Maktablarda ona tili fani nega qisqartirildi?

Maktablarda ona tili fani nega qisqartirildi?

Maktablarda ona tili fani nega qisqartirilgani yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi izoh berdi.

“Ona tilini o‘qitishda e’tibor songa emas sifatga qaratilishi kerak”

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Ona tili va adabiyot fani soatlarini qisqartirilganligi mavzusi keng muhokama bo‘lmoqda. Avval ham bu bo‘yicha vazirlik bir necha bor izoh va tushuntirish bergan. Bugungi muhokamalar fonida masalaga yana bir bor oydinlik kiritishga qaror qildik.

Davlatimiz rahbari 24 yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari ko‘tarilgan.

Huquqiy asos

Amaldagi tayanch o‘quv rejasini Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaroriga asosan amalga oshirilgan. Qarorda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab amaldagi o‘quv rejani 10 foizga qisqartirish topshirilgan.

SanPin me’yori oshib ketgan

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o‘quvchilarining haftalik o‘quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me’yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang‘ich sinflarning o‘quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirilgan.

❗️Maktablarda Ona tili fani oliy ma’lumotli filolog tayyorlashga yo‘naltirilgan

Mazkur fan o‘quv dasturlarini chuqur tahlil qilish natijasida unda muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma’lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo‘naltirilgan mavzular borligi aniqlangan va bu narsa ertaga filologiya bo‘yicha faoliyatini davom ettirmaydigan o‘quvchi uchun ortiqchaligi aniqlanib, o‘quv dasturlaridan qisqartirilgan.

Bir narsaga e’tibor qarating, maktablarda ona tili uchun o‘quv yuklama soati 68 soatni, XORIJIY TILLAR UCHUN 29 SOATni tashkil qilar ekan. Bir mulohaza qilib ko‘ring, bir bola maktabga borib bitirgunga qadar mutlaqo yangi tilni NOLdan o‘rganishga 29 soat talab qilinar ekanda, o‘zi bilgan ona tili uchun bu me’yor 2 barvardan ortiqni tashkil qilar ekan.

Aytish joizki, Ona tili va adabiyot fani asosan 2-6 sinflar uchun qisqartirilgan. Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlangan, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o‘tkazilgan.

Ya’ni asosiy e’tiborni fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta’lim berishga qaratilishi maqsad qilingan.

Xalqaro tajriba o‘rganilganda…

Yetakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan Ona tili va adabiyot fanining o‘qitilishi xorijiy davlatlarda o‘qitilishi tahlil qilinganda quyidagilar aniqlangan:

Ona tili va adabiyoti fanining haftalik o‘quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog‘istonda 58 soatni tashkil etadi. Mazkur davlatlar umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta’lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog‘istonda 1914 soat o‘qitiladi.

Shularni inobatga olib O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o‘quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan.

Yangi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o‘qitilishi belgilangan.
Xulosa o‘rnida

“Bugun ta’lim tizimining asosiy maqsadi bolaning dars soatlarini ko‘paytirish emas, balki davlat budjeti doirasida ajratilgan soatlardan imkon qadar samarali foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishdan iborat.

Biz har bir maktab bitiruvchisini filolog emas, o‘z ona tilini tinglab, o‘qib tushuna oladigan, to‘g‘ri yozishni biladigan va og‘zaki nutqi ravon bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalanishini maqsad qilganmiz”, deyiladi vazirlik izohida.

P.S. Men ham filologman, men ham maktabda ona tili fanidan dars beraman. Ona tili fani qisqartirilishiga mening qarshiligim yo‘q, lekin vazirlikdan shuni so‘rab qolardimki, o‘z ona tilimizni o‘qitishda ham xorijiy tillarni o‘qitilganidek ikki guruhga bo‘lingan holda o‘rgatilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar onggiga singdirish, ularning nutqi va fikrlash doirasi kengayishi uchun bu eng to‘g‘ri qadam bo‘lishi shubhasiz.


Представитель Министерства народного образования объяснил , почему предмет родного языка в школах был сокращен .
«При обучении родному языку основное внимание следует уделять качеству, а не количеству»
Сегодня вопрос сокращения часов родного языка и литературы широко обсуждается в социальных сетях. Ранее министерство сделало несколько замечаний. На фоне сегодняшних обсуждений мы решили еще раз внести ясность в вопрос.
В своем обращении к Олий Мажлису 24 января глава государства поднял вопросы совершенствования школьных программ на основе передового мирового опыта, пересмотра учебных нагрузок и предметов, приведения их в соответствие с международными стандартами.
Законное основание
Доработка действующей основной учебной программы Министерством народного просвещения Президента Республики Узбекистан по мероприятиям». Постановлением предписывается сократить действующий учебный план на 10% с 2019-2020 учебного года.
СанПиН превышен
При этом в Санитарных правилах, нормах и гигиенических нормативах, утвержденных Главным государственным санитарным врачом Республики Узбекистан 27 апреля 2018 года, еженедельная учебная продолжительность для учащихся 1-4 классов установлена в размере 88 часов. часы. На практике это время составило 98,5 часов, что на 10,5 часов больше установленной нормы. Поэтому учебные часы начальных классов приведены в соответствие с Санитарными правилами, нормами и гигиеническими нормами.
❗️Родной язык в школах направлен на подготовку филологов с высшим образованием
Глубокий анализ учебной программы выявил наличие в ней правил, не используемых в общении, тем, связанных со сложной грамматикой, направленных на подготовку высокообразованных филологов, а это является плюсом для студентов, которые завтра не будут продолжать работу по филологии. сокращенно из школьной программы.
Обратите внимание, что время загрузки для родного языка в школах составляет 68 часов, а ДЛЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ — 29 часов. Учтите, что в то время как ребенку требуется 29 часов, чтобы выучить совершенно новый язык с нуля, прежде чем он или она закончит школу, норма для носителя языка, которого он или она знает, более чем в 2 раза больше.
Следует отметить, что предмет «Родной язык и литература» сокращен в основном для 2-6 классов. В частности, из предмета «Родной язык и литература» в 5-м классе изъято 30 тем, из 6-го класса – 17 тем, из 5-го класса – 40 тем, а в старшие классы – 23 темы из 6-го класса.
То есть в центре внимания находятся не часы, посвященные наукам, а обеспечение качественного образования за счет их эффективного использования.
При изучении международного опыта…
Анализ преподавания родного языка и литературы в зарубежных странах ведущими учеными, специалистами и педагогами-практиками выявил следующее:
Еженедельные часы изучения родного языка и литературы составляют 39 часов в Эстонии, 41 час в Германии, 42 часа в Финляндии, 43 часа в Великобритании, 46 часов в Южной Корее, 42 часа в Беларуси и 58 часов в Казахстане. Родной язык и литература преподаются в эстонских средних школах в течение 1365 часов в Эстонии, 1230 часов в Германии, 1596 часов в Финляндии, 1591 часа в Великобритании, 1886 часов в Южной Корее, 1428 часов в Беларуси и 1914 часов в Казахстане.
С учетом этого учебные программы по родному языку и литературе в общеобразовательных школах Узбекистана усовершенствованы на основе зарубежного опыта, ориентируясь на формирование и развитие у учащихся навыков аудирования, чтения, письма и говорения.
Базовым учебным планом новых общеобразовательных школ на 2020-2021 учебный год предусмотрено 57 часов в неделю обучения родному языку и литературе, всего 1938 часов в год.
Вывод на месте
«Главная цель системы образования сегодня — не увеличить количество часов, которые ребенок проводит в школе, а повысить качество образования, максимально используя часы, выделяемые из государственного бюджета.
Мы стремимся воспитать каждого выпускника школы не как филолога, а как человека, умеющего слушать и понимать родной язык, умеющего правильно писать и свободно говорить», — говорится в сообщении министерства .
PS Я тоже филолог и тоже преподаю в школе родной язык. Я не возражаю против сокращения науки о родном языке, но просил бы министерство о целесообразности преподавания нашего родного языка в двух группах, подобно тому, как преподаются иностранные языки. Несомненно, это будет верным шагом по внедрению в сознание учащихся наших национальных ценностей, расширению круга их речи и мышления.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: