Muallif haqida


Men Roziqov Baxtiyor Qosimovich 1988-yil Namangan shaxrida tug‘ilganman.
Maktab ta’limini 1995-yil shaxrimizdagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshladim. Keyinchalik 1997-yili ko‘zimning zaiflashgani tufayli tahsilni Kosonsoy tumanidagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatida davom ettirdim. 2006-yili 11 yillik maktab ta’limini tugatgach shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetiga o‘qishga kirdim. 2010- yilda bakalavr bosqichni tamomlab o‘qishni “O‘zbek tili” yo‘nalishida magistratura bosqichida davom ettirdim.
Hozirda Namangan shaxrida joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ona tili va adabiyoti” fanidan o‘quvchilarga bilim berib kelmoqdaman.
Talabalik davrimda “Ko‘ngilga sayr” va “Isyonkor tomchilar” deb nomlangan she’riy to‘plamlarim nashr ettirilgan.
Kelajakdagi orzuim o‘zimdan yaxshi nom qolsa deyman.

BAXTIYOR.UZ