UYDA QOLING!

Masofaviy ta’lim tizimi dars-mashg’ulotlar sifatini pasaytiradimi?

Yurtimizga kirib kelgan koronavirus pandemiyasi sabab barcha ta’lim muassasalariga joriy yilning 16 martidan vaqtincha ta’til berildi.

Ko’p o’tmay maktab o’quvchilari uchun videodarslar tayyorlanib, televidenie orqali efirga berila boshladi. Joriy yilning 1 aprelidan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari ham onlayn o’qish tizimiga o’tdi.
Aslida masofadan o’qitish tizimi rivojlangan mamlakatlarda allaqachon joriy etilgan bo’lib, bizda ham ayrim institutlar ushbu tizimga o’tgan yoki bosqichma-bosqich o’tayotgandi. Masalan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2013 yildan boshlab ta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayoniga ilg’or axborot texnologiyalarni joriy qilish maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi bo’lib o’quv jarayonida kredit-modul tizimi va elektron o’qitish tizimini (moodle.sammi.uz) ishga tushirgandi.
Karantin sabab barcha o’quv muassasalari masofadan ta’lim berish tizimini joriy etdi. Endilikda maktab o’quvchilaridan tortib oliy ta’lim muassasalari talabalari ham masofadan o’qitish tizimiga jalb qilindi.
Bugun yurtimizda dars-mashg’ulotlar, topshiriq va vazifalar internet orqali masofadan berilmoqda. O’quvchi va talabalar ham bajargan topshiriq va uyga vazifalarni internet orqali o’qituvchiga yuboryapti.
Xo’sh, masofadan ta’lim berish qanchalik o’zini oqlaydi? O’quvchi va talabalar darslarni to’liq o’zlashtira oladimi, degan savol tug’ilmoqda.
Zarnews.uz sayti orqali ushbu masalada so’rov o’tkazildi. So’rovnomada masofaviy ta’lim tizimi dars-mashg’ulotlar sifatini pasaytiradimi, deb savol qo’yildi. Unda 3932 nafar kuzatuvchi qatnashdi.
So’ralganlarning 49 foizi «Sifat pasayadi. Sababi, o’quvchilarga masofadan turib darsni tushuntirish qiyin», degan javobni belgilagan. To’g’ri, maktab o’quvchilariga bir marta aytib o’tilgan videodars fanni o’zlashtirish uchun kamlik qiladi. Ba’zi o’quvchilar darsni bir marta eshitgandan o’zlashtirsa, ba’zilariga ikki-uch marta tushuntirish kerak. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilariga qayta-qayta takrorlash maqsadga muvofiq. SHuning uchun ham bugun o’qituvchilar telegram kanallar orqali o’quvchilarga o’tilgan darsni mustahkamlashga yordamlashyapti.
So’rovnomada ishtirok etganlarning 24 foizi «Sifat o’zgarmaydi. O’qiydigan bola masofadan turib ham darsni o’zlashtiradi. Qiziqmaydigani o’qimaydi», degan javobni belgilagan. Aslida ham shunday, bilimga intiluvchi o’quvchi yoki talaba qanday sharoitda bo’lsa ham qo’liga kitob oladi, mustaqil bilim olishga intiladi. Qiziqmaydiganini majburlab ham o’qitish qiyin.
SHuningdek, ishtirokchilarning 20 foizi «Bilmadim. Masofadan dars berish biz uchun yangilik, qanday samara berishini vaqt ko’rsatadi», degan fikrga to’xtalgan. Karantin sabab masofadan dars berishni yo’lga qo’ydik. Kutilmaganda ta’lim tizimida yangilik yaratdik. Buning qanday samara berishini, albatta, vaqt ko’rsatadi.
Kuzatuvchilarning 7 foizigina «Sifatni oshiradi. O’quvchilar va talabalar ekran orqali ham fanlarni yaxshi o’zlashtira oladi», degan javobni ma’qullagan. Dunyoning top 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarida talabalar darslarni masofadan kuzatib ham, a’lo baholarga o’qiydi. Ajab emas, bizda ham talabalar astoydil masofaviy darslarga qatnashib, fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirsa.
Bugungi sinovli damlarda o’quvchi va talabalarga nisbatan yaxshi gumonda bo’lamiz. Albatta, ular ota-onalari nazorati ostida masofadan turib ham fanlarni yaxshi o’zlashtira oladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 3
  1. Salohiddin

    Assalom alekum mani savolim bor edi pandemiya sabab oliy talimda masofaviy talum yo’lga qo’yildi bu yaxshi lekin 2-kurs talabalari yakuniy imtixonni qanday topshiris man shunga hayronman hechkim ushbu savolni bermayapti iltimos meni savolimni ijobiy javop berishingizni kutip qolardim

  2. Salohiddin

    Bazi noqulayliklar sababli savolimda hatolar borligi sababli qayta yozishga qaror qildim
    Meni asosiy savolim shundayki
    2-kurs talabalar yakuniy imtixonlarni qanday topshirish mumkin hozir imkoniyatlarim kamligi sababli masofaviy talimda o’qiy olmayappan bu ketishda yakuniy imtixonlarni qanday topshiriladi iltimos shu haqida menga batafsil javob bering

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Mana shu sahifaga o’tsangiz oliy ta’lim vazirining ko’plab savollariga javobini o’qishingiz mumkin.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: