Maktabning asosiy vazifasi ta’lim berish

Maktabning asosiy vazifasi ta’lim berish
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Maktab, o’qituvchi, o’quvchi va ta’lim-tarbiya haqida ochiq maqola.

Mazkur maqola psixologiyaga oid bilimlari bilan o’rtoqlashib boruvchi psixo-bloger Sadriddin shamsning Telegram tarmog’idagi kanalidan olindi.
Bu postni yozishdan avval so’rovnoma o’tkazdim. So’rovnomadan shu ma’lum bo’lyaptiki, ko’pchilik maktabning vazifasi bolaga ta’lim va tarbiya berish deb o’ylaydi.

Ammo-lekin-biroq.

Maktabning asosiy vazifasi faqatgina ta’lim berish. Foizlarda aytadigan bo’lsam, maktab faoliyati 85% ta’lim 15% tarbiyani qamrab olishi lozim. Demak, maktab bolaga tarbiya berishda ko’makchi xolos.

Nima uchun?

Chunki, bola 6-7 soatini maktabda ASOSIY VAQTini esa UYIda o’tkazadi. Bundan tashqari bola 7 yoshdan boshlab maktabga boradi. 7 yoshgacha bola tarbiyasi deyarli shakllanib bo’lingan hisoblanadi.

QAYTARAMAN!
Bola tarbiyasi 7 yoshgacha deyarli shakllanib bo’lingan hisoblanadi!

Bolamga tarbiyani necha yoshdan bersam bo’ladi degan savolga Ibn Sino ona qornidaligidayoq berish kerak deb javob qilgan ekanlar.

Maktablarimizda har bir sinfda 35-40tagacha o’quvchi darsda o’tiradi. Shuncha o’quvchiga bitta o’qituvchi qanday qilib ham ta’lim ham tarbiya bera oladi? O’qituvchining diqqati, e’tibori, sabri yetmaydi. O’qituvchi ham inson. Uning ham o’z tashvishlari, muammolari va farzandlari bor.

Zamonaviy pedagogika talablariga ko’ra sifatli ta’lim bo’lishi uchun darsda o’quvchilar soni 15tadan oshmasligi lozim. Tushunyapsizmi? SHuncha miqdor bo’lsa, ta’lim sifatli bo’ladi. Lekin 40 ta o’quvchiga ham ta’lim ham tarbiya…

So’rovnomadan ayon bo’lyaptiki, ota-onalar farzandiga tarbiya berish mas’uliyatini maktabga yuklashgan.

Baraka topgurlar, tushuninglar! Maktabning o’zining mas’uliyati – ta’lim berish mas’uliyati bor. Tarbiya ikkinchi masala.

O’qituvchilar Oliy ta’limda bolaga tarbiya berish ilmini emas balki, o’z mutaxxasisliklari bo’yicha bolaga ta’lim berish ilmini o’rganadilar. Ta’lim berishning o’zi murakkab jarayon. Unga qo’shimcha tarzda yana bir qiyin jarayon – tarbiyani ham topshirish adolatsizlik emasmi?

Nega hozirda tarbiya borasida muammolarimiz ko’payib ketyapti?

Sababi oddiy. Chunki, bolalar ota-onasidan tarbiya ko’rishmayapti. Ota-onalar tarbiya berishni maktabga yuklashgan.

Tarbiya ko’rmaganlikning asosiy belgisi – bu kattalarni hurmat qilmaslik. Kattalarni hurmat qilmagan bola o’qituvchisini hurmat qiladimi? O’qituvchisini hurmat qilmagan bolaga ta’lim berib bo’ladimi? Yo’q albatta!

Tarbiyali bolaga ta’lim berish oson kechadi. Lekin o’qituvchilar tarbiya qilish bilan ovora. Ta’lim esa bir chetda mung’ayib qachon meni galim kelarkin deb kutib turibdi.

O’qituvchi bilan repetitorni farqi nimada? Aslida unisi ham bunisi ham o’qituvchiku

Chunki, repetitor ta’lim berish mumkin bo’lgan tarbiyali bolalarga ta’lim beradi. Ahloqi yaxshi bo’lmasa o’qishiga qabul qilmaydi. Repetitordan hech vaqt tarbiya talab qilinmaydi. Tarbiyani ota-ona o’z bo’yniga oladi.

O’qituvchi gardanida esa ham tarbiya ham ta’lim yuklangan. SHuning uchun o’qituvchining ta’limida ham tarbiyasida ham sifat yo’q. Shuning uchun ham repetitorlarga talab yuqorilab ketdi.

Xullas xulosa o’zingizdan!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: