Maktablarga yangi o’quv yili uchun sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazish jarayoni boshlandi

Maktablarga yangi o’quv yili uchun sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazish jarayoni boshlandi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2019-2020 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi.

Vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnallari yetkazib beriladi. Jumladan, ta’lim muassasalariga 1-4-sinflar uchun 99 440 dona, 5-9-sinflar uchun 108 840 dona, 10-11-sinflar uchun 39 092 dona sinf jurnallari yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, to‘garak mashg‘ulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.
Yangi o‘quv yilining boshidan (4 sentyabrdan) barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan to‘liq ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularni dizayn va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida e’tibor qaratildi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: