Nazar Eshonqul (1962)

Nazar Eshonqul

Nazar Eshonqul hayoti, faoliyati, asarlari haqida ma’lumotlar

Nazar Eshonqul hayoti

Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi.

Nazar Eshonqul faoliyati

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi.

Nazar Eshonqul asarlari

Nasrimizning oʻtgan asr 80-90 yillaridagi yangilanish odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar namoyon boʻldi. Hozirgi nasrimizdagi mazkur ijodiy izlanishlar darhol adabiy jamoatchilik diqqatini tortdi. Bu hol oʻzbek nasrining tahlil hududi kengayib, tasvir qamrovining kengligi, tahlil maydoni, shakli, mazmuni, maqsadi borasida yangi-yangi jihatlarni namoyon etdi. Xususan, obʼyektiv olam, voqea-hodisalar tasviri, qahramon xatti-harakatlari, uni oʻrab turgan muhit va sharoit, zamon va makon endi toʻgʻridan-toʻgʻri badiiy toʻqimaga aylantirilmay, ularning inson tasavvuri, shuuriga taʼsiri, qahramonning unga ongli munosabati badiiyatga aylantirildi. Endi kitobxon qahramon bilan emas, balki uning tafakkuri bilan muloqotga kirishadigan, uning tafakkur jarayoni bilan bahslashadigan boʻldi.
Shu maʼnoda, Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga yangi ovoz, yangi ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblardan biridir. Ilk asari – “Urush odamlari” qissasidan (1989) soʻng, “Ufq ortidagi quyosh”, “Maymun yetaklagan odam” (2004), “Shamolni tutib boʻlmaydi” (2005), “Momoqoʻshiq” (1991), “Yalpiz hidi” (1996), “Shaftoli guli” (2011) nomli kitoblari nashr qilingan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности и творчестве Назара Эшанкуля

Жизнь Назара Эшанкула

Талантливый писатель Назар Эшанкул родился в 1962 году в селе Терсота Камашинского района Кашкадарьинской области. После окончания средней школы в 1979 году изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (1981–1986) и в аспирантуре того же университета (1986–1991).

Деятельность Назара Эшанкуля

Работал в Союзе писателей Узбекистана, в газете «Ёзувчи», в журнале «Жахон адабияти». С 1997 года работает на Узбекской телерадиокомпании.

Работы Назара Эшанкула

Возрождение нашей прозы в 1980-х и 1990-х годах несколько отличалось от традиционного образа жизни, а в конце 19-начале 20-го веков оно имело сходные черты с литературным течением, возникшим на Западе. Эти творческие поиски в нашей теперешней прозе сразу же привлекли внимание литературной общественности. Это расширило рамки анализа узбекской прозы, выявив новые аспекты по широте, объему, форме, содержанию и цели анализа. В частности, предметный мир, изображение событий, действия героя, окружающая его среда и обстоятельства, время и пространство перестают быть непосредственно преобразованными в художественную ткань, но их воздействие на человеческое воображение, сознание, сознательное отношение главного героя к Это. Теперь читатель взаимодействует не с главным героем, а с его мышлением, спорит с его мыслительным процессом.
В этом смысле Назар Эшанкул привнес в узбекскую прозу, особенно в повествование, новый голос, новый дух. Он один из писателей, сочетающих этот жанр с традициями восточной и западной литературы. Его первыми работами были «После истории о людях войны» (1989), «Солнце за горизонтом», «Человек, ведущий обезьяну» (2004), «Невозможно удержать ветер» (2005), «Гром» (1991) и «Запах». Мятного двора (1996 г.), «Персиковый цвет» (2011 г.).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :roll:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: