Nega matematikada noma’lum son «X» harfi bilan belgilanadi?

Nega matematikada noma’lum son "X" harfi bilan belgilanadi?

Hikoya IX asrda Xorazmda boshlangan. U yerda matematik al-Xorazmiy tenglamalar yechish fanining asosi – algebrani yaratgan.

Uning nomi arabcha «al-jabr» atamasidan kelib chiqqan bo’lib, belgini o’zgartirgan holda tenglama a’zosini chapdan o’ngga almashtirish ma’nosini anglatadi.
Al-Xorazmiy hali formuladan foydalanmagan va tenglamalarni so’z bilan yozardi. U noma’lum miqdorni «shey»(arabchadan «narsa») deb atagan. Masalan: 3ta «narsa» jami 15 bo’lsa, demak har 1 «narsa» 5ga teng deb e’tirof etadi.
XII asrda al-Xorazmiy kitoblari Ispaniyaga yetib keldi. U yerda noma’lum narsa “xei” deb yozila boshlandi. CHunki eski ispan tovushida SH harfi X harfi bilan yozilardi. Borib borib, xei so’zi, bir harf, x harfigacha qisqarib ketdi.
Dekart 1637 yilda nashr etilgan mashhur «Geometriya»ga aynan shu ispancha «x» harfini qo’shdi. Fransuz tilida bu xat «ks» deb o’qilgan va «iks» deb aytilgan.

Manba: Azon.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: