Namanganlik o‘quvchi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi

Namanganlik o‘quvchi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi

Internet tarmog‘i bilan erishish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar ko‘lami tobora ortib bormoqda. Buning yaqqol isbotini namanganlik o‘quvchining Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan olgan maktubi misolida ham ko‘rish mumkin.

Bu haqda UzAA xabar berdi.

Azizbek Mirzaxolov Namangan shahridagi 33-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi. Yosh, izlanuvchan o‘quvchi maktabdagi barcha fanlarni a’lo baholarga o‘qishi bilan birga ingliz tilini ham mukammal o‘zlashtirishga astoydil kirishgan. U o‘zining istiqboldagi rejalarini Angliyadagi oliy ta’lim muassasalari bilan bog‘lagan. Qolaversa, uning mazkur mamlakat tarixi, madaniyati, Qirollikning o‘ziga xos jihatlari qiziqtiradi.

Azizbek hozirga qadar juda ko‘p mashhur insonlarning dastxatlarini ham to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Azizbek yuborgan maktubida ham Britaniya tarixiga qiziqishi hamda Qirolichaning dastxatini olishi sharaf ekanini yozgan. Yosh, navqiron shu bilan birga o‘zi yashayotgan mamalakat tarixiga qiziqishi bor o‘zbekistonlik o‘quvchining maktubi Qirolichaning javob maktubi yuborishiga sabab bo‘lgan.

Maktubda Qirolicha Yelizaveta II maktub olganidan minnatdorligi, yana shunday xatlarni kutib qolishini aytib, alohida minnatdorlik bildirgan. Dastxat o‘rnida esa Qirolichaning shaxsiy surati sovg‘a sifatida yuborilgan.

Bu maktub nafaqat Azizbekni balki uning tengdoshlarini, ustozlari va yaqinlarini ham ruhlantirdi.


Спектр возможностей, доступных через Интернет, расширяется. Доказательство этому можно увидеть в письме наманганского студента от королевы Великобритании Елизаветы II.

Об этом сообщает УзАА.

Азизбек Мирзахолов учится в 11 классе Наманганской средней школы №33. Молодой, любознательный ученик не только преуспевал в школе по всем предметам, но и упорно трудился над освоением английского языка. Свои планы на будущее он связал с высшим образованием в Великобритании. Он также интересуется историей, культурой и особенностями Королевства.

Пока что Азизбеку удалось собрать подписи многих знаменитостей. В своем письме Азизбек написал, что интересуется британской историей и для него большая честь получить подпись королевы. Письмо узбекского студента, молодого и интересующегося историей страны, в которой он живет, дало королеве ответ.

В письме королева Елизавета II выразила благодарность за получение письма, сказав, что будет с нетерпением ждать таких писем снова. Вместо этого в подарок было отправлено личное фото королевы.

Это письмо воодушевило не только Азизбека, но и его сверстников, учителей и родственников.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: