Maktablar attestatsiyasida faoliyat qanday baholanadi?

Maktablar attestatsiyasida faoliyat qanday baholanadi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Umumiy o’rta ta’lim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditasiyasidan o’tkazishda faoliyatni baholash 13 ta yo’nalish, 35 ta mezon va 63 ta ko’rsatkich asosida amalga oshirilishi belgilangan.

 

Buning optimallashtirilgan varianti 6 ta yo’nalish, 21 ta mezon va 63 ta ko’rsatkichni tashkil etadi. Ular quyidagi yunalish va mezonlar:

 

  1. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi:

 

1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi (20 ball);

1.2. Ma’lumotlar to’plash va uni umumlashtirish tizimi mavjudligi (20 ball);

1.3. Ta’lim sifatini rivojlantirish rejasiga asosan faoliyat ko’rsatishi

(20 ball);

1.4. Maktab direktori, o’rinbosarlar, fanlararo uslub birlashmalar, pedagogik  va kuzatuv kengashlari maktab rejasiga muvofiqligi (20 ball);

1.5. O’quvchilar maktab hayoti va boshqaruviga jalb etilganligi (20 ball);

1.6. Ota-onalar, kuzatuv kengashi va homiylar bilan hamkorlik (100 ball).

 

  1. Ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi:

 

2.1. Dars jadval, taqvim-mavzu rejalar va dars ishlanmalari DTSga muvofiqligi (45 ball);

2.2. O’quv jarayoniga interfaol usullarning tatbiq qilinganligi (45 ball);

2.3. Laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlar o’tkazilganligi (30 ball);

2.4. Darsda zamonaviy AKTdan foydalanganligi  (35 ball);

2.5. O’qituvchi o’quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borganligi (45 ball).

 

  1. O’quvchilar bilimining DTSga muvofiqligini baholash uchun turli xil vositalardan foydalanilganligi (400 ball).

 

  1. Pedagog kadrlarning salohiyati:

 

4.1. Pedagog-xodimlarning tarkibi va malakasini talabga muvofiqligi (100 ball);

4.2. O’qituvchilarning muntazam ravishda malaka oshirishlari (200 ball).

 

  1. Moddiy – texnik ta’minot:

 

5.1. O’quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilganligi (100 ball);

5.2. O’quv xonasi uchun barcha qulayliklar yaratilganligi (60 ball);

5.3. O’quvchilarning o’quv darsliklar bilan, o’qituvchilar metodik qo’llanmalar bilan ta’minlanganligi (40 ball).

 

  1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish:

 

6.1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud va amalga tatbiq etilganligi

(55 ball);

6.2. Qulay ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratilgan (40 ball);

6.3. O’quvchilarning bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etish, 5 tashabbus ijrosi (60 ball);

6.4. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlar (45 ball).

 

– Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’ining maslahatchisi Feruza Madraximovaning Telegram kanalidan olindi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: