Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning 6 siri

Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning 6 siri

Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.

Nima uchun ba’zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, deyiladiWorld Economic Forum’da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar, ijodiy qarorlar va kuch-quvvat bilan ta’minlaydigan narsalarga sarmoya qilishadi. Dastlab ularning muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi.
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun uni serdaromad deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga qarab ishda qanday natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.

Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, o‘z vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ish vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta’minlaydi.
«Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir».
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtirochi, yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik  foydali odatlari bo‘ladi. Quyida uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha samarali maslahat bilan bo‘lishamiz.

1. Kundalik tuting

Ko‘p muvaffaqiyatli kishilar odatda shaxsiy kundaliklarini yuritishadi.
Masalan, Benjamin Franklin har tongda o‘ziga o‘zi savol bergan: «Bugun qanday yaxshi ish qilishim kerak?» Har kuni kechqurun esa o‘z kunini «Bugun qanday yaxshi ish qildim?» degan savol bilan tugallagan. Stiv Jobs ko‘zgu oldida turib, «Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi kunim bo‘lganida bajarishni rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?» deya qiziqqan.
Menejment masalalari bo‘yicha iqtisodchi va maslahatchi Piter Druker qaror qabul qilayotib, bundan nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin esa ularni amaldagi natijalar bilan taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan boshlaydi — bunda u nima uchun hayotdan minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga tushiradi.
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni qoldirgan. AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga borib ularning soni 50 taga yetgan.
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz yanada e’tiborli va ziyrak  bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.

2. Tanaffus qiling

«Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma’lumotni o‘zlashtirish xususiyatiga xuddi sakkiz soatlik uyqu kabi ta’sir ko‘rsatadi», — deya ta’kidlaydi uyquni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar kun davomida bir soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi bajarishadi.
Bu odat Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan. Masalan, Leonardo da Vinchi uyquni ko‘plab 10 daqiqalarga «maydalab», yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir jang oldidan uxlab olishni ma’qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger har kuni tushlikdan keyin uxlab oladi.

Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun davomidagi tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham rivojlantiradi.
Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan foydalangandir.

3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring

Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi. Piyoda sayr ham ajoyib mashq bo‘lishi mumkin.
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da. Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.
«Faqat sayr vaqtida kelgan g‘oyalargina qadrli bo‘ladi».
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar orasida Aristotel, Maxatma Gandi, Jyek Dorsi, Tori Byorch, Hovard Shults, Oliver Saks va Uinston Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.

4. Ko‘proq kitob o‘qing

Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim darajamizni oshirishning tejamkor va juda samarali usulidir.
Uinston Cherchill kuniga bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob o‘qigan.
Mark Kyuban kuniga 3 soatdan ortiq kitob o‘qiydi. Milliarder Devid Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan kitob o‘qigan. Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin.

O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini oshiradi va stress darajasini kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga erishishga yordam beradi.

5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping

Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan muloqot qilish natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, Mariya va Per Kyuri, Stiv Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib kelgan.
Tolkin va Lyuis o‘zlarining yozgan qoralamalarini bir-birlariga o‘qishga berishgan, har dushanba kechqurun pabda ko‘rishishgan. Olimlar Frensis Krik va Jyeyms Uotson ko‘p muloqot qilishgan va birga tushlik qilishgan, keyin esa Moris Uilkinson bilan birga DNK tuzilmasini aniqlashgan.
Teodor Ruzveltning esa tennis xonasi bo‘lgan, uning a’zolari birga tennis o‘ynashgan va siyosiy masalalarni muhokama qilishgan.
Qator yetuk shaxslarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqalar bilan muloqot vaziyatga boshqa tomondan qarash va hatto mutlaqo yangi narsa yaratishda yordam beradi.

6. Tajriba qilishdan qo‘rqmang

Qanday muhim fazilatlar egasi bo‘lishimizga qaramay, har birimiz xatoga yo‘l qo‘yamiz. Ularni kelgusida sizga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan tajriba deb hisoblang.
Muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri siz tomoningizdan o‘tkazilgan tajribalar soniga bog‘liq. Bir yutuq barcha muvaffaqiyatsiz urinishlaringizni «yuvib ketadi».
Tomas Edison gidroksidli akkumulyatorni ixtiro qilgunga qadar uning 50 mingdan ortiq tajribasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Mukammal lampani yaratish uchun esa 9 ming muvaffaqiyatsiz urinish ortda qolgan. Shunday bo‘lsa-da, umrining oxiriga borib Edison 1100 patentga egalik qilgan.

Tajribalarni faqat amalda o‘tkazish shart emas. Masalan, Eynshteyn ularni aqlida o‘tkazgan va bu unga o‘zining bebaho ilmiy nazariyalarini rivojlantirishda yordam bergan. Tomas Edison va Leonardo da Vinchilarning kundaligida yozishmalardan tashqari, mental kartalar va turli chizmalar ham bor.
Tajribalar foydali ko‘nikmalarni ishlab chiqishda yordam beradi. Prodyuser va ssenariynavis Shonda Rayms haddan ziyod mehnatkashligi va yaqqol namoyon bo‘luvchi introvertligidan xalos bo‘lishga qaror qildi va avval qo‘rqqan narsalariga rozilik bera boshlagan. Bu tajriba «Hammasiga «ha» deydigan yil» nomini olgan.
Faylasuf va shoir Ralf Uoldo Emerson ushbu ajoyib iboraning muallifi hisoblanadi: «Hayot — boshidan oxirigacha tajriba. Tajriba qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi».
Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Agar uni kelgusida o‘zingizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarga sarflasangiz, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Manba: Kun.uz


Жизнь и карьера большинства взрослых показывают, что ключом к успеху является управление временем.

Почему одни люди становятся всемирно известными бизнесменами и лидерами, способными изменить мир, а другие не могут переместиться из одной точки в другую, несмотря на их тяжелый труд? По данным Всемирного экономического форума, причина этого часто упускается из виду.
Успешные предприниматели вкладывают свое время в то, что даст им новые знания, творческие решения и энергию в будущем. Сначала их успех может быть незаметен, но в итоге в результате долгосрочных вложений они достигают небывалых высот.
В результате грамотно распределенное время является отличным источником дохода, поэтому его можно назвать прибыльным бизнесом. Диаграмма ясно показывает, чего мы можем достичь на работе в зависимости от того, как мы тратим свое время.

Уоррен Баффет, например, владел компанией с сотнями тысяч сотрудников, но не посвящал ей своего времени. По словам миллиардера, 80% своего времени он проводит за чтением и размышлениями. Для принятия правильных решений требуется время и знания, необходимые для успешного ведения бизнеса.
«Лучшая отдача — это инвестиции в знания».
Бенджамин Франклин, политик, изобретатель, писатель
Успешные люди контролируют почти каждую ситуацию. Вот несколько эффективных советов, которые помогут вам получить прибыль в долгосрочной перспективе.

1. Ведите дневник

Многие успешные люди обычно ведут личный дневник.
Например, Бенджамин Франклин каждое утро спрашивал себя: «Что хорошего я должен сделать сегодня?» И каждую ночь он спрашивал себя: «Что хорошего я сделал сегодня?» дополнен вопросом. Стив Джобс встал перед зеркалом и сказал: «Если бы это был последний день моей жизни, сделал бы я то, что планировал?» — спросил он.
Экономист по менеджменту и консультант Питер Друкер записал, чего он ожидал от решения, и через несколько месяцев сравнил это с фактическими результатами. Опра Уинфри начинает свой день с дневника Дня Благодарения, в котором перечислены пять причин, по которым она благодарна жизни.
Альберт Эйнштейн оставил после себя более 80 000 страниц различных рукописей. Джон Адамс, второй президент США, всю жизнь вел дневник, и к концу жизни их число возросло до 50.
Записывая свои мысли, планы и жизненные события, вы станете более внимательными и бдительными, разовьете свои мыслительные способности, научитесь принимать правильные решения.

2.Сделай перерыв

«Один или полтора часа сна ради сна оказывают такое же влияние на способность усваивать информацию, как и восемь часов сна», — говорит Сара Медник, эксперт по сну. Исследователи говорят, что утром студенты делают часовой перерыв в течение дня и засыпают, а вечером они выполняют контрольные работы на 30 процентов лучше.
Эта привычка была характерна для Альберта Эйнштейна, Томаса Эдисона, Уинстона Черчилля, Джона Ф. Кеннеди, Рональда Рейгана, Джона Рокфеллера и многих других. Леонардо да Винчи, например, экспериментировал с режимом полуфазового сна, «раздавливая» сон целых 10 минут. Наполеон предпочитал спать перед каждым сражением. Известный актер Арнольд Шварценеггер каждый день спит после обеда.

Современная наука подтверждает пользу этой привычки. Перерывы в течение дня не только повышают работоспособность, но и развивают потенциал творческого мышления.
Возможно, именно поэтому Сальвадор Дали и Эдгар Аллан По использовали этот метод.

3. Ходите не менее 15 минут в день

Успешные люди контролируют почти каждый момент своей жизни. Ходьба также может быть отличным упражнением.
Чарльз Дарвин путешествовал дважды в день: около полудня и в 16:00. После обеда Бетховен отправился в долгую прогулку и взял с собой ручку и бумагу, чтобы запечатать на бумаге, когда вдохновился. Чарльз Диккенс проходил более 10 километров в день, что помогало ему оставаться занятым и не уставать. Стив Джобс ходил пешком, готовясь к важной встрече.
«Ценны только идеи, которые приходят в голову во время поездки».
Фридрих Ницше, известный философ.
Аристотель, Махатма Ганди, Джек Дорси, Тори Бёрч, Говард Шульц, Оливер Сакс и Уинстон Черчилль — одни из тех, кто хорошо знает о пользе дальних поездок.
Вам нужно выучить эту привычку. Ученые доказали, что ходьба освежает, очищает мозг, повышает творческий потенциал и даже продлевает жизнь. 12-летнее исследование показало, что у людей старше 65 лет, которые ходили по 15 минут в день, уровень смертности составлял менее 22 процентов.

4. Читайте больше книг

Вне зависимости от условий жизни у каждого из нас есть возможность читать книги, которые являются любимым ресурсом Билла Гейтса, одного из самых богатых людей в мире. Это экономичный и эффективный способ улучшить свои знания.
Уинстон Черчилль по несколько часов в день читал книги по биографии, истории, экономике и философии. Теодор Рузвельт читал одну книгу в рабочие дни и две-три в свободное время.
Марк Кьюбан читает более 3 часов в день. Миллиардер Дэвид Рубинштейн читает шесть книг в неделю. В молодости Снейк Маск читал по две книги в неделю. Генеральный директор Disney Боб Айгер каждое утро просыпается в 4:30, чтобы почитать книгу.У этого списка нет конца.

Чтение улучшает память, повышает эмпатию и снижает уровень стресса, тем самым помогая нам достигать наших целей.

5. Найдите кого-нибудь, с кем можно поговорить о своих интересах

По словам писателя Джошуа Шенка, творческий потенциал развивается в результате взаимодействия с другими людьми. В своей книге Powers Of Two он рассказывает о дуэтах, достигших больших высот в результате совместных усилий. Например, Джон Леннон и Пол Маккартни, Мария и Пьер Кюри, Стив Джобс и Стив Возняк.
Психологи Даниэль Канеман и Амос Тверски разработали новую теорию моральной экономики в одном из своих долгих совместных путешествий, что привело Канемана к Нобелевской премии.
Толкин и Льюис читали друг другу черновики и встречались в пабе каждый понедельник вечером. Ученые Фрэнсис Крик и Джеймс Уотсон много общались и обедали вместе, а затем работали с Морисом Уилкинсоном над определением структуры ДНК.
У Теодора Рузвельта была теннисная комната, где участники вместе играли в теннис и обсуждали политические вопросы.
Опыт ряда взрослых показывает, что общение с окружающими помогает взглянуть на ситуацию с другой стороны и даже создать что-то совершенно новое.

6. Не бойтесь экспериментировать

Какими бы качествами мы ни обладали, все мы совершаем ошибки. Думайте о них как об опыте, которым вы можете воспользоваться в будущем.
Успех зависит от количества опыта, который у вас есть. Одна победа «смоет» все ваши неудачные попытки.
До того, как Томас Эдисон изобрел гидроксидную батарею, более 50 000 его экспериментов не увенчались успехом. 9000 безуспешных попыток создать идеальную лампу остались позади. Однако к концу жизни у Эдисона было 1100 патентов.

Эксперименты не обязательно должны быть практическими. Эйнштейн, например, помнил о них, что помогло ему развить его бесценные научные теории. Кроме переписки в дневниках Томаса Эдисона и Леонардо да Винчи есть еще ментальные карты и различные зарисовки.
Опыт помогает развивать полезные навыки. Продюсер и сценарист Шонда Реймс решила избавиться от переутомления и явных интровертов и начала принимать то, чего раньше боялась. Этот опыт получил название «Год говорить «да» всем».
Философ и поэт Ральф Уолдо Эмерсон — автор замечательной фразы: «Жизнь — это опыт от начала до конца. Чем больше опыта, тем лучше».
Вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям. Если вы потратите их на то, что может принести вам пользу в будущем, у вас больше шансов добиться успеха.

Источник: Кун.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: