Maktablarga OTMlarni biriktirish tashabbusi: ijro qanday?

Maktablarga OTMlarni biriktirish tashabbusi ijro qanday

Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi.

Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika boʻyicha 634 ta maktabga 95 ta oliy taʼlim muassasasi biriktirilgan edi. Ishchi guruh tomonidan mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti va Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga biriktirilgan maktablar faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida Zarbdor tumanidagi 26-sonli maktabda boshlangʻich sinf va kimyo fanlaridan, Arnasoy tumanidagi 6-sonli maktabda ingliz va rus tili fanlaridan, Forish tumanidagi 5-sonli maktabda ingliz tili fanidan oʻqituvchilarga ehtiyoj mavjud boʻlgani holda ularga biriktirilgan OTMlar tomonidan bugungi kungacha amaliy ishlar qilinmagani maʼlum boʻldi.
Xususan, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialiga Zarbdor tumanidagi 26-sonli maktabda shu kunga qadar faqatgina maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazilib, rasmiyatchilik uchun bayonnomalar toʻldirilgan, xolos, OTM tomonidan taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatilmagan.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda soʻzga chiqqan Taʼlim inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev mazkur holat yuzasidan ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
— Mazkur ijobiy tashabbusning boshlanganiga ikki oydan oshiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da hanuzgacha ayrim maktablar va oliy taʼlim muassasalarida mazkur hamkorlikning mazmun mohiyatini faqat maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlashdan iborat degan tushuncha mavjud, — deydi u. — Biriktirilgan OTMlar tomonidan maktablarida taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Yuqoridagi kabi kamchiliklar qatorida mazkur yoʻnalishda viloyatda ijobiy tajribalar ham mavjudligi qayd etib oʻtildi.
Xususan, Jizzax politexnika institutiga 7 ta maktab biriktirilgan boʻlib, hamkorlik doirasida oʻquv-uslubiy yordam, oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan ochiq muloqotlar, moddiy-texnik taʼminotni mustahkamlash boʻyicha ishlar olib borilgan. Jumladan, iqtidorli oʻquvchilar uchun rektor stipendiyasi joriy qilingan, institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan har haftada 1 marotaba maktablarda oʻqituvchi va oʻquvchilarga belgilangan fanlardan (biologiya, ingliz tili, tarix, informatika, fizika, kimyo, matematika) mahorat darslari olib borilmoqda, maktablarda oʻquvchilarni OTMlarga tayyorlash boʻyicha bepul repetitorlik kurslari (179 nafar oʻquvchi) tashkil etilgan. Taʼlim inspeksiyasi rahbari Jizzax politexnika instituti tomonidan oʻziga biriktirilgan maktablarda amalga oshirgan ishlarini Respublika miqyosida ommalashtirish lozimligini taʼkidladi.
Yigʻilish yakunida mazkur masala ham tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan muhokama qilinib, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.


На днях рабочая группа Инспекции образования посетила Джизакскую область для изучения эффективности проводимой работы по повышению качества образования и оказания практической и методической помощи учителям.

Известно, что по инициативе Президента к 634 школам по всей стране были присоединены 95 высших учебных заведений для повышения качества образования в школах и оказания профессиональной поддержки и методической поддержки педагогам. С целью ознакомления с работой, проводимой в этом направлении, рабочая группа изучила деятельность школ при Джизакском государственном педагогическом институте, Джизакском политехническом институте и Джизакском филиале Национального университета Узбекистана.
В ходе исследования установлено, что есть потребность в учителях начальных классов и химии в школу №26 Зарбдорского района, английского и русского языков в школу №6 Арнасайского района, английского языка в школу №5 Форишского района. , это было.
В частности, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана пока провел только встречи с сотрудниками школы и учащимися школы № 26 Зарбдорского района.
Выступая на совещании по итогам исследования, ситуацию прокомментировал и начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев.
«Хотя с момента запуска этой позитивной инициативы прошло более двух месяцев, некоторые школы и вузы до сих пор считают, что суть этого сотрудничества заключается лишь в укреплении материально-технической базы школ», — сказал он. — Работа, проводимая присоединившимися вузами по повышению качества образования в своих школах и профессионально-методической поддержке преподавателей, недостаточна.
В дополнение к вышеперечисленным недостаткам было отмечено наличие положительного опыта в этой области в регионе.
В частности, к Джизакскому политехническому институту присоединены 7 школ. В частности, для одаренных учащихся введена ректорская стипендия, один раз в неделю в школах для учителей и учащихся проводятся мастер-классы по биологии, английскому языку, истории, информатике, физике, химии, математике, учащиеся проходят обучение в вузах. организованы тьюторские курсы (179 учащихся).Глава Инспекции образования подчеркнул необходимость популяризации работы Джизакского политехнического института в прикрепленных к нему школах по всей стране.
В конце встречи данный вопрос был обсужден с соответствующими органами и определена работа, которую предстоит проделать.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: