Maktablar ochilyapti, endi onlayn maktab loyihasi to’xtatiladimi?

Maktablar ochilyapti, endi onlayn maktab loyihasi to’xtatiladimi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

❓Barcha maktablar ochilgan taqdirda ONLAYN o‘qish to‘xtatiladimi? Yoki xohlagan ota-ona bolasini onlayn o‘qitishni davom etsa buladimi?

Savolga Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova javob berdi:

Butun dunyodagi singari yurtimizda ham pandemiya hali barqarorlashgani yo‘q. Shu sababli gibrid shakldagi ta’lim hali davom etadi. Ya’ni farzandi salomatligidan havotir oladigan, uydagi karantin holati yaxshi bo‘lmagan ota-onalar fazandlarini masofaviy shaklda ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamizdagi 10008 ta maktabdan 9 990 tasi ya’ni 99,8 foizi to‘laqonli ravishda ishlamoqda.

O‘quvchilardan 4,5 mln. nafari, ya’ni 72%i an’anaviy, qolgan 1,7 mln nafari, ya’ni 28%i onlayn shaklda tahsil olmoqda.
O‘quvchilarning masofaviy shaklda ta’lim olishi bekor qilingan taqdirda ham bugun Onlayn maktab loyihasi uzatilayotgan telekanallardan qo‘shimcha ta’lim olish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan, bu esa hududlardagi ko‘pchilik maktablardagi o‘quvchilarga sifatliroq qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyat beradi.

Albatta, bunday o‘zgarishlar bo‘yicha vazirlik tomonidan o‘z vaqtida rasmiy axborot beriladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: