Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?

Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?

Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham.

Ko‘pchilik kitob o‘qisa, uyqusi kelib qolishidan noliydi. Britaniya psixologik jamiyatidan doktor Xristian Jarret bu jarayoni quyidagicha izohlaydi.

Odatda kitobni qulay holatda o‘qishga harakat qilamiz – o‘tirib yoki yotib, tinch joyda, kun oxirida yoki faol mashg‘ulotlardan keyin. Bularning hammasi bo‘shashishga olib keladi. Bundan tashqari, matn tashqi olamdan va uning tashvishlaridan chalg‘itadi, muammolarni esdan chiqarib, xotirjam bo‘lishimizga yordam beradi. Shuningdek, fantaziya uyg‘onib, uyquga eltishi mumkin.

Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.

Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.

Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz.

Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo.

Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz.

Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.

Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi.

Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.

 


Наверное, нет никого, кто бы не засыпал во время чтения книги. Хотя книга не скучная.

Большинство людей жалуются, что засыпают, когда читают книгу. Доктор Кристиан Джарретт из Британского психологического общества объясняет этот процесс следующим образом.

Обычно мы стараемся читать книгу в удобном положении — сидя или лежа, в тихом месте, в конце дня или после активной тренировки. Все это приводит к расслаблению. Кроме того, текст отвлекает от внешнего мира и его забот, помогает забыть о проблемах и успокоиться. Фантазии также могут разбудить вас и усыпить.

Если вам нужно дочитать книгу или вы хотите читать книгу долго, не засыпая, вот 8 способов сделать это:

Найдите удобное место для чтения, но не слишком удобное. Сядьте на стул вместо того, чтобы читать книгу в постели. Если вы спите там, сядьте в кресло и почитайте книгу.

Увеличивайте яркость комнаты во время чтения.

Проветрите комнату, в ней должно быть немного прохладно. Вы быстро заснете в жаркую погоду.

Если вам нужно закончить чтение книги, попробуйте обновить ее перед тем, как начать читать. Занимайтесь спортом, пейте кофе, принимайте холодный душ и так далее.

Делайте перерывы, читайте по частям. Не читайте больше часа. Встаньте и сделайте несколько шагов — ваша кровь потечет, и вы освежитесь.

Выпейте воды, стакан сока или чашку чая.

Активно читайте — отмечайте цитаты, делайте пометки. Отметка цитат в электронной книге также помогает сохранять концентрацию в течение длительного времени. Когда тело активно (прилипает к страницам, держит ручку, записывает мысли), мозг также активен.

Измените время чтения. Если вы всегда читаете книгу перед сном ночью, у вас сформируется условный рефлекс, связывающий книгу со сном. Попробуйте читать днем.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: