Maktabga kelmayotgan, onlayn darslarda ham ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

Maktabga kelmayotgan, onlayn darslarda ham ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

Ayni vaqtda pandemiya munosabati bilan barcha maktablar gibrid usulda faoliyat olib bormoqda. Ya’ni faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettirilyapti.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilgan ya’ni davomat erkin. O‘quvchilar maktabga kelishga majbur qilinmaydi.

Lekin, bu ta’lim olishdan bo‘yin tovlash kerak degani emas.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi, bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.

Unda maktab ma’muriyati qanday chora ko‘rishi lozim?

Buning uchun muntazam darslarga qatnashmayotgan, onlayn ham oflayn ham ta’lim olmayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga maktab direktori nomidan rasmiy ogohlantirish xatlarini chiqarilishi lozim. Agar ogohlantirish xatlari chiqarilganda ham bu natija bermasa ushbu o‘quvchilar ro‘yxati mahalla fuqarolar yig‘iniga taqdim etiladi. Bu ham natija bermasa profilaktika inspektorlariga bildirish xati bilan murojaat qilinadi. Onlayn ta’lim oladigan o‘quvchilar davomatini MFY raislari va profilaktika inspektorlari nazorat qilib borishlari lozim.

❗️Eslatib o‘tamiz:
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 111 ming 500 so‘mdan 669 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 2 mln 230 ming so‘mdan 4 mln 460 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.


В настоящее время из-за пандемии все школы работают в гибридном режиме. То есть только в определенной сфере, в зависимости от состояния школы, ученики продолжают получать образование в онлайн-классах или в школьных классах.

При этом родителям, которые изначально беспокоятся о здоровье своего ребенка, предоставляется возможность заниматься с ребенком онлайн дома, а значит, посещение бесплатное. Студенты не обязаны посещать школу.

Но это не значит, что вы должны отказаться от образования.

В соответствии со статьей 51 Закона «Об образовании» родители несовершеннолетних и иные законные представители детей получают общее среднее, среднее специальное образование или начальное профессиональное образование. Они обязаны обеспечить получение ими образования, обеспечить посещение детьми школы и следить за их мастерство.

Что же делать администрации школы?

Для этого родителям учеников, которые не посещают обычные занятия и не обучаются онлайн или офлайн, должно быть выдано официальное письмо-предупреждение от имени директора школы. Если предупреждения не сработают, список будет передан в районное собрание. Если это не сработает, инспекторам профилактики будет направлено письмо-уведомление. Посещаемость студентов, обучающихся онлайн, должна контролироваться председателями МФЮ и инспекторами по профилактике.

❗️Напоминаем:
Невыполнение родителями или опекунами своих обязанностей по воспитанию и воспитанию несовершеннолетних, в том числе совершение несовершеннолетними административного правонарушения, влечет наложение штрафа в размере от 111 500 до 669 000 сумов.

При повторном совершении указанных правонарушений в течение 1 года после наложения административного взыскания налагается штраф в размере от 669 тысяч сумов до 1 миллиона 115 тысяч сумов.

Воспрепятствование получению детьми обязательного общего среднего образования, среднего специального, профессионального образования со стороны родителей или лиц, их заменяющих, от 1 миллиона 115 тысяч сумов до 2 миллионов 230 тысяч сумов влечет наложение штрафа в размере до 50 тысяч рублей.

При повторном совершении данного правонарушения в течение 1 года после наложения административного взыскания оно может повлечь за собой наложение штрафа в размере от 2 миллионов 230 тысяч сумов до 4 миллионов 460 тысяч сумов либо административный арест на срок до 15 суток.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: