Maktabda “Bilim ring” bellashuvi

Maktabda “Bilim ring” bellashuvi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Maktablarda matematika fanini qiziqarli tashkil etish, o’quvchilar qiziqishini uyg’otishga doir maqola.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishda o’quvchilarga DTS talablari darajasida ta`lim berish, o`quvchilarda belgilangan tushunchalarni va ko`nikmalarni shakllantirish fan o`qituvchilarning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Matematika nisbatan qiyinroq o`zlashtiriladigan fan bo`lgani uchun o`quvchilarning fanga qiziqishini, o`rganishga ishtiyoqini oshiradigan barcha imkoniyatlardan albatta foydalanish zarur. O`quvchilarni matematik bilimlarni mustaqil o`rganishga, izlanishga yo`naltirish va ularning bu yo`nalishdagi muvaffaqiyatlarini vaqtida rag`batlantirib borish juda katta samara beradi. O`quvchilarning o`z bilim va qobiliyatlarini, muvaffaqiyatlarini namoyish qilishiga imkoniyat beruvchi turli bellashuvlar, tanlovlar, tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Men o`z o`qituvchilik faoliyatimda bir necha yildan beri 6-9- sinf o`quvchilari ishtirokida o`tkazib kelinayotgan “Bilim ring” bellashuvi haqidagi mulohazalarimni o`rtoqlashmoqchiman. Bunday bellashuvni tashkil qilish va o`tkazishda har bir o`qituvchi o`zicha ijodiy yondashishi mumkin. Lekin bu bellashuv o`tkazilishi davomiyligi ta’minlansa, o`quvchilarning fanga qiziqishini oshirishda va iqtidorli o`quvchilarning qobiliyatini rivojlantirishda katta samara beradi. Men o`zim ishlaydigan Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Bilim ring” bellashuvini o`tkazish uchun quyidagicha tartibni belgilab olganman:
1. O’quv yili boshida 3 nafar eng a’lochi 9-sinf o`quvchilariga har biri o`z guruhini tuzishi taklif qilinadi.
2. Guruh tarkibida jami 5 nafar o`quvchi bo`lib, 2 nafari 9-sinf, 1 nafari 8-sinf, 1nafari 7-sinf, 1nafari 6-sinf o`quvchisi bo`lishi kerak.
3.Guruh a’zolari matematikadan puxta bilimga ega, tez va aniq fikrlaydigan, jamoada o`ynashni mashq qilgan bo`lishilari kerak.

“Bilim ring “ bellashuvini maktabning katta faollar zalida ko`plab tomoshabin o`quvchilar ishtirokida sahnaga 2 ta katta stol va har birining atrofiga 5 tadan stul qo`yilib, o`rtaga savol raqamini aniqlash uchun 1 dan 15 gacha sonlar yozilgan aylanadigan disk o`rnatiladi. Bellashuvni boshlab beradigan 2 guruhni shu disk yordamida aniqlab olish mumkin. Har bir bellashuvga o`qituvchi 15 savol tayyorlashi kerak. Bunda savollar o`quvchilar 1 minut ichida javob topa oladigan darajada bo`lishi lozim. Bellashuv jarayonida 2 guruhga bir vaqtda savol o`qib eshittiriladi va javobni aniqlash uchun 1 minut vaqt beriladi. Guruh to`g`ri javob bersa, 1ball beriladi. Agar hech qaysi guruh to’g’ri javob berolmasa, keyingi savolda 2 ball o`ynaladi. Birinchi bo`lib 3 ball to`plagan guruh g`olib bo`lib, mag`lub bo`lgan guruh o’rnini navbatdagi guruhga bo`shatib beradi. Shu tartibda 3 marta o`yin o`tkazilib shu kungi bellashuv g`olibi aniqlanadi. Men “Bilim ring” bellashuvini har oyda bir marta, fevral oyida haftasiga 1 marta o`tkazishni ma`qul deb hisoblayman. Fan oyligi oxirida umumiy to`plangan ballar bo`yicha g`olib guruh aniqlanib, taqdirlanadi. Bu bellashuv bilan birgalikda “Bilim ring” bellashuvi uchun savollar tanlovi ham e`lon qilinadi. Bunda ko`plab o`quvchilar mustaqil qo`shimcha adabiyotlarni o`rganib, talabga mos masala, savollar topib keladilar. Bellashuvlar jarayonida savol o`qilishidan oldin savol egasi e’lon qilinib boriladi. Fan oyligi oxirida bu tanlov g`oliblari ham aniqlanib, taqdirlanadi.
Quyida turli qo`shimcha adabiyotlardan olib o`zim tuzgan va o`quvchilar tuzgan savollardan 15 tadan 2 variantini keltiraman:
1-variant:
1. Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini va nimchoragini qo`shsam, 35 hosil bo`ldi. O`ylangan sonni toping. (Javob: 40)
2. Qanday qavariq ko`pburchakda diagonallari soni tomonlari sonidan 2 marta ko`p?(Javob:Qavariq yettiburchakda)
3.Gazlamaning narxi 10% ga arzonlashdi , keyin yana 10% ga arzonlashdi.So`ng 10% ga qimmatlashdi. Natijada gazlamaning dastlabki narxi necha % ga va qanday o`zgargan? (Javob:10,9% ga arzonlashgan)
4.Qaysi 2 xonali son o`zining birlar xonasidagi raqamidan 3 marta katta? (Javob:15)
5.Sher bitta qo`yni 1soatda, yo`lbars 2soatda, bo`ri 3soatda yeb tugatadi. Uchalasi birgalikda bitta qo`yni necha soatda yeb tugatadi?(J )
6.Agar 18 yil oldin otasi o`glidan 3 marta katta, hozir esa 2 marta katta bo`lsa, ota va o`g`il necha yoshda? (Javob:ota 72 yosh, o`g`il 36 yosh)
7. 2 ta son bir-biridan 2 ga, ularning kvadratlari esa 100 ga farq qiladi .Bular qaysi sonlar? (Javob:26 va 24)
8. 300 kg g`alla ma`lum muddat quritilgach, uning massasi 20 kg ga kamaydi, namligi esa 10% ni tashkil qildi. Dastlab g`allaning namligi necha % edi? (Javob:16%)
9.Biror sonning 20% ga orttirilgani o`sha sonning 20% ga kamaytirilganidan necha % ko`p? (Javob:50%)
10. Hovuzni 1-nasos 10 soatda, 2-nasos 15 soatda, 3-nasos 20 soatda to`ldiradi. Agar uchala nasos ishlasa, hovuzning qancha qismi to`lmay qoladi?(Javob:)
11.Uzunligi 1sm, 3sm, 5sm, 7sm, 9sm bo`lgan kesmalar berilgan.Bu kesmalardan necha xil turli tomonli uchburchak yasash mumkin? (Javob:3ta)
12.Bir shahardagi aholining 85% i o`zbekcha,75% i tojikcha so`zlasha oladi. Agar har bir fuqaro bu 2 tildan kamida bitta tilni bilsa, ikkala tilda so`zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi? (Javob:60%)
13.Yarmi yarimning yarmiga teng son necha?(Javob :0,5)
14.Sonning 0,1 qismidan 10ni ayirib,ayrmaning 0,1qismini hisoblasak,10 hosil bo`ldi. Shu sonni toping.(Javob:1100)
15.Ikki xonali son o`zining raqamlari yig`indisidan 6 marta katta. Shu sonni toping. (Javob:54)
2-variant:
1. 1-son 60, 2-son esa 60 ning 60 % iga teng, 3-son esa birinchi va ikkinchi
sonlar yig’indisining 50 % iga teng bo’lsa, bu 3 ta sonning o’rta
arifmetigini toping. (Javob: 48)
2. 99 ni bo’lganda qoldiq 9 chiqadigan barcha natural sonlar yig’indisini toping.: (Javob: 208 )
3. Soatning minut mili soat milidan necha marta tez aylanadi? (Javob:12 marta.)
4.Teng 16 ta kvadratchaga bo`lingan kvadratda jami necha kvadrat bor? (Javob:30ta)
5.Harorati 90º C bo`lgan 6 litr suvga 30 ºC li 7 litr suv aralashtirilsa, suvning harorati necha ºC bo`ladi?(Javob:50ºC)
6. Qaysi sonning qismining qismiga 3 qo`shilsa,21hosil bo`ladi?(Javob:50)
7. Kvadratning har 2 ta qarama-qarshi tomonining har biri 8smga uzaytirilgach, qolgan 2 ta tomoni esa shuncha qisqartirildi. Shakl yuzi necha ga va qanday o`zgaradi?( ga kamaygan)
8.Shunday 2 ta son topingki,ularning ayirmasi ham, nisbati ham 5 ga teng bo`lsin?(Javob: 6,25 va 1.25)
9.1dan 100 gacha sonlar orasida 3ga ham 4ga ham bo’linmaydigan sonlar nechta? (Javob:50)
10.Kasr suratiga 1 qo`shilsa, u 1 ga teng bo`ladi.Agar maxrajiga 6 qo`shilsa, u ga teng bo`ladi. Shu kasrni toping.(Javob: )
11. Bozorda 1 kg yong’goq 12000 so’m . Yong`oq qobig`idan tozalangach, mag`zi yong`oq og`irligining 60% ini tashkil qiladi. 1 kg yong`oq mag’zi bahosi necha so`mga to’g’ri keladi?(Javob:20000so`m)
12. Kubning qirrasi uzunligi 20% ga uzaytirilsa, hajmi necha % ga ortadi? (Javob:72,8%.)
13. 1, 2, 4, 5, 6 va 9 raqamlaridan shunday 2 ta son tuzingki, ulardan biri
ikkinchisidan 5 marta katta bo’lsin. (Javob: 129 va 645 )
14. 4 ga bo’lganda 1 qoldiq, 5 ga bo’lganda 2 qoldiq, 6 ga bo’lganda 3 qoldiq, 7 ga bo’lganda 4 qoldiq qoladigan eng kichik natural sonni
toping. (Javob: 417 )
15. Fotima 2 yildan keyin o’zining 2 yil oldingi yoshidan 2 marta katta
bo’ladi. Hasan esa 3 yildan keyin o’zining 3 yil oldingi yoshidan 3 marta katta bo’ladi. Ularning qaysi birining yoshi katta ? (Javob: yoshlari teng. )
Bunday bellashuv jarayonida ishtirokchi va tomoshabin o’quvchilarda
mustaqil fikrlash, izlanuvchanlik, jamoada ishlash, boshqani tinglash va o’z
fikrini bayon qila olish kabi ko’nikmalar shakllanib boradi.

Eshchanov Ikrom Ataxanovich, Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10- son ixtisoslashtirilgan maktab-internat oliy toifali matematika fani o’qituvchisi .

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: