Maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinadi

Maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinadi

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4860, 13.10.2020 y).

Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qilmoqda.

🔰 Qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

📚 Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:

▪️shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinadi;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktabda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochiladi;
▪️Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.

✅ Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan:

👉 ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy o‘rta ta’lim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi;

👉 ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11 sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9 sinf) o‘quvchilari uchun kasbga o‘qitish kurslari tashkil etiladi va bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

📌 2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

🔬O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etiladi.

📌 Mazkur laboratoriyaning asosiy vazifalaridan biri maktablarda inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi.


Принят Указ Президента «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы образования детей с особыми образовательными потребностями» (PQ-4860, 13.10.2020).

Об этом сообщает «Правовая информация».

🔰 Постановлением утверждены Концепция развития инклюзивного образования в системе народного образования на 2020-2025 годы и «Дорожная карта» по ее реализации на 2020-2021 годы.

📚 Согласно постановлению, в 2021/2022 учебном году в порядке эксперимента:

▪️Инклюзивное образование будет внедрено в одной школе в каждом городе и районе Ташкента;
▪️В одной школе Республики Каракалпакстан, областей и города Ташкента откроются начальные базовые коррекционные классы для детей с особыми образовательными потребностями;
▪️В одной профтехучилище в Кашкадарьинской, Ферганской и Хорезмской областях будут организованы специализированные группы для выпускников 9 классов специализированных общеобразовательных учреждений и детей с особыми образовательными потребностями.

✅ Также с 2021/2022 учебного года:

👉 Обязательное среднее образование в специализированных образовательных учреждениях осуществляется в течение 11 лет (9 лет в (вспомогательных) школах для детей с ограниченными интеллектуальными возможностями, школах-интернатах);

👉 Для учащихся 10-11 классов профильных образовательных учреждений (школы для детей с ограниченными интеллектуальными возможностями (вспомогательные) школы, 8-9 классы в школах-интернатах) организуются курсы профессионального обучения и выпускникам выдаются сертификаты.

📌 С 1 января 2021 года руководителям специализированных образовательных учреждений будет выплачиваться ежемесячная надбавка за особые условия труда в размере 100% базовой ставки.

🔬 В Республиканском центре профориентации и психолого-педагогической диагностики в составе закрепленных за ним штатных единиц будет создана «Лаборатория инклюзивного образования».

📌 Одной из основных задач данной лаборатории является создание условий для инклюзивного образования в школах, разработка критериев определения качества и эффективности инклюзивного образования и контроль за их выполнением.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: