Matematika fan oyligini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar

Matematika fan oyligini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Fevral oyi matematika va informatika fan oyligi hisoblanadi.

Quyida RTM Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi boshlig‘i M.Tillaboeva, Matematika fani bosh metodisti L.N.Ten tomonidan tayyorlangan umumta’lim maktablarida matematika fan oyligini tashkil etish yuzasidan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Saytimizda matematika faniga bag’ishlangan ko’plab senariylar va va matematika fan oyligi hujjatlar to;plami mavjud. Keyinchalik senariylarni qabul qilib olish uchun ushbu sahifaga, hujjatlar to’plamini olish uchun mana bu sahifaga o’tishingiz mumkin.

Umumta’lim maktablarida mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish omili hamdir. Shuni aytish joizki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanning o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar, bahs-munozaralarga olib kelishi mumkin. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni ham namoyon etadi.
Fan oyligi davomida maktablarning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan ta’minlanganligi, matematika fani xonasining zarur ko‘rgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlanishi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi yangiliklar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish, shahar, viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish ishlari rejalashtiriladi.
Fanga oid devoriy gazetalar chiqarilib, unda qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari yoritiladi.
Maktab, tuman, shahar, viloyat miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashma, ijodkor o‘qituvchi va metodistlarning ish tajribalari o‘rganilib, ommalashtiriladi.
Matematika fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo «Yosh matematiklar», «Nima, qaerda, qachon?» kabi qiziqarli mavzularda festivallar, fan bilimdonlari bellashuvi va bahs-munozaralar o‘tkaziladi. Fan oyligiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini qadrlash va baholash maqsadida oylik davomida faol qatnashgan fan o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
Maktabdagi matematika faniga tegishli uslubiy birlashmaning yillik ish rejasida fan oyligi uchun mazkur fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Fan oyligining har bir haftasi uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogik kengash, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.
Fan oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar asosida 2013 yil Matematika fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishning tadbirlar mazmunini quyidagi namuna asosida rejalashtirish tavsiya etiladi:

“TASDIQLAYMAN”
Maktab rahbari:________
U.B.Turgunbayev
ANIQ FANLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MATEMATIKA VA INFORMATIKA
Tadbirlar mazmuni O‘tkazish muddati Mas’ul
I – hafta
Fan o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi
– Matematika fan oyligi boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS talablariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olish.
– o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada tahlil qilish (Jadval va diagrammalar asosida);
– Samarali dars – uni namunali rejalashtirish, metod va usullarning xilma-xilligi, fanlararo bog‘lanish, xayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, natijaviylik, qiziquvchanlik, faollikka erishish masalalariga qaratilgan davra suhbatini tashkil qilish orqali o‘zaro darslarni kuzatish va taxlil qilish.

1-8 fevral

Matematika fani o‘qituvchilari
II – hafta
Ochiq darslar haftaligi
“5-G ” sinfda “Kasrlar ustida amallar bajarish” mavzusida.

“6-B” sinfda “ Manfiy ishorali sonlarni qo’shish” mavzusida.

“6-A” sinfda “ Koordinatalar to’g’ri chizig’ida sonlarni qo’shish ” mazusida

“8-V” sinfda “To’la kvadratni ajratish usuli ” mavzusida.

“8-A” sinfda “Chala kvadrat tenglamalar ” mavzusida.

10-15 fevral

M.Komilov

A.Qushmurodova

F.Botirova

F.Begimqulov

Sh.Egamova

DAVLAT UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA
FANLARI OYLIGI REJASI
Tadbirlar mazmuni O‘tkazish muddati Mas’ul

“9-A” sinfda “Ikkilangan burchakning sinusi va kosinusi” mav zusida
“7-A” sinfda “ Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi ” mazusida
“7-B” sinfda “Uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi” mavzusida
“3-A” sinfda “Vaqt o’lchov birliklari” 10-15 fevral
J.Abduraxmanova

F. Umarova
L.Azizova
D.Tosheva
II- hafta
Matematik marafonlar haftasi

4- sinflar uchun “Quvnoq ekspress” .
5-sinflar uchun “Sehrli orolga sayohat”
6-sinflar uchun “Bilimdonlar bellashuvi”
7-sinflar uchun “Bilag’on shou”.
9- sinflar uchun “Matematik kecha”
17 – 22 fevral
Fan o‘qituvchilari, maktab jamoasi, o‘quvchilar, ularning ota-onalari
IV – hafta
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning natijalari
Sinflarda olib borilgan to‘garak ishlarining hisobotlari;
To‘garak a’zolarining chiqargan devoriy gazetalari, o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali materiallar tanlovi, tayyorlangan dars ishlanmalari, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va eng namunali matematika daftari kabilar ko‘rgazmasi;
“Matematika fanining ravnaqiga hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik olimlar” mavzusida to‘garaklarning ochiq mashg‘ulotlarini tashkil etish;
Amalga oshirilgan ishlarning hisobotlarini olish, umumlashtirish. 24-28
fevral Matematika fani o‘qituvchilari

I – haftada “Matematika fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi”da fan oyligining boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi metodbirlashmada jadval va diagrammalar asosida atroflicha tahlil qilinib, muhokama qilinadi. Bu haftadagi ishlarni tashkil etishga mas’ul sifatida Matematika fani o‘qituvchisi, Metod birlashma boshlig‘i va a’zolarining vazifalarini aniq belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq.
II – hafta “Ochiq darslar haftaligi”da o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradilar. O‘qituvchilarning ismi shariflari ko‘rsatilib, belgilangan ochiq darslar jadvali avvaldan tayyorlanadi va maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yiladi. Ochiq darslar jadvali asosida mashg‘ulotlarning o‘tkazilishida ota-onalar, o‘qituvchilar, metodistlarning darslarni faol kuzatishi va taxlil qilishi maqsadga muvofiq.
III- hafta “Matematik marafonlar haftasi”da o‘tkaziladigan tadbirlar, ularning mavzulari, o‘tkazilish vaqti, tashkil etishga mas’ullar oldindan belgilanib, tuzilgan jadvalni e’lonlar doskasiga ilinadi. Tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishiga o‘quvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla ahli jalb etiladi.
IV – hafta “Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning natijalari” haftasida amalga oshirilgan ishlarning hisobotlari olinadi, umumlashtiriladi, kelgusidagi ishlar rejalashtiriladi. Belgilangan tadbirlarda o‘quvchilar, ularning ota-onalari, mahalla faollari, maktab jamoasining ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fan oyligi davomida olib boriladigan har bir rejalashtirilgan ishlarni yorqin rangli reklamalar tarzida maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yiladi. Fan oyligining yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari aniqlanib, taxlil qilinadi va natijalar metodbirlashmada muhokama etiladi. O‘tkaziladigan tadbirlar, ochiq darslar va olib borilgan sinfdan tashqari ishlarga ota-onalar ham jalb qilinadi. Fan oyligining yakunlanishi bayramona ruhda o‘tkaziladi. Unda muzkur jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar, sinflarning reytingi chiqariladi, uning natijalariga ko‘ra faol sinflar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.
Matematika fan oyligini tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, barcha olib borilgan ishlar aks ettirilgan hujjatlar, fotoalbomlar va boshqa materiallar maktabning metodbirlashmasida saqlanadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: