Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi e’lon qilindi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi e’lon qilindi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar qabuli va imtihonlar onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021-o‘quv yili uchun 5-9-sinflarga o‘quvchilar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.
Hujjatlar 2020-yil 10-sentyabr kuni soat 08:00 dan 20-sentyabr kuni soat 24:00 gacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi.
Bu yil kvota bo‘yicha 5-sinfga 120, 6-sinfga 60, 7-sinfga 60, 8-sinfga 60, 9-sinfga 30 — jami 330 nafar o‘quvchi tanlov asosida saralab olinadi.
21-24-sentyabr (4 kun) har bir o‘quvchiga ID raqam onlayn shaklda yuboriladi.
Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: 25-29-sentyabr kunlari onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish;

2-bosqich: 5-7-oktyabr kunlari ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat.

Imtihonlarni o‘tkazish tartibi:
1-bosqich matematika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish.
5-sinf uchun — 25-sentyabr
6-sinf uchun — 26-sentyabr
1-bosqich matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish.
7 sinf uchun — 27-sentyabr
8 sinf uchun — 28-sentyabr
9 sinf uchun — 29-sentyabr
Birinchi bosqichda jami ishtirokchilardan 1 o‘ringa 3 nafargacha talabgor o‘quvchilar saralab olinadi.
Birinchi bosqichda 5-sinf uchun 360, 6-sinf uchun 180, 7-sinf uchun 180, 8-sinf uchun 180, 9-sinf uchun 90 nafar — jami 990 nafar yuqori ball olgan o‘quvchi ikkinchi bosqich imtihoniga o‘tkaziladi.
2-bosqich:
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi:
5 sinf uchun — 5-oktyabr
6-7 sinf uchun — 6-oktyabr
8-9 sinf uchun — 7-oktyabr.
Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkaziladi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol ishlanadi.
Imtihon sinov jarayonlarining nazorat qilish tartibi:
test jarayoni real vaqt oralig‘ida o‘quvchiga bir marta topshirish imkonini berish orqali nazorat qilinadi;
suhbat jarayonida bir o‘quvchiga — jami 3 nafar xodim jalb qilinadi, onlayn suhbat — imtihon jarayoni yozib olinadi.
Imtihon sinovlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, o‘qituvchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti 2020-2021-o‘quv yillari uchun kirish imtihonlarini to‘liq onlayn shaklda amalga oshirilgan.
Onlayn hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar
Yuklanishi lozim bo‘lgan hujjatlar

1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (rangli skaner, pdf — 10Mb oshmagan holatda);

2. O‘quvchining 2019-2020-o‘quv yilini matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan «5» baholarga va boshqa fanlarni yaxshi «-5» va «4» baholarga bitirganligini tasdiqlovchi tabel maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (rangli skaner, pdf — 10Mb oshmagan holatda).

3. 3/4 rasm (jpg/png/jpeg-formatida).

Ma’lumot uchun:
2020-yil 10-sentyabr kunidan boshlab, ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli Sall-sentyer tashkil etiladi.

 


Если абитуриент учится в одном из 5 отобранных вузов страны, но также поступает в вуз за границей, и он выбирает иностранный вуз, может ли вместо него быть принят другой абитуриент?

По правилам ежегодных конкурсов замена баллов, заработанных абитуриентом, прошедшим тестирование, невозможна, независимо от того, продолжает он обучение или нет.
Точно так же, когда они уезжают в университет за границу, их место остается вакантным, даже если это грант или контракт.
У нас нет оснований ставить другого претендента выше него. Даже если этот заявитель подаст заявку, у нас нет законных оснований аннулировать балл, полученный на основании его заявки, и поднять другого заявителя.
На это ответил генеральный директор DTM Барно Раджабов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 5
  1. Oqboyev Sultonmurod

    Man otolmadim ammo shashtimni tushurmayman :smile: :smile: :smile:

  2. Oqboyev Sultonmurod

    Men but yil otolmadim lekin shashtimni tushurmayman

  3. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea:

  4. Аноним

    ООак

  5. Samira

    Men harkat qilib koraman
    ;-)

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: