Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi statuslar, tepkilovchi iboralar

Insonning hayotdagi eng katta dushmani bu uning o’zi, eng ahmoqona qilig’I esa yolg’on ishlatishidir.

Insonning eng katta qoqilishi Ishonchsizlik, eng katta kulfati hasad, eng katta qayg’usi o’zini yo’qotish, eng katta aybi noshukurlik, eng katta xatosi qadrini bilmaslik, eng ajoyib holati yiqilgandan keyin o’zini o’nglay olishi, eng katta yo’qotishi umidini yo’qotish, eng katta yetishmovchiligi tushunmovchilik, eng buyuk qobiliyati uning qalbidir. Har kimning orzusi muvaffaqiyatga erishish, muvaffaqiyatli bo’lish, muvaffaqiyat qozonish. Buning uchun kishiga ishtiyoqni qo’zg’atadigan kuchli motivatsiya kerak bo’ladi. Quyida mashhur shaxslarning muvaffaqiyatga erishish borasidagi tavsiyalarini va ruhlantiruvchi iboralarni e’tiboringizga taqdim etmoqdaman. Ushbu statuslar muvaffaqiyat kaliti vazifasini bajarishi uchun ularni sinchkovlik bilan o’qib hayotingiz uchun amal qiling.

Muvaffaqiyatli kishilardan muvaffaqiyat uchun statuslar

1. “Muvaffaqiyat uchun hech qanday sir yo’q. Bu tayyorgarlik, mashaqqatli mehnat va muvaffaqiyatsizlikdan o’rganish natijasidir”. — Colin Powell
2. “Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin”. — Grace Coddington
3. “Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz”. — Shahir Zag
4. “Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!” — Seth Godin
5. Men mashg’ulotlarning har bir minutidan nafratlandim. Ammo o’zimga o’zim “To’xtama! Hozir og’riqli ammo qolgan hayotingda CHEMPIONLARDEK yashaysan!” — Muhammad Ali
6. “O‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l”.
— Leonid Leonov
7. “Buyuk ish qilishning birdan bir yo’li – qilayotgan ishingni sevishingdir. Agar bunday ishni hali topmagan bo’lsang, izlashda davom et!” — Stiv Jobs
8. “Insonlar seni xato anglaganlariga xafa bo’lma. Chunki eshitganlari sening ovozing, xayolidan o’tkazganlari esa o’z tushunchalaridir”. — Mavlono Rumiy
9. “Atrofingizdagi hamma narsaga e’tiborli bo’ling. Atrof-yangi tajribalar va yangi g’oyalar uchun ajoyib manba”. — Stiv Jobs
10. “Erishib bo’lmas maqsadlar bo’lmaydi. Shunchaki dangasalik va ko’plab bahonalar bor”. — heavy check mark
11. “Ko’p pul topa bilish – uddaburonlik. Ularni saqlash – oqillik, to’g’ri ishlata bilish esa – san’atdir”. — Vertold Auerbax
12. “O’zgarishlar doimo qo’rqinchlidir. Ammo sizning hayotingizni siz uchun hech kim o’zgartirmaydi. Siz qanday yo’l tutish kerak ekanligini tushunasiz, ammo qo’rquvga qaramay, olg’a harakat qilasiz. Mana shu muvaffaqiyatning asosiy qoidasidir”. — Paulo Coelo
13. “Agar siz uchun pullar mustaqillikka erishuvchi yagona yo’l bo’lsa, siz ularni hech qachon qo’lga kirita olmaysiz. Inson bu dunyoda yagona qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan narsa bu BILIM! Tajriba va mahorat zahirasidir!” — Genry Ford
14. “Mayda ishlarga zeb bergan odam buyuk ishlarga noqobil bo’ladi”. — Francois de Larochefuca
15. “Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o’zini baxtli hisoblashi mumkin”. — Pisarev Dmitriy

Ruhlantiruvchi, motivatsiya uyg’otuvchi iboralar

– Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, sizning ilk orzuingiz doimo yodingizda bo’lsin.
– Har bir MUVAFFAQIYATSIZLIK sizni qaytadan ruhlantirmog’i lozimdir! Turing va harakatni boshlang.
– Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi! Kuchli inson esa aksincha, javobgarlikni doim o’z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan yanada ojiz, kuchli inson kuchli bo’lib boradi.
– Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo’q, har bir narsaning o’z sababi va yashirin sabog’I mavjud.
– Muvaffaqiyat qozonuvchilar fursat kelishini kutib o’tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o’zlari qo’lga kiritib qo’ya qoladilar.
– Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g’alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin, siz emas!
– Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qilolmaydigan ishlarni qilishadi. Osonroq emas, yaxshiroq bo’lishiga harakat qiling.
– Ba’zan sizning birgina tabassumingiz ayrim insonlarning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Hech qachon tabassumni ayamang.
– Barcha yaxshi narsalar taslim bo’lmaganlarga keladi, kutganlarga emas !
– Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo’l relisida uxlayotgan odamdan sira farqi yo’q!
– Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, “Peshona ekanda,taqdirda shunday deb yozilgan ekan” deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizning natijasini taqdirga yuklab,qutulib qolmoqchi bo’lamiz…
– Bo’ldi, o’xshamadi deb hech qachon yengilmang, sabr qiling. Natija kutganingizdan a’lo chiqishi mumkin.
– Eshiklar qanchalik katta bo’lmasin, ularning KALITI kichkina bo’ladi!
– Inson oldiga ikkita maqsadni qo’ya olsa, uni yo’lidan hech bir inson va hech narsa to’xtata olmaydi :
Birinchisi bu – hech qachon taslim bo’lmaslik.
Ikkinchisi – birinchisini doimo yodda saqlash.
– Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o’zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!

Xulosalar

Xulosa sifatida men ijtimoiy tarmoqlardan birida uchratganim, muallifini bilmaganim ushbu jumlalarni keltiraman. Bu jumlalarni tez-tez takrorlab turish asl inson muvaffaqiyati uchun xizmat qiladi:
O’zingizga quyidagicha va’dalarni bering!
Qalb xotirjamligini hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo’laman!
Yo’limda uchragan har bir kishiga sog’liq baxt va muvaffaqqiyat tilayman.
Har bir do’stimni qandaydir iste’dodi borligiga ishontraman.
Har qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko’raman, negaki niyatlarim amalga oshishi uchun harakat qilaman.
Faqat yaxshi narsalarni o’ylayman, faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.
Boshqalarning yutug’idan xuddi o’z yutug’imdek quvonaman.
O’tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.
Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.
Atrofdagilar tanqid qilishiga asos qolmaydigan darajada hayotimni o’zgartiraman.
Xavotirlanmaslik uchun hotirjam, g’azablanmaslik uchun kechirimli, qo’rqmaslik uchun kuchli bo’laman va muammolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.
O’zimni qadrlashimni boshqalarga ham bildiraman, buni balandparvoz gaplar bilan emas yaxshi muomala bilan amalga oshiraman.
Men o’zimga ishonganday bunga ishonaman: BUTUN DUNYO MEN TOMONDA!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: