MASOFADAN TURIB O’QISHNI TASHKIL QILISH BO’YICHA TAVSIYALAR:

MASOFADAN TURIB O’QISHNI TASHKIL QILISH BO’YICHA TAVSIYALAR:
Telegramda o'qish

Qanday qilib masofadan turib o’qishni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bilan tanishing.

Mazkur tavsiyalar Telegramdagi document zandirektor kanalidan olib e’tiboringizga havola etilmoqda.

1.Har bir sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilar bilan telegramm kanalida maxsus guruh tashkil qiladi.

2.Telegramm kanalida tuzilgan sinf rahbarlarining har bir sinf bo’yicha tuzgan maxsus guruhga shu sinflarda dars o’tuvchi fan o’qituvchilari ham a’zo qilinadi.

3. Dars jadvali bo’yicha qaysi sinfda qaysi fandan dars o’tuvchi har bir fan o’qituvchisi televidenie orqali o’tilgan yangi mavzularni mustahkamlash, uyga berilgan vazifalarning bajarilishini tekshirish maqsadida o’quvchi-o’qituvchi o’rtasida dars mashg’uloti bo’yicha yozishmalar olib boriladi. Savol-javoblar o’tkaziladi.

4. Har bir fan bo’yicha mashg’ulotlar o’z vaqtida o’tilishini nazoratga olish maqsadida maktab direktori, O’TIBDO’, MMIBDO’, psixolog, yoshlar yetakchisidan tashkil topgan rahbariyat o’rtasida maktabdagi mavjud sinflar taqsimlanadi va shu xodimlar tomonidan telegramm kanali orqali nazoratga olinadi.

5.Televidenie orqali berilayotgan videodarslarning o’quvchilar tomonidan ko’rilayotganligi nazorati sifatida o’quvchi bilan o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkaziladi.

6. O’tilgan mavzular bo’yicha so’rov, savollar berilib, ularga javob olish orqali har bir o’quvchining har bir fan bo’yicha olgan bilimlarini o’qituvchi tomonidan tashkil qilib, alohida yuritilayotgan jurnalida baholab borishini yo’lga qo’yish.

7. Keyinchalik qo’shimcha topshiriq olingach, sinf jurnaliga baholarni tushirib chiqish orqali ta’lim tashkil etiladi.

8. Masofaviy ta’limda chet tilidan va boshqa fanlardan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlar o’tgan darslari uchun soatbay asosda haq olishadi.

9.Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari masofaviy o’qitishda dars mashg’ulotlarini asosan nazariy shaklda tashkil qilishadi.

PEDAGOGOLAR MASOFADAN TURIB QANDAY ISHLASHLARI LOZIM?

Maktab direktori nazoratida direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

1.Barcha sinf rahbarlari maktab AKT o’qituvchisi nazoratida sinf o’quvchilari(ota-onalari) va shu sinfga dars beradigan barcha fan o’qituvchilari uchun “Telegram” guruhini tashkil (ochadi) qiladi.

Masalan: Maktabda 25 ta sinf bo’lsa 25 ta “Telegram” guruhini ochadi. Bu guruhlarga maktab direktori, O’TIBD o’rinbosarlari va AKTga mas’ul o’qituvchini ham a’zo (kiritadi) qilinadi. Gruppalarni nomlaganda yilning nomlanishidan kelib chiqib “5-maktab 7-A sinf “Ibn Sino” gruppasi” yoki 5-maktab 8-B sinf “Al-Xorazmiy” gruppasi deb nomlash o’quvchilarda ma’rifatli bo’lib ulg’ayishlarida, o’z ajdodlari ilmu-zakovati bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Gruppaga TELEVIZION DARSLAR VAQTI JADVALINI va TEST bo’ladigan vaqt oldindan tashlanadi.

2.Sinf rahbarlari va fan o’qituvchilari TELEVIZION DARSlar asosida o’quvchilar davomatini nazorat qilib boradi. Unda, TELEVIZION DARSLAR tugagandan so’ng sinf rahbari va fan o’qituvchilari har bir o’quvchining darsda qatnashganligi hamda o’quvchining mavzuni o’zlashtirishi (tushungan yoki tushunmagani) bo’yicha yozma ravishda savol-javoblar olib boradi va o’quvchilarni kunlik (joriy) baholaydi.

Buning uchun test yaratuvchi elektron programmadan foydalanish qulay. Bunda o’quvchi o’z FISH yozish orqali ishtirok etadi va avtomatik baholanadi. SHu o’rinda olingan baholardan sinf o’quvchilari reytingi ham kelib chiqadi.

3.O’quv rejadagi barcha fanlardan o’quvchilarni joriy baholash bilan birgalikda oraliq nazoratlari orqali baholab boriladi. Bunda 5-10 talik test yoki yozma nazorat ishlari o’tkaziladi. Agar haftada 3-5 soatlik dars mashg’ulotlari uchun haftada 1 marta, 1-2 soatlik dars mashg’ulotlari uchun esa ikki haftada 1 marta nazorat ishlarini olish tavsiya etiladi.

4.O’quv fanlaridan nazorat ishlari uchun 5-10 talik testlar internet ishlashini hisobga olib, juda sodda dasturlar orqali ishlansa yanada samaradorlik ortadi.

Masalan ota-onalari ishda bo’ladigan o’quvchilar uchun ishdan keyingi vaqt soat 18:00-19:00 vaqti qulay hisoblanadi. Test soat 18:00da boshlansa elektron dasturni 10 ta testga 20 daqiqaga mo’ljallab tuzilsa 18:20da javoblari skrinshot qilish orqali gruppaga tashlanadi. Sinf o’quvchilar ro’yxatida o’quvchining olgan bahosi qayd etiladi va sinf haftalik reytingi shakllanadi.

5.Sinf jurnallari sinf rahbarlari tomonidan yuritiladi va saqlanadi. O’quvchilarni kunlik (joriy) va nazorat baholari uchun har bir fan o’qituvchilari tomonidan alohida daftar jurnali yuritilib, baholar qayd etib boriladi.

6.O’quvchilarda aniqlangan bo’shliqlar ustida fan o’qituvchilari qo’shimcha ma’lumotlarni sinf gruppasiga tashlash orqali to’ldirib boradi.

Har hafta yakunida fan o’qituvchilari sinf o’quvchilarini olgan joriy va nazorat baholarini sinf rahbariga masofadan(onlayn) yetkazadi. Sinf rahbarlari o’quvchilar olgan baholarni sinf jurnaliga qayd qilib boradi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: