Nega o‘smirlar bir-birlariga nisbatan shafqatsizlik qiladilar?

Nega o‘smirlar bir-birlariga nisbatan shafqatsizlik qiladilar

Bolangiz tengdoshlari tomonidan ruhiy bosimga uchrayotgan bo‘lsa, gij-gijlash, jismoniy zo‘ravonlikka duch kelsa, qanday yo‘l tutgan ma’qul?

Nega o‘smirlar bir-birlariga nisbatan shafqatsizlik qiladilar, oilada, o‘quv muassasalarida, yoshlar markazlarida, boringki davlat miqyosida bunga qarshi qanday kurashish mumkin? Kommersant.uz masalaga oydinlik kiritishga urinib ko‘rdi, deya yozmoqda Kun.uz nashri.
May oyida Toshkent shahrida bir o‘smirning tan jarohatlaridan vafot topgani voqeasi jamiyatda chuqur muammolar mavjudligini namoyon etdi. Jumladan, o‘smirlar o‘rtasidagi jismoniy tajovuzkorlik hamda maktablar, kollej va litseylardagi tengdoshlararo ziddiyatlar anchayin xavfli va nazoratga olinishi zarur bo‘lgan hodisa ekanligini ota-onalar ham anglab yetdilar.

O‘smirlar tajovuzkorligi sababi nimada?

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji psixolog-pedagogi Sayyora O‘rinboyeva:
“Tajovuzkorlik – bu yoshlarning o‘zini himoya qilishidir. Bu yo‘l bilan ular o‘smirlik chog‘ida shakllanuvchi o‘z “men”ini himoya qiladi. Shuningdek, tengdoshlar o‘rtasida yetakchilik uchun kurash yuzaga keladi. Salbiy ruhiyatga ega o‘quvchi jamoada eng “zo‘r” bo‘lishga intiladi. Sinf rahbari guruh yoki sinfdagi muhitni ziyraklik bilan payqashi va yetakchilikka intilishni to‘g‘ri o‘zanga yo‘llashi lozim. Bundan tashqari, ota-onalar tomonidan tushunish va qo‘llab-quvvatlash ham o‘ta muhim. Agar bu yetarli darajada bo‘lmasa, bolalar yomon xulq-atvor bilan o‘zlariga e’tibor jalb qila boshlaydilar”.
260- o‘rta maktab psixologi Lyudmila Mayorova:
“Ko‘pchiliklashib do‘pposlashgacha boradigan shafqatsizlik holatlarining sababi tushunarli, aniq va odatiy. Jasur Ibragimov ishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarni o‘rgansak, ko‘ramizki, bir qancha talabalar intizom qoidalarini bir necha marta buzganlar va jismoniy kuch ishlatganlar. Bu yerda ota-onalarning munosabati juda muhim. O‘zining aloqalaridan foydalanib, bolaning oldini olish, uni qilmishiga yarasha munosib jazodan saqlab qolish mumkin emas. Bu oila, jumladan bola uchun katta kulfat keltiradi. U bolaligidanoq o‘zini jazosiz qolishini bilib katta bo‘ladi, xulq-atvor qoidalarini qabul qilmaydi, do‘stlariga, o‘qituvchilarga hurmat nimaligini tushunmaydi. Ota-onasi uning barcha muammolarini hal qilib berishini biladi. Har narsa mumkinligi bolani va uning ruhiyatini barbod qiladi.
Maktabda men ota-onalar o‘z mavqelarini suiistemol qilishlari holatini muntazam kuzataman. Bolani qabul qoidalarini aylanib o‘tib maktabga joylash, kelgusida esa, tanishlar va pul evaziga institutga kiritish bunga misol bo‘ladi. Bular bari bolalarning zarariga ishlaydi. Ular ko‘pincha ochig‘ini aytishadi: “Meni joylab qo‘yishadi” yoki: “Men haqimda allaqachon kelishib qo‘yishgan”. Demak, bola o‘z kuchiga tayanmaydi.  Tajovuzkorlikda ham xuddi shunday. Ular ota-onalari har qanday qilmishlarini “yopdi-yopdi” qilib yuborishini biladilar. Albatta, bu oiladagi illat, bu o‘smirning aybi emas. Buning ildizi chuqur ekanligini tushunaylik – avvalambor ota-ona o‘zgarishi kerak.
Maktab bolaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, biroq ota-onalar, shunday ekan, deb mas’uliyatni zimmalaridan soqit qilmasinlar. Bosh javobgar – baribir, ota-ona. Bola uyida nimani ko‘rsa, boshqa jabhalarga ham shuni tatbiq etadi. Birinchi navbatda ota-onalar oiladagi o‘z xatti-harakatlariga e’tibor qaratsinlar. Tajribamda shunday voqea bo‘lgan: bola pul o‘g‘rilar, atrofdagilarni aldardi. Ota-onasi bilan suhbatda haqiqiy manzara aniqlashdi: ota onani ko‘p urar, bola muntazam buning shohidi bo‘larkan. Ona bir necha bor oiladan chiqib ketishga majbur bo‘lgan, bu esa bolaning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Bu tajovuzkorlikka o‘tishi mumkin edi, lekin boshqa xulq-atvor buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ldi”.

Bola gij-gijlash qurboni bo‘lganligini qanday sezish mumkin?

Pedagoglar so‘zlariga ko‘ra, xatti-harakatdan bu darrov bilinadi: bola asabiy, kamgap, xomush bo‘lib qoladi, o‘z qobig‘iga o‘ralib oladi. Agar bola o‘qishga borishdan hadeb bo‘yin tovlayversa yoki darslardan qochsa, o‘quv muassasasidagi muhit uni ruhan ezayotgan bo‘lishi ehtimoli katta. Bu vaziyatdagi oxirgi chora – farzandni boshqa o‘quv muassasasiga o‘tkazish.
260- o‘rta maktab psixologi Lyudmila Mayorova:
“Agar bola tajovuzdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, avvalo sinf rahbari bilan ishlash kerak. Keyin psixolog vaziyatni o‘rganadi va yordam ko‘rsatadi. Gij-gijlash holatlarini yuzaga kelgan zahoti, har qanday yo‘l bilan: yumshoqlik bilanmi, qattiqqo‘llik bilanmi, kerak bo‘lsa, tahdid bilan ham yo‘q qilish kerak. Agar bolalar chegaradan chiqsalar va shafqatsizlik boshlansa, suhbatlashish uchun uchastka nozirini chaqirish, ma’muriyat tavsiyalariga quloq tutmasalar, oqibati nima bo‘lishini tushuntirish lozim”.

Bola tengdoshlarining jismoniy tajovuziga uchrasa, nima qilish kerak?

Azamat Hotamov, O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyasi:
“Huquqiy nuqtai nazardan shunday yo‘l tutish mumkin:

  • 1.  Ichki ishlar idoralariga yoki prokuraturaga xabar berish/ariza yozish.2.  Rahbariyat tegishli choralar ko‘rishi uchun o‘quv muassasasi (maktab/kollej/litsey) direktoriga xabar berish. Ma’muriyat o‘z muassasasi doirasida ishni hal qilish huquqiga ega.

    3.  Mahalla qo‘mitasi voqeani tergovdan keyin muhokama qiladi, u vaziyatni surishtirish vakolatiga/huquqiga ega emas.

O‘zboshimchalik bilan biror choralar ko‘rmang, bu sizning zararingizga ishlashi mumkin. Faqat yuqorida keltirilgan instansiyalar va mansabdor shaxslargina farzandingizga jismoniy zarar yetkazgan bolaning ota-onasi bilan muhokama qilish huquqiga egalar. Jabrlanuvchining ota-onasi birovga nisbatan hukm chiqarishi va jazolashi aslo mumkin emas.
Material o‘rganib chiqilgach, voyaga yetmaganlar bilan ishlash maxsus komissiyasiga taqdim etilishi mumkin. Bunday komissiyalar hokimiyatlar qoshida faoliyat yuritadi. Ular ota-onalarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi. Agar bolaning xulq-atvoriga oiladagi nomaqbul muhit ta’sir ko‘rsatayotgani isbotlansa, ota-onalik huquqidan mahrum qilishgacha borishi mumkin. Javobgar ota-onaga nisbatan davlat idoralarining yakuniy qarori to‘g‘risidagi yozma javob berishlariga erishish kerak.
14 yoshdan kichik o‘smir, hatto uning harakatlari inson o‘limiga olib kelgan bo‘lsa-da, na jinoiy na ma’muriy jaovbgarlikka tortiladi. Uning ota-onasi javob beradi. Voyaga yetmaganlarning qilmishlari uchun ota-ona jinoiy yoki ma’muriy emas, moddiy javobgarlikka tortiladi.
Muayyan yoshdan bolalar ma’muriy va jinoiy javobgarlik sub’yektlariga aylanadilar. Ba’zi jinoyatlar uchun bolalar 14 yoshdan ma’muriy yoki jinoiy tartibda javobgar bo‘ladilar.
Bolalarni tengdoshlari tomonidan gij-gijlanishidan himoyalash uchun jamiyat keng ko‘lamda zo‘ravonliklarsiz hayot tashviqotini yuritishi kerak. Tabiiy, hammasi tarbiyadan boshlanadi – kichik yoshidanoq bolaga mas’uliyat va or-nomus tuyg‘ularini singdirib borish kerak”.
Ma’muriyat va pedagoglarning o‘rni
260- o‘rta maktab psixologi Lyudmila Mayorova:
“Sinf rahbariga, u bolalarni qanchalik boshini bir qila olishiga ko‘p narsa bog‘liq. Birgalikda sayohatlar uyushtirish, muzeylarga, tog‘larga borish, tanlovlar, ko‘rgazmalarda qatnashish yaxshi yordam beradi. Bolalar orasidagi tajovuzkorlik darajasi pasayadi.
Tajribamda kuzatilgan voqea: jamoada yakkalanib qolgan bolaning tobi qochib qoldi. Sinf rahbari sinf soatlarida ishni shunday yo‘lga qo‘ydiki, bolalar uning uchun tilaklar yozilgan qiziqarli narsalar yasashdi, xatlar yozishdi: “Sog‘ayib ketgin”, “Qachon qaytasan?”, “Sen bilan futbol o‘ynamoqchimiz”. Bola tuzalib, sinfga qaytganida vaziyat ancha yaxshilanib, sinfdoshlar o‘zaro do‘stlashib olishdi. Mana shu – sinf rahbarining san’ati.
Statistikaga ko‘ra, keyingi o‘n yilliklarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida tajovuzkorlik va jinoyatchilik darajasi keskin o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha bunday ma’lumotlarga ega emasmiz, shunday esa-da, ma’muriyat bolalar orasida zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelishiga bee’tibor qolmasligi lozim. Qat’iy munosabat bildirilishi, huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etish kerak. Huquqbuzarlikni yashirish ham huquqbuzarlik sanaladi.  Ma’muriyatda bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishga oid ko‘rsatmalar bo‘ladi”.
O‘zDJTU 2- son akademik litseyi direktor o‘rinbosari Go‘zal Yo‘ldosheva:
“Birinchi navbatda o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar hamkorligi tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Ta’limni tarbiyadan ajratib bo‘lmaydi. Faqat mana shu ikki asosiy omillar uyg‘unligidagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda, ota-onalarni ham ta’lim-tarbiya ishiga jalb qilish kerak.
Ota-onalar turlicha bo‘ladi. Birlari bolaning o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor bo‘ladilar, birorta majlisni qoldirmaydilar, tarbiyaga jiddu-jahd bilan kirishadilar. Boshqalar asosiy vazifalarini moddiy ta’minot deb biladilar va bola bilan muloqot uchun yetarli vaqt ajrata olmaydilar. Axir aynan o‘smirlik davrida bolaga do‘st, suhbatdosh, maslahatgo‘y kerak. Uyida qo‘llab-quvvatlashni ko‘rmagach, bolalar ko‘chada, internetda, kursdoshlari orasidan o‘ziga hamdard qidira boshlaydi va tashqi ta’sirga oson beriladilar, u esa har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Ko‘p ota-onalar bolalari litsey yoki kollejda o‘qiydimi, demak voyaga yetib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan deb hisoblaydilar. Aslida, mutlaqo bunday emas”.
Ushbu litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maqsuda Obidova:
“Bolaga to‘laqonli bilim berilsa va intellektual mashg‘ulotlarga muhabbat uyg‘otilsa, bekorchilikka vaqti qolmaydi. Hozirgi yoshlar kam o‘qiydi, so‘z boyligi haminqadar va dunyoqarashi ham tor. Aksariyati vaqtini gajyetlar o‘ynashga, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishga sarflaydi. Bolalarga kitoblar, badiiy adabiyot olib berish, hayotdagi maqsadlarini belgilashga ko‘maklashish kerak: qiziqarli ma’rifiy-ma’naviy, ta’lim va ijodiy tadbirlarga olib borish lozim – u yerda bola ruhlanadi, rag‘batlanadi, shuningdek, farzandlarni muvaffaqiyatli insonlar bilan tanishtirish, ularning hayotlari haqida so‘zlab berish kerak.
Bundan tashqari, ta’lim muassasalarida psixolog faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Shunchaki “bormi–bor” qabilida emas, balki psixologga o‘quvchilar ishonsin, ota-onasiga aytgandek, o‘z muammolari haqida so‘zlay olsin”.
Biz bir masala xususida turli mutaxassislar fikrlarini jamlashga harakat qildik. Mulohazalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, zamirida yotgan g‘oya umumiy – har bir bolaning kamol topishida oila, ta’lim muassasi va jamiyat birdek mas’ul. Bu uch omilning biri oqsasa, bas – shakl topayotgan shaxsiyat kemtik bo‘lib qoladi. Shuni unutmaylik.


Что делать, если ваш ребенок подвергается преследованиям со стороны сверстников, издевательствам или физическому насилию?

Почему подростки так плохо относятся друг к другу, как с этим бороться в семье, в учебных заведениях, в молодежных центрах, на государственном уровне? Kommersant.uz попытался внести ясность в этот вопрос, сообщает Kun.uz.
Смерть подростка в Ташкенте в мае от травм показала, что в обществе есть глубокие проблемы. В частности, родители осознали, что физическое насилие среди подростков и конфликты между сверстниками в школах, колледжах и средних школах более опасны и должны контролироваться.

В чем причина подростковой агрессии?

Сайёра Уринбаева, психолог, педагог Республиканского училища олимпийского резерва:
«Агрессия — это когда молодые люди защищают себя», — сказал он. Таким образом они защищают свое «Я», которое формируется в подростковом возрасте. Также идет борьба за лидерство среди сверстников. Студент с негативным настроем стремится быть лучшим в обществе. Руководитель класса должен быть осведомлен об обстановке в группе или классе и направлять стремление к лидерству в правильном направлении. Также важно, чтобы родители понимали и поддерживали их. Если этого недостаточно, дети начнут отвлекаться на плохое поведение».
Людмила Майорова, психолог 260 средней школы:
«Причины жестокости, приведшей к избиениям, понятны, очевидны и банальны. Если посмотреть на распространяемую в социальных сетях информацию о деле Жасура Ибрагимова, то можно увидеть, что ряд студентов неоднократно нарушали правила дисциплины и применяли физическую силу. Здесь очень важно отношение родителей. Невозможно запретить ребенку пользоваться своими связями и избавить его от заслуженного наказания. Это большое бедствие для семьи, в том числе и для ребенка. Он растет, зная, что с малых лет останется безнаказанным, не принимает правил поведения, не понимает, что значит уважать своих друзей и учителей. Она знает, что ее родители решат все ее проблемы. Возможность чего угодно разрушает ребенка и его психику.
В школе я регулярно наблюдаю, как родители злоупотребляют своим положением. Примером тому является устройство ребенка в школу в обход правил приема, а в дальнейшем и поступление в институт за знакомства и деньги. Все это работает во вред детям. Они часто говорят: «Меня посадят» или «Меня уже согласовали». Это означает, что ребенок не рассчитывает на собственные силы. То же самое и в агрессии. Они знают, что их родители «заткнут» все, что они делают. Конечно, это вина семьи, а не подростка.Посмотрим правде в глаза — большинству родителей нужно измениться.
Школа оказывает сильное влияние на ребенка, но родители не должны снимать с себя ответственность. В любом случае основная ответственность лежит на родителях. То, что ребенок видит в доме, он применяет и к другим аспектам. В первую очередь родители должны обратить внимание на собственное поведение в семье. По моему опыту, ребенок ворует деньги и обманывает других. В беседах с родителями они выяснили реальную картину: родители сильно били, и ребенок регулярно был свидетелем этого. Мать несколько раз была вынуждена уйти из семьи, что сказалось на детской психике. Это могло быть агрессивным, но это оказалось другим поведением».

Каково это быть жертвой рвоты?

По словам воспитателей, такое поведение сразу бросается в глаза: ребенок становится нервным, раздражительным, грустным, закутанным в собственную скорлупу. Если ребенок отказывается ходить в школу или пропускает занятия, школьная обстановка, скорее всего, будет депрессивной. Крайним средством в этой ситуации является перевод ребенка в другое учебное заведение.
Людмила Майорова, психолог 260 средней школы:
«Если ребенок подвергается насилию, вы должны сначала поработать с классным руководителем. Затем психолог изучает ситуацию и оказывает помощь. Как только возникает ситуация, ее следует устранять любым способом: мягко, жестко, а при необходимости и угрозами. Если дети пересекут границу и начнется насилие, вызовите участкового на собеседование и объясните последствия, если они не прислушаются к рекомендациям администрации».

Что делать, если ребенок подвергается физическому насилию со стороны сверстников?

Азамат Хотамов, судья Ассоциации арбитражных судов Узбекистана:
«Тогда это просто стало известно нам.

1. Заявить/подать заявление в полицию или прокуратуру.

2. Сообщить директору образовательного учреждения (школы/колледжа/лицея), что руководство примет соответствующие меры. Администрация имеет право решать дело в рамках своего учреждения.

3. Районный комитет обсудит происшествие после расследования, он не имеет полномочий/права расследовать ситуацию.

Не предпринимайте никаких действий самовольно, так как это может быть вам во вред. Только вышеперечисленные инстанции и должностные лица имеют право вести переговоры с родителями ребенка, причинившего физический вред вашему ребенку. Родители жертвы не могут никого судить и наказывать.
После ознакомления с материалом его можно передать в специальную комиссию по работе с несовершеннолетними. Такие комиссии действуют при органах власти. Они принимают соответствующие меры против родителей. Если доказано, что на поведение ребенка влияет неблагоприятная семейная среда,может дойти до лишения родительских прав. Необходимо получить письменный ответ ответственного родителя об окончательном решении государственных органов.
Несовершеннолетний в возрасте до 14 лет не подлежит уголовной или административной ответственности, даже если его действия повлекли смерть человека. Ее родители отвечают. Родители несут материальную ответственность за действия несовершеннолетних, не уголовную и не административную.
С определенного возраста дети становятся субъектами административной и уголовной ответственности. За некоторые преступления дети старше 14 лет привлекаются к административной или уголовной ответственности.
Чтобы защитить детей от домогательств со стороны сверстников, общество должно способствовать жизни без насилия в широких масштабах. Конечно, все начинается с воспитания — с раннего возраста ребенку нужно прививать чувство ответственности и достоинства».
Роль администрации и воспитателей
Людмила Майорова, психолог 260 средней школы:
«Многое зависит от классного руководителя, насколько хорошо он сможет удержать детей вместе. Совместные путешествия, походы в музеи, походы в горы, участие в конкурсах и выставках могут оказать большую помощь. Уровень агрессии у детей снижается.
Случай, который я наблюдал на своем опыте: ребенок, которого оставили одного в команде, сбежал. Классный руководитель устроила занятия таким образом, что дети придумывали для нее забавы, писали ей письма: «Выздоравливай», «Когда ты вернешься?», «Мы хотим поиграть с тобой в футбол». Когда мальчик выздоровел и вернулся в класс, все стало намного лучше, и одноклассники подружились. Это искусство классного руководителя.
По статистике, уровень агрессии и преступности среди несовершеннолетних резко вырос за последние десятилетия. У нас нет таких данных по Узбекистану, однако администрация не должна игнорировать случаи насилия над детьми. Надо принимать жесткие меры, подключать правоохранительные органы. Сокрытие преступления также является преступлением. У администрации будут инструкции, как поступить в этой ситуации».
Гозал Юлдашева, заместитель директора Академического лицея №2 УзГЮОУ:
«В первую очередь нужно наладить систему взаимодействия депутатов по вопросам образования и воспитания. Образование неотделимо от воспитания. Только при сочетании этих двух ключевых факторов можно добиться положительного результата. Кроме того, родители должны участвовать в воспитании.
Родители разные. Одни в курсе развития и поведения ребенка, не пропускают ни одной встречи, усердно относятся к его воспитанию. Другие видят свои основные обязанности в материальном обеспечении и не могут уделять достаточно времени общению с ребенком. Ведь именно в подростковом возрасте ребенку нужен друг, собеседник, советчик. Когда не видят поддержки дома, дети на улице,в интернете они начинают искать сочувствия среди своих одноклассников и легко поддаются влиянию со стороны, что не всегда положительно. Многие родители считают, что независимо от того, учатся ли их дети в средней школе или колледже, это означает, что они выросли и стали самостоятельными. На самом деле это совсем не так».
Максуда Обидова, заместитель директора по духовно-воспитательной работе лицея:
«Как только ребенок будет полностью образован и полюбит интеллектуальные занятия, у него не будет времени для праздности. Сегодняшняя молодежь меньше читает, у нее меньше словарного запаса и более узкое мировоззрение. Большую часть времени он проводит за гаджетами и социальными сетями. Детей необходимо обеспечить книгами, художественной литературой, помочь в постановке целей в жизни: интересные образовательные, духовно-познавательные и творческие занятия — где ребенка вдохновляют, поощряют, а также детей с успешными людьми, знакомят, рассказывают о своих жизни.
Кроме того, работа психологов в образовательных учреждениях должна быть правильно организована. «Студенты должны доверять психологу и говорить о своих проблемах так, как они говорили своим родителям».
Мы постарались собрать мнения разных экспертов по одному вопросу. Какими бы разными ни были взгляды, идея заключается в том, что семья, учебное заведение и общество в равной степени несут ответственность за развитие каждого ребенка. Если один из этих трех факторов не работает, то формируемая личность имеет недостатки. Не будем забывать об этом.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: