MMIBDO‘ UCHUN MUHIM YANGILIK

MMIBDO‘ UCHUN MUHIM YANGILIK

MMIBDO‘larning nomenklatura hujjatlari yig‘ma jildi 19 ta papkadan 7 ta papkaga qisqartirildi!!!

Ancha vaqtdan buyon Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish yuritish bo‘yicha nomenklatura (yig‘ma jild papkalari) hujjatlarining aniq soni va nomlari bo‘yicha ko‘plab muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Albatta, bu muammolarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2016 yil 4 fevraldagi 33-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar ro‘yxati”ga asosan Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Ulug‘bek Po‘latov tomonidan nomenklatura yuritish yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan edi.

Nihoyat, 2019 yil 29 avgust kuni Xalq ta’limi vazirining 282-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.

Ushbu buyruqqa asosan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida muvaqqat nizom” tasdiqlanib, bu nizomda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish yuritish bo‘yicha nomenklatura (yig‘ma jild papkalari) hujjatlarining aniq soni va nomlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Nizomga muvofiq Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish yuritish nomenklatura (yig‘ma jild papkalari) hujjatlari quyidagicha belgilandi:

1. Yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar to‘plami (yuqori tashkilotlar rejasi, muhim tashabbuslar va ta’lim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

2. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar to‘plami (voyaga yetmaganlar ishlari idoralararo komissiya /IIV va ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilar/, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yul harakati va yong‘in xavfsizligi yunalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ta’lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

3. “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar to‘plami (yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar qo‘mitasi/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ta’lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

4. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiradigan fanlar, tarbiyaviy soatlar o‘qitilishiga hamda sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi faoliyatiga doir hujjatlar to‘plami (ushbu yunalishga doir hujjatlar bilan birga mobil telefonidan foydalanish tartibi, muassasaning ichki tartib qoidalari, odob- axloq qoidalariga oid tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

5. O‘quvchilar davomatiga doir hujjatlar to‘plami (yoshlar yetakchisi tomonidan umumlashtirilgan va xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etilgan davomat bo‘yicha ma’lumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar)

6. Yil nomlanishi va yoshlar siyosatiga oid davlat dasturlari ijrosiga doir hujjatlar to‘plami (yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

7. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyati va ta’til kunlariga doir hujjatlar to‘plami (fanlar, muhim tashabbuslar doirasida to‘garaklarni faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni jalb etish rejasi, shuningdek, ta’til rejalari, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlar)


Номенклатура документов MMIBDO сокращена с 7 папок до 7 папок!!!

Долгое время было много проблем с точным количеством и названиями документов номенклатуры (папок) заместителя директора по духовно-просветительским делам.

Безусловно, в целях устранения этих проблем, утвержденных приказом Министра народного просвещения Республики Узбекистан от 4 февраля 2016 года № 33 «Директор общеобразовательной средней школы по духовно-просветительским делам» Согласно «Списку нормативные документы о деятельности заместителя «духовно-просветительской работы средней общеобразовательной школы № 21 отдела народного образования Куштепинского района Ферганской области Улугбека Пулатова, заместителя директора по

Наконец, 29 августа 2019 года был утвержден приказ № 282 министра народного просвещения.

В соответствии с этим приказом утверждено «Временное положение об организации деятельности заместителя директора по духовно-просветительской работе общеобразовательного учебного заведения».Точное количество и наименования документов номенклатуры (папок) по делопроизводство заместителей директора по

В соответствии с Уставом документами номенклатуры (папки) заместителя директора по духовно-воспитательной работе являются:

1. Сбор документов по годовому плану работы и реализации (план вышестоящих организаций, важных инициатив и план работы, разработанные/утвержденные/в соответствии с общим планом образовательного учреждения, соответствующие документы и отчеты об осуществлении его деятельности)

2. Комплект документов по профилактике правонарушений и правонарушений среди несовершеннолетних (межведомственная комиссия по делам несовершеннолетних/МВД и приписка), противодействию торговле людьми, наркомании, религиозному экстремизму и фанатизму, СПИДу, план дорожных мероприятий образовательного учреждения, разработан / утверждены / в соответствии с планом вышестоящей организации в области дорожной и пожарной безопасности, соответствующими документами и отчетами о выполнении мероприятий в нем)

3. Сборник документов о деятельности Общественного совета сотрудничества «Семья-соседство-образовательное учреждение» (план работы образовательного учреждения, разработанный/утвержденный/в соответствии с планом сотрудничества вышестоящих организаций/в т.ч. женского комитета/акт. документы и отчеты о выполнении мероприятий)

4. Комплект документов, связанных с преподаванием предметов, учебных часов и деятельностью Методического объединения классных руководителей, входящих в состав Национальных основ идей и духовности, план мероприятий по этике, соответствующие документы и отчеты о выполнении мер в нем)

5. Комплект документов о посещаемости (сведения о посещаемости, обобщенные молодежным лидером и переданные в ДНО, мероприятия с учащимися с систематическими и хроническими прогулами и детьми из нетрудоспособных семей), план, соответствующие документы по выполнению деятельность в нем)

6. Комплект документов о наименовании года и реализации государственной программы по молодежной политике (план мероприятий разработан/утвержден/в соответствии с планом вышестоящей организации, соответствующие документы и отчеты о выполнении мероприятий в нем)

7. Комплект документов по содержательной организации досуга студентов, деятельности кружков и праздников (науки, план организации деятельности клубов и привлечения студентов в рамках важных инициатив, а также «языковые планы , отчеты о выполнении мероприятий в нем)

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: