MAKTABNING KUZATUV KENGASHIGA KIMLAR KIRADI

MAKTABNING KUZATUV KENGASHIGA KIMLAR KIRADI

Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom 11-yanvar 2019 yilda 3118, raqami bilan tasdiqlangan

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.09.2018 yildagi PF-5538-son Farmonining 4-bandiga asosan 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlari tugatildi. Ularning oʻrnini kuzatuv kengashlari egallashi kerak.

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, kuzatuv kengashlarini tashkil etish nodavlat maktablar uchun tavsiyaviy хususiyatga ega, davlat maktablarida  esa – majburiy.

Kuzatuv kengashi 7 kishidan kam boʻlmagan tarkibda ota-onalar umumiy yigʻilishi tomonidan 3 yil muddatga saylanadi. Bunda kengash tarkibiga ota-onalar orasidan kamida 2 nafar, bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kirishi kerak. Kengash a’zolari teng huquqli, 1  ovozga ega boʻlib, ochiq ovoz beradilar (oshkora).

Maktab direktori, uning oʻrinbosarlari va mazkur mansabdor shaхslarning yaqin qarindoshlarini kengashga saylash taqiqlanadi.

Kengashlarning asosiy vazifalari:

  • Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
  • ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
  • ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-хoʻjalik holati, daromadlar va хarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
  • ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik хizmatlar narхining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narхni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
  • oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar хodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
  • ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

Kengash har chorakda kamida 1 marta yigʻiladi, uning qarorlari esa bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. U 3 kun ichida хalq ta’limi organlariga yuborilishi kerak. Biroq, kengashlar oʻz faoliyatida direktor tomonidan oʻz qonuniy vakolatlarini amalga oshirishiga aralashishga haqli emas. Bunday faktlarda хalq ta’limi organlari kengashni tarqatib yuborib, keyinchalik yangi tarkibni saylashga haqli.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2019 yildan kuchga kirdi.

Samir Latipov.

Manba: Norma.uz


Типовое положение о наблюдательном совете общеобразовательной организации, утвержденное 11 января 2019 г. № 3118

Напомним, что в соответствии с пунктом 4 Указа Президента № ПФ-5538 от 5 сентября 2018 года попечительские советы общеобразовательных школ с 1 октября 2018 года упразднены. Их должны заменить наблюдательные советы.

В принятом документе указано, что создание наблюдательных советов носит рекомендательный характер для негосударственных школ и обязательно в государственных школах.

Наблюдательный совет состоит не менее чем из 7 членов, избираемых общим собранием родителей сроком на 3 года. В правление должны входить как минимум 2 члена от родителей, 2 члена от выпускников, 1 член от пенсионеров-педагогов и 2 члена от спонсоров. Члены Правления обладают равным 1 голосом и голосуют открыто (прозрачно).

Избрание директора школы, его заместителей и близких родственников этих должностных лиц запрещается.

Основными задачами советов являются:

Избирать руководителя образовательного учреждения из числа кандидатов, выдвинутых Министерством народного просвещения и его территориальными управлениями, а также вносить предложения о его освобождении от должности в установленном порядке;
определение приоритетов развития образовательного учреждения;
периодические заслушивания отчетов руководителя образовательного учреждения о принятых мерах по улучшению деятельности учреждения, финансово-хозяйственного положения, доходов и расходов, бюджетных, внебюджетных, спонсорских и иных фондов;
рассмотрение и утверждение годовых финансовых планов, объема оказываемых платных услуг и размера арендной платы за пользование имуществом учреждения, в том числе стартовой цены на торгах, по представлению руководителя учреждения образования;
систематический контроль условий, созданных для студентов;
рассматривать обращения обучающихся и их родителей, проводить опросы населения о деятельности педагогов и администрации образовательных учреждений;
Участвовать в решении других вопросов, связанных с организацией образовательного учреждения.

Совет собирается не реже одного раза в квартал, и его решения заносятся в протокол. Оно должно быть отправлено в органы народного образования в течение 3 дней. Однако советы не вправе вмешиваться в деятельность директора при осуществлении своих законных полномочий. В таких случаях органы народного образования имеют право распустить совет, а затем избрать новый состав.

Документ опубликован в Национальной базе данных законодательства и вступил в силу 14.01.2019.

Самир Латипов.

Источник: Norma.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: