Maktablar ochilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Maktablar ochilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Murakkab qarorlarni qabul qilishda doimo ustuvorliklar aniqlab olinadi. Ya’ni ayni shu tobda nima eng muhimligi belgilanadi. Duchor bo‘lib turganimiz – pandemiya kabi mas’uliyatli davr esa ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilashni yana ham qattiqroq taqozo etadi.

15 sentyabrdan maktablarning ochilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida biroz mantiqiy mulohaza qilamiz. Zero, to‘laqonli xulosa qilish holatning ilmiy tadqiqini, bu esa, o‘z navbatida, bir qancha spetsifik statistik ma’lumotlar tahlilini talab qiladi. Statistik ma’lumotlar esa hozirda birmuncha mavhum ko‘rinish kasb etib turibdi. To‘g‘rirog‘i, ko‘plab zarur va muhim ma’lumotlarning o‘zi yo‘q.
Xo‘sh, maktablar faoliyatini ayni damda tiklash qanday xavflar bilan yo‘g‘rilgan va bu ehtimoliy xavflarga peshvoz chiqish o‘zini oqlaydimi?
Yosh avlod uchun maktablarning ochilishi yaxshi, albatta: bolalar o‘zlari o‘rganib qolgan muhitga qaytadilar, bu ularning psixologik holatiga yaxshi ta’sir etadi, ta’lim jarayoni esa o‘zining mumtoz ko‘rinishini oladi. Biroq…
Shubha yo‘qki, hali jilovlanmagan pandemiya yashab qolishga urinadi. Zero, har qanday virusning kodida o‘zi asosan shu ma’lumot joylangan – «nasl»ni davom etish uchun yangi qo‘nim joy (bizning holatda bu inson organizmi) topish va joylashish.
Maktablarning ayni damda ochilishi pandemiyaning o‘sha – yashab qolish «maqsadiga» qo‘l kelishi mumkin. Chunki maktabning asosiy «qahramon»lari bo‘lmish bolalar kattalarga nisbatan masofa saqlash va boshqa ehtiyot choralariga amal qilishi qiyin bo‘lgan guruh.
Mas’ullar aytayotganidek, tajriba sifatida maktablarni ochish, natija salbiy bo‘lsa, yana yopishning qiymatini baholashga urinib ko‘ramiz.
1. Tajriba salbiy natija bergudek bo‘lsa, ya’ni faoliyati tiklangan maktablarda COVID-19 tarqala boshlasa, buni o‘z vaqtida qayd etishning o‘zi muammoli masalaga aylanadi. Zero, tibbiyot sohasida yuzaga kelib turgan vaziyatni ko‘plab o‘rinlarda «tartibsizlik» deb bemalol atashimiz mumkin – bunaqa holatda na ertangi kunni prognoz qilish, na vaziyatga operativ ravishda reaksiya ko‘rsatish mumkin. Qolaversa, mamlakatning turli hududlarida vaziyat turlicha, ba’zi joylardagi holatga esa aslo havas qilib bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlardan uzoq holatimiz.
2. Maktablar COVID-19ni tarqatuvchi obektlar safini to‘ldirishi virusni yuqtirgan bolalarning o‘z oilalariga qaytishini, tabiiyki, oila a’zolari bilan yaqin kontakt qilishini taqozo qiladi. Bu esa ayniqsa keksa kishilarni xavf ostiga qo‘yadi.
3. Oldinda qish mavsumi – o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi uchun qulay, pandemik holatni yanada og‘irlashtirishi ehtimoli yuqori palla.
4. Yuqoridagi nuqtalarni hisobga oladigan bo‘lsak, tajriba salbiy natija bergudek bo‘lsa, vaziyatni avvalgi holiga qaytarish ko‘plab qiyinchiliklar bilan, gap o‘lim holatlariga olib borayotgan pandemiya haqida ketayotganini hisobga olsak, ko‘plab qurbonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Karantin rejimini yumshatish qarori mamlakat iqtisodiyoti bilan, ya’ni uning tang ahvolga kelishini oldini olish bilan, masala mikromiqyosda olganda oilalarning iqtisodiy holati batamom kritik holatga kelib qolishini oldini olish bilan bog‘liq. Buni hammamiz tushunib turibmiz va karantin rejimi yengillashtirilishini yoqlaymiz. Biroq maktablar faoliyatini tiklash masalasida bunday kuchli sabablar, fikrimizcha, mavjud emas.
Joylarda pandemik holat shundoq ham yaxshi emas. COVID-19 va atipik pnevmoniyani o‘zida jamlamagan rasmiy statistika esa ko‘plab savollarni tug‘dirib, asl pandemik holatni aks etmayotgani oydinlashib qoldi. Shunday holatda, maktablar faliyatini tiklash masalasida yetti emas, yetmish marta o‘ylab, holat yomonlashmasligi uchun barcha choralarni ko‘rib, keyin qaror qabul qilinishi kerak. Zero, masala insonlar hayoti bilan bog‘liq.
Shokir Sharipov


Приоритеты всегда определяются при принятии сложных решений. То есть именно в этот момент определяется самое важное. Мы сталкиваемся с периодом ответственности, таким как пандемия, которая требует еще более жестких приоритетов.

С 15 сентября у нас будет некоторое логическое осмысление последствий открытия школ. Ведь для полного вывода требуется научное изучение ситуации, что, в свою очередь, требует анализа ряда конкретных статистических данных. На данный момент статистика немного расплывчата. На самом деле в нем отсутствует много нужной и важной информации.
Итак, каковы риски восстановления школ прямо сейчас и оправдано ли устранение этих потенциальных рисков?
Открытие школ, безусловно, хорошо для подрастающего поколения: дети возвращаются в ту среду, в которой они учились, что положительно сказывается на их психологическом состоянии, а образовательный процесс приобретает классический вид. Тем не мение …
Можно не сомневаться, что разнузданная пандемия попытается выжить. Ведь сам код любого вируса содержит в основном эту информацию — найти и локализовать новое поселение (в нашем случае тело человека) для продолжения «поколения».
Немедленное открытие школ может стать «пережитком» пандемии. Потому что дети, которые являются главными «героями» школы, представляют собой группу, которой трудно соблюдать дистанцию ​​и другие меры предосторожности взрослых.
В качестве эксперимента, говорят чиновники, мы попытаемся переоценить ценность открытия школ и снова закрыть их, если результаты будут отрицательными.
1. Если эксперимент покажется отрицательным, то есть если COVID-19 начнет распространяться в реабилитированных школах, своевременно его зафиксировать будет сложно. Ведь ситуацию в медицинской сфере во многих местах можно назвать «беспорядком» — в этом случае невозможно ни предсказать будущее, ни быстро отреагировать на ситуацию. При этом в разных частях страны ситуация разная, а местами невыносимая. Мы далеки от развитых стран.
2. Добавление COVID-19 в школы требует, чтобы инфицированные дети вернулись в свои семьи и, конечно же, оставались в тесном контакте с членами семьи. Это особенно актуально для пожилых людей.
3. Предстоящий зимний сезон является благоприятным периодом для распространения острых респираторных заболеваний, что может привести к обострению пандемии.
4. Учитывая вышеизложенные моменты, если эксперимент, кажется, дал отрицательный результат, трудно вернуть ситуацию в прежнее состояние, учитывая, что это пандемия, которая приводит к смертям, она связана со многими жертвами. .
Решение о смягчении карантинного режима связано с экономикой страны, то есть с предотвращением ее кризиса, с предотвращением экономического положения семей на микроуровне. Мы все это понимаем и выступаем за смягчение режима карантина. Однако, на наш взгляд, столь веских причин для возобновления школьной деятельности нет.
Ситуация с пандемией местами не очень хорошая. Официальная статистика, не учитывающая COVID-19 и атипичную пневмонию, вызывает много вопросов и не отражает истинной пандемии. В этом случае вопрос о восстановлении школ должен быть рассмотрен не семь, а семьдесят раз, и должны быть приняты все меры, чтобы не допустить ухудшения ситуации, а затем принимать решение. Ведь это вопрос человеческой жизни.
Шокир Шарипов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: