Navbatdagi majburiy attestatsiya uchun pedagoglardan to’lov undirilmaydi

Navbatdagi majburiy attestatsiya uchun pedagoglardan to’lov undirilmaydi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Bu haqida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Navbatdan tashqari ya’ni o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ta’lim inspeksiyasi rahbarining ta’kidlashicha ushbu yangilik o‘qituvchi-murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yig‘im undirilayotgan edi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: