Navbat surxondaryoga! O’qituvchilar faoliyati baholanmoqda

Navbat surxondaryoga! O’qituvchilar faoliyati baholanmoqda
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Surxondaryoda Xalq ta’limi tizimi xodimlarining bilim darajasi baholanmoqda.

Joriy yilning 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimi boshqaruv xodimlari, maktab direktorlari va o’qituvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o’tkazish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9 dekabr kuniga qadar davom etadigan test sinovlarida 32 769 nafar o’qituvchi va boshqaruv xodimlarining bilimi o’z mutaxassislik fanlari hamda davlat tili bo’yicha baholanadi.
Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi mudirlari ishtirokida test jarayonlarini tashkil etish, uni o’tkazish, o’qituvchilarning test sinovlarida belgilangan jadval asosida tashkiliy ravishda ishtiroklarini ta’minlash bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.
SHuningdek, bitiruvchilari oliy o’quv yurtiga umuman kirmagan Termiz tumanidagi 15-sonli va 21-sonli maktablarning faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur maktablar rahbariyati va o’qituvchilari jamoasiga ta’lim sifatini oshirish bo’yicha vazifalar topshirildi. Jumladan, o’quvchilarni oliy o’quv yurtiga tayyorlash va to’g’ri yo’naltirish ishlarini 9-sinfdan boshlash, 11-sinf o’quvchilari bilan alohida maqsadli ishlash, barcha asosiy fanlardan qo’shimcha darslar tashkil etish, o’qituvchilarning darslarni sifatli o’tishi yuzasidan dars tahlillarini muntazam olib borish, tuman XTB tomonidan har ikki maktabga bir nafardan mas’ul biriktirish, ilg’or maktablar bilan tajriba almashishni tashkil etish, o’quvchilar va ota-onalar o’rtasida anonim so’rovnomalar o’tkazish orqali o’qituvchilar faoliyatini baholash va so’rovnoma natijalariga ko’ra dars taqsimotlarini qayta ko’rib chiqish va boshqa ko’rsatmalar berildi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: