ham, tengdoshlari, keyinchalik umr yo‘ldoshi jismoniy tajovuz ob`ektiga aylanib qoladi. Demak, bolani yoshlikdanoq bu yomon odatdan qaytarish kerak.
Nima qilmoq kerak?
Avvalo, hech qachon bunday qilmaslikni qulog‘iga quyish kerak. Nasihat, ertaklar, didaktik materiallar – xullas, hamma vositalar yaxshi. Bu tarbiyaning bosh talabidir, ya’ni muammoni tinch yo‘l bilan hal etishga yoshligidanoq o‘rgatish. Albatta, tarbiya ishlari aynan o‘sha agressiya payti emas, muntazam olib borilishi lozim.
Ikkinchidan, bolangiz sizga qo‘l ko‘tarayotganini ko‘rishingiz bilanoq qo‘llarini ushlab oling, urishiga yo‘l qo‘ymang. Agar epchillik qilib bir-ikki marta shunga muvaffaq bo‘lsangiz, bolangiz boshqa yo‘l qidirishga tushadi.
Uchinchidan, bordi-yu, kichkintoy sizni ursa, javoban uni ham urish mumkin emas. Ba’zi ota-onalar joni naqadar og‘riganini bildirish, ba’zilar shunchaki alamini ko‘rsatish uchun bolani uradi. Ammo bola mening jonim og‘rigani kabi ota-onamniki ham og‘riydi, deb o‘ylamaydi. Chunki farzandigiz nazarida siz “supermen”siz. Faqat uning joni og‘rishi mumkin. Egan kaltagidan qilayotgan ishim to‘g‘ri ekan, urish mumkin ekan, ular ham urishyapti-ku, degan xulosa chiqaradi, xolos.
To‘rtinchidan, chalg‘ituvchi usullardan foydalaning, bir urdimi, siz buni o‘yinga, hazilga buring, boshqa urmasligi uchun nimagadir chalg‘iting.
Beshinchidan, joningiz og‘riganini, azobda ekaningizni bolaga ko‘rsating. Ya’ni psixologik ta’sir o‘tkazing. Ba’zida bolalar ota-onasining joni og‘riyotganini sezishsa, darrov jahldan tushib, mehribonchilik qila boshlaydilar.
Oltinchidan, albatta, uni jazolang. Masalan, urdimi, tizzangizdan tushirib nari keting, o‘z ishingiz bilan shug‘ullaning. Bir oz muddat e’tibor bermang, mehribonchilik ko‘rsatmang. Bola devorga ursa, qo‘li og‘rishini biladi-ku. Xuddi shunday, ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, jazo olishini bilsin. O‘shandagina keyingi safar harakatlarini nazorat qiladi.
Demak, 3 asosiy qoidani unutmang: a) tushuntirish; b) ogohlantirish; v) jazolash.

Manba: Darakchi.uz


В автобусе четырехлетний мальчик все время бил мать по лицу, говоря: «Ты не поняла, ты не поняла, ты плохая мать».

Смущенная, мать взяла ребенка за руки и отвернулась. Но Шумтака выхватила его из рук матери и попыталась ударить посильнее. Тогда мать сильно ударила его по обеим рукам, и мальчик заплакал, но не ударил мать. Люди в автобусе разделились на две группы: первая осуждала необразованного ребенка, а вторая осуждала разгневанную мать. Я стала задумываться над вопросом, почему дети поднимают руку на родителей.
Это состояние чаще всего наблюдается после трехлетнего возраста. В психологии есть понятие кризиса 3 лет, то есть в это время малыш начинает становиться сознательной личностью. Разбирается в себе, в окружающих, старается любым способом продвигать свое мнение. В результате детские капризы начинают ориентироваться на конкретную цель, а не просто от смущения. Нападки подростков на родителей — это совсем другая тема, и мы сейчас избегаем этой темы, требующей глубокого психолого-социологического и педагогического анализа. Речь идет о маленьких «тиранах», которые поднимают руку на родителей в 3-6 лет.
Почему?
Дети в этом возрасте очень подражательны. Если его бьют, значит, либо его бьют, либо имеет место физическое насилие среди членов семьи. Он делает то, что видит, говорит то, что слышит. Конечно, ребенок, который бьет свою мать или отца, не означает, что он их ненавидит. Это просто настроение малыша. И это никак не связано с его любовью к родителям. В отличие от подростка, конечно. Это значит, что в первую очередь взрослым необходимо контролировать свое поведение перед ребенком.
Вторая причина в том, что когда Какаджон впервые поднял руку на родителей, его проигнорировали. То есть проблема не решена. Затем работа повторялась. Нехорошо думать, что ребенок сумасшедший. Потому что ребенок с насморком может не бросить эту привычку, даже когда вырастет. Даже если он приходит в сознание и воздерживается от поднятия руки на родителей, его сверстники, а позже и супруга, становятся объектом физической агрессии. Значит, необходимо с раннего возраста вернуть ребенка от этой вредной привычки.
Что делать?
Прежде всего, необходимо предостеречь никогда не делать этого. Советы, сказки, дидактические материалы — словом, все средства хороши. Это главное требование воспитания, то есть приучать с раннего возраста решать проблемы мирным путем. Разумеется, воспитательная работа должна проводиться регулярно, а не в момент агрессии.
Во-вторых, как только вы видите, что ваш ребенок поднимает на вас руку, держите его за руки, не давайте ему ударить. Если вам удастся сделать это один или два раза, вашему ребенку придется искать другой способ.
В-третьих, если малыш тебя ударит,бить его в ответ тоже нельзя. Одни родители бьют ребенка, чтобы выразить свою боль, другие просто, чтобы показать свою боль. Но ребенок не думает, что моим родителям так больно, как мне. Потому что в глазах вашего ребенка вы «сверхчеловек». Только его душа может болеть. Он просто заключает, что я делаю правильно, что можно бить, и что они тоже дерутся.
В-четвертых, используйте отвлекающие методы, один удар вы превращаете в игру, шутку, отвлекаете почему-то, чтобы не ударить другого.
В-пятых, покажите ребенку, что вам больно. То есть иметь психологический эффект. Иногда, когда дети чувствуют, что их родителям больно, они сразу становятся злыми и добрыми.
В-шестых, конечно, наказать его. Например, если вас ударили, встаньте на колени и приступайте к работе. Не обращайте внимания на время, не проявляйте доброты. Мальчик знает, что если он ударится о стену, его рука поранится. Точно так же он должен знать, что если он поднимет руку на родителей, то будет наказан. Только тогда он будет контролировать свой следующий ход.
Итак, запомните 3 основных правила: а) объяснение; б) предупреждение; в) наказание.

Источник: Даракчи.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: