Maktab yonida jasadi topilgan yigit voqeasiga XTV munosabati

Maktab yonida jasadi topilgan yigit voqeasiga XTV munosabati
Telegram kanal подписаться

Hozirgi zamon jamiyatida ommaviy axborot vositalari insonlarning eʼtiqodlari va xatti-harakatlariga taʼsir koʻrsatishda muhim rol oʻynaydi, shuningdek, ularning oʻzaro munosabatlariga taʼsir koʻrsatadi. OAV da suitsidlar haqidagi xabarlar suitsidal xavfi bor yosh yoki ijtimoiy jihatidan oʻxshash guruhlarda taqlidiy oʻz joniga qasd qilishlarni chaqirishi mumkin. Bu holat “Yuqish effekti” yoki “Verter sindromi” deb ataladi.
OAV mutaxassislari uchun moʻljallangan “Oʻz joniga qasd qilish prevensiyasi” (Jaxon sogʻliqni saqlash tashkiloti, 2000-yil) nomli qoʻllanmada “Zaif insonni oʻz joniga qasd qilishiga turtki boʻluvchi juda koʻp omillar qatorida suitsid holatlarining ommaviy –axborot vositalarida keng yoritilishi boʻlishi mumkin”, — deb taʼkidlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻz joniga qasd qilish, ayniqsa voyaga yetmaganlar orasida oʻziga va oʻzgalarga zarar yetkazish hodisalari toʻgʻrisidagi xabarlarni OAVda bayon qilish, shu kabi sahnalarni namoyish etish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqib, tasdiqlash va unga rioya qilinishini qatʼiy nazorat qilish kerak.
16-noyabr kuni ertalabdan 25 yoshli yigitning oʻz joniga qasd qilish holati yoritilgan xabar aynan maktabga bogʻlab berilgani, aslida esa hodisaning maktabga mutlaqo aloqador emasligi ham mana shuning yaqqol misoli boʻldi.
Hurmatli OAV xodimlaridan shu va shunga oʻxshash xabarlarni berayotganda yuqoridagilarni inobatga olishlaringizni soʻrab qolamiz. Zero, “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida ham bu kabi axborotlar ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi deb belgilab qoʻyilgan, — deyiladi vazirlik xabarida.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: