Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar

Eng qisqa hikoyalar

Dunyo bo’yicha eng qisqa hikoyalar, 15 ta eng qisqa hikoya, ularning hajmi 1 qator, mazmuni o’ziga xos yechimga ega kichik hikoyachalar.

Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo’lib “parcha, bo’lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o’ziga xos kichik janri bo’lib epigraf o’qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.
Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o’zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Hikoyalarni tartiblashda muayyan qoidalarga asoslanmadik, ularning joylashuvi tasodifiy tartibda joylashtirildi. Har bir hikoya albatta o’zining muallifi bilan keltirilmoqda. Eslatib o’taman, saytimizdan o’zingiz uchun ko’plab qiziqarli hikoyalar, ibratli hikoyalar, ta’sirli hikoyalarni toppish mumkin. Keyinchalik o’quvchilarga saboq beruvchi hikoyalarni ushbu manzilda o’qishingiz mumkin.
Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:
1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.
2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…
3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.
4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.
5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining hayoli: “Parol” nima edi-ya?
6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .
7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”
9-hikoya. Yolg’izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…
10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…
11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.
12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…
13-hikoya. 6 so’zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.
14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.
15-hikoya. Qo’rquv (Nodirabegim Ibrohimova)
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: