Nega o‘quvchilar maktabga borishni istamaydi? 10 sabab

Nega o‘quvchilar maktabga borishni istamaydi? 10 sabab

O‘quvchilar maktabga borgisi kelmasligining 10 sababini ko‘rib chiqamiz.

Farzand.uz nashrida e’lon qilingan ushbu maqola «Я Happy мама» sayti ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Maktab xato qilish mumkin va hatto kerak ekanligini o‘rgatmaydi, axir faqat shu yo‘l bilan nimanidir o‘rganish mumkin. 11 yoshli maktab o‘quvchisi bolalar maktabga borishni istamasligining 10 ta sababini ma’lum qildi.

  1. O‘qituvchi

Endigina maktabga qadam qo‘yishingiz bilan sizga qo‘rquvni singdirishga urinishadi. Ulardan biri — o‘qituvchidan qo‘rqish.

  1. Bahodan qo‘rqish

Birinchi qo‘rquvdan so‘ng bahodan qo‘rqish shakllana boshlaydi. Ana undan keyin ota-ona yoki maktab direktorining jazosidan qo‘rqish. Maktabda sen haqiqatda kimligingga qarashmaydi, faqat baholaringga qarab xulosa chiqarishadi.

  1. Xato qilishdan qo‘rqish

YAna bir qo‘rquv — xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish. Maktab xato qilish mumkin va kerak ekanligini o‘rgatmaydi, axir faqat shu yo‘l bilan nimanidir o‘rganish mumkin-ku.

  1. Kamsitish

Maktabga borishni istamaslikning yana bir sababi bu sinfdoshlarning masxara qilishidir. Bu esa ko‘pincha o‘qituvchilarning xatosi bo‘ladi. Ular bolalarni biror narsani sinfdoshlari kabi uddalay olmaganligi uchun hammaning oldida kulguga qo‘yadi. Ular uchun baho o‘quvchidan ustunroqdir. Men ijodkorlar klubiga borib, biser to‘qish, xamirdan yasash, teridan bilaguzuklar yasash va boshqa shu kabi hunarlarni o‘rgandim. SHunda to‘garakdagi tarbiyachi maktabga kelib, yutuqlarim haqida so‘zlab berganda, direktor o‘rinbosari hayratga tushdi: «Timofey? Bo‘lishi mumkin emas!»

  1. Turli testlar

Dars davomida beriluvchi testlarda o‘z fikringni ifodalash varianti mavjud emas. Bola yaxshi baho olish uchun taklif qilingan javoblardan birini topishga urinadi, lekin bu savolga uning o‘z fikri bo‘lishi mumkin-ku. O‘ylashimcha, agar odam biror narsaga qiziqsa, butun maktab davrida o‘rganishi mumkin bo‘lgan narsani qisqa vaqt ichida o‘zlashtirib olishi mumkin.

  1. Uyga vazifalar hajmi

Qaerdadir o‘qigandim, uyga vazifalar bolaning o‘zlashtirishi va ma’lumotiga ta’sir qilmas ekan. Bir marta menga ingliz tilidan shunchalik ko‘p topshiriq berilgan ediki, uch soat davomida ularni yozib chiqqanimdan so‘ng, bo‘ynimni qimirlata olmay qolgandim. Bir hafta davomida bo‘yin uchun mo‘ljallangan korset taqib yurgandim.

  1. O‘ziga xoslik taqiqlanadi

Maktabda boshqalardan ajralib turadiganlar uncha xushlanmaydi. Bu yoqtirmaslik o‘qituvchidan boshlanib, o‘quvchilarga ham o‘tadi va ular  bilan bir umrga qoladi.

  1. Maktab bolaga baxtli bo‘lishni o‘rgatmaydi

The Beatles guruhi a’zosi Jon Lennon besh yoshligida onasi unga hayotda eng asosiysi baxtli bo‘lish degan ekan. U maktabga borganda, undan «Hayotda kim bo‘lishni istaysan?» deb so‘rashganda, u «Baxtli bo‘lishni» deb javob bergan. SHunda unga «Sen topshiriqni tushunmayapsan» deyishganda, u «Siz esa hayotni tushunmaysiz» degan ekan.

  1. Maktab axborot bilan ishlashni o‘rgatmaydi

YouTube kanalida fizika o‘qituvchisi biror mavzuni juda oson va qiziqarli tarzda tushuntiradi. Bu kabi resurslarni tomosha qilish o‘nlab zerikarli darsning o‘rnini bosishi mumkin.

  1. Maktab katta hayotga tayyorlamaydi

Maktab — bu katta hayotga tayyorgarlik. Biroq u qanday qilib daromad qilish, uni saqlab turish yoki ko‘paytirishni o‘rgatmaydi. O‘ylashimcha, maktabda bir-birimizni tushunishni o‘rgatuvchi fan asosiy fan sifatida o‘qitilishi lozim. Axir muloqot qilishni bilish eng muhim omil-ku!


Вот 10 причин, по которым ученики не хотят ходить в школу.

Эта статья, опубликованная в Farzand.uz, подготовлена ​​на основе сайта «Я счастливая мама».

Школа не учит, что можно и даже нужно ошибаться, потому что только так можно чему-то научиться. 11-летняя школьница назвала 10 причин, по которым дети не хотят ходить в школу.

Учитель

Как только вы идете в школу, они пытаются вселить в вас страх. Один из них – страх перед учителем.

Страх цены

После первого страха начинает формироваться страх перед ценой. Тогда есть страх быть наказанным родителем или директором школы. В школе не смотрят, кто ты есть на самом деле, они просто делают выводы на основе твоих оценок.

Страх совершить ошибку

Еще один страх – боязнь совершить ошибку. Школа не учит, что можно и нужно ошибаться, потому что только так можно чему-то научиться.

Дискриминация

Еще одна причина нежелания идти в школу – это то, что ее высмеивают одноклассники. Часто в этом виноваты учителя. Они заставляют людей смеяться перед всеми, потому что они не могут делать то, что их одноклассники. Для них оценка выше, чем для ученика. Я ходила в творческий кружок и научилась плести из бисера, лепить тесто, делать кожаные браслеты и так далее. Потом, когда в школу пришел воспитатель кружка и рассказал мне о моих достижениях, завуч удивился: «Тимофей? Не может быть!»

Различные тесты

Нет возможности высказать свое мнение в тестах, данных во время урока. Ребенок пытается найти один из предложенных ответов, чтобы получить хорошую оценку, но у него может быть свое мнение по этому вопросу. Я думаю, что если человек чем-то увлекается, то он может научиться за короткое время тому, чему он может научиться за весь школьный период.

Объем домашнего задания

Я где-то читал, что домашнее задание не влияет на мастерство и знания ребенка. Однажды мне дали столько заданий по английскому языку, что, написав их три часа, я не мог пошевелить шеей. Я ношу шейный бандаж уже неделю.

Конфиденциальность запрещена

Тем, кто выделяется из толпы в школе, она вряд ли понравится. Эта неприязнь начинается с учителя, распространяется на учеников и длится всю жизнь.

Школа не учит ребенка быть счастливым

Когда Джону Леннону, участнику группы The Beatles, было пять лет, мать сказала ему, что самое главное в жизни — это быть счастливым. Когда он пошел в школу, его спросили: «Кем ты хочешь быть в жизни?» когда его спросили, он ответил: «Чтобы быть счастливым». Затем, когда ему сказали: «Ты не понимаешь задачи», он сказал: «И ты не понимаешь жизни».

В школе не учат управлению информацией

На YouTube-канале учитель физики очень просто и интересно объясняет тему. Просмотр таких ресурсов может заменить десятки скучных уроков.

Школа не готовит к большой жизни

Школа – это подготовка к большой жизни. Но она не учит вас, как делать деньги, как сохранить их или как приумножить. Я думаю, что предмет, который учит нас понимать друг друга в школе, должен преподаваться как основной предмет. Ведь самое главное — уметь общаться!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Mukamova Aynur

    konikarli javoblar boshga javoblar ham boladimi uni saytingizga yuklaysizmi maktab okuwchilari haxida yana fikrlaringiz bormi yana javoblar boladimi

  2. abdullayevabror

    8-sinflar uchun ham bormi savollar bo‘lsa tashavoring iltimos kanalga gap yo‘q

  3. nargiza

    juda to‘g‘ri

  4. qurbonova

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: