Navoiy va Guli monologi

Alisher Navoiy
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.

Navoiy (o`qiydi).
e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!
Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin…
Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)
La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.
Navoiy: Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!
Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!
Guli: Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz
So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,
Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.
Navoiy: Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.
Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?
Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?
Guli: Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin
eshitmak odatim bo`lgan azaldin.
Navoiy: Quloq soldingmi?
Guli: Yolg‘iz men emas, gul,
Samo, er, koinot, aftoda bulbul —
Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.
G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?
G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.
G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,
G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?
Navoiy: Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.
Bularning barchasi senga atalg‘on.
Guli: Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.
Navoiy: Nechuk? Xo`sh!
Guli: So`nggi chog‘da kamnamosiz.
G‘arib, bechora men – er, siz — samosiz.
Navoiy: Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,
Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.
Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,
Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.
Yumush der, erdagi har zarra tuproq,
Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.
Guli: Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam
Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.
Navoiy: Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,
Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.
Guli: Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!
Ulur ishlarni qilmoq istagan er
Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,
Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,
Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.
Navoiy: Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.
Guli: Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,
Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.
Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush
U tushni eslasam boshdin uchar hush…
Navoiy: Nechuk tush?
Guli: So`ramangiz
Navoiy: So`zla, azizim!
Guli: Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..
Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.
Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.
Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,
Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim
Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh
Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh
ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,
Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…
Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.
Navoiy: Gulim, behudaga bezovta bo`lma,
O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.
Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,
Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.
Meni shersiz deding, yovlar quyondir,
Quyonlarning ishi senga ayondur.
Guli: Durust, shersiz… faqat… zanjiri band sher….
Navoiy: ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).
Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.
Guli: esiz, men sizni ranjitdim…
Navoiy: (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,
Guli: (devonni olib.)
Jonim bilan.
Navoiy: Yangi bitilgan
Sening ishqing bilan
O`sgan, etilgan.

Monologni PDF formatida – yuklab olish.

Saytimizda shuningdek Alisher Navoiyning g’azallari to’plami, va bu zot tavalludiga bag’ishlangan senariylar to’plami ham o’rin olgan.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: