Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar

Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar
Telegram kanal подписаться

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplarni tadbirda ishtirok etgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida e’lon qildi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

    👉 xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

    👉 keyingi yildan oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

    👉 OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;

    👉 a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;

    👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

    👉 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

    👉 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 baravarga oshirilib, budjetdan 400 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi;

    👉 boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatdagi olis tumanga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi;

    👉 Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 330 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;

    👉 kelgusi yil maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu ishlarga budjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi;

    👉 2021 yili doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratiladi;

    👉 2021 yilda fizika va chet tillarini o‘rganish ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.

Yuqoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha Siz qanday fikrdasiz? Ta’lim sohasida yana nimalar qilishni taklif etasiz? Komentlarda o‘z fikrlaringizni qoldiring.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 1
  1. gulnora

    o’rta ta’lim maktablarida bir sinfda 30 ta 35 ta xattoki 38 talik sinflar xam mavjud
    bunday xolatda ta’lim tizimida ayniqsa maktablarda sifat bo’lishi qiyin xolatdir. taklifim:
    bir sinfda kamida 15 ta eng ko’pi bilan 20 ta o’quvchi bo’lsa maqsadga muvofiq
    bo’lar edi. Shunda barcha o’quvchilarga ta’lim berish osonlashar edi va sifatli bo’ladi.

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: