Maktablarda o’quv yilini boshlash bo’yicha variantlar ko’rib chiqilmoqda

Maktablarda o’quv yilini boshlash bo’yicha variantlar ko’rib chiqilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi o’quv yilini boshlash bo’yicha uchta ssenariy ustida ish olib bormoqda

 

Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o’quv yilini qay tarzda boshlash ustida o’rganishlar olib bormoqda.

Xalq ta’limi vazirligi o’z vakolatidan kelib chiqib o’quv yilini boshlash bo’yicha 3 ta ssenariy ustida ish olibborayotganligini ma’lum qildi:

1-senariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o’z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o’quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko’rsatmoqda.

2-senariy: Sog’liqni saqlash vazirligining O’zbekistonda bolalarda virus kechishi bo’yicha xulosasi ijobiy bo’lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to’g’ri kelishi mumkin.

3-senariy: Gibrid ssenariy bo’lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o’tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o’quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o’qitishga imkon berilishi ko’zda tutiladi, ya’ni davomat erkin bo’ladi oddiy darsda qatnashsayam yoki onlayn dars orqali qatnashsayam.

Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Shu o’rinda aytish joizki, karantin qoidasi o’zgarishidan qatiy nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o’qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo’lib xizmat qiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: