Maktab ta’miriga yordam ixtiyoriy bo‘lishi kerak

Maktab ta’miriga yordam ixtiyoriy bo‘lishi kerak

Umumtaʼlim maktablarida oʻquv yili yakuniga yetib bormoqda. Shu bois maktab maʼmuriyati sinf xonalarini keyingi oʻquv yiliga tayyorlash haqida oʻylab, harakatni boshlashi tabiiy.

Bu jarayon faqat boʻlishi kerak, deb aytmoqda Xalq ta’limi vazirligi. Agarda kimdir oʻz farzandini oʻqishiga qoʻshimcha sharoit yaratmoqchi, nimanidir taʼmirlamoqchi yoki maktabga yana qandaydir yordam bermoqchi boʻlsa uni bemalol qilishi mumkin. Joylarda maktablarning moddiy-texnik ahvoli qanday ekanligini ota-onalar yaxshi bilishadi. Lekin hammaga bir xil yondashib, ota-onalardan majburiy pul yigʻish holatlarini oldini olish kerak. Hozirgi pandemiya sharoitida koʻpchilik iqtisodiy qiyinchilikni boshidan oʻtkazmoqda. Shuning uchun ham bu masalada maktab maʼmuriyatidan toʻgʻri yondashuvni taʼminlashni soʻraymiz.
Keyingi oʻquv yilidan aksariyat maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari ham boshlangʻich sinf oʻquvchilariga oʻxshab, oʻz sinf xonalarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi (avvalgi kabinet tizimidek, sinfma-sinf yurmasdan). Bu esa nafaqat sinfni taʼmirlash uchun koʻrsatilgan yordamni toʻgʻri ishlatilishiga, balki keyinchalik ushbu oʻquvchilar tomonidan oʻz sinflari holatini yaxshi saqlashiga ham oʻz hissasini qoʻshishi kerak.
Bundan tashqari, maktablar homiylarni jalb qilgan holda qoʻshimcha mablagʻ topishi mumkin. Homiylar turli korxona, sobiq bitiruvchilar, oʻquvchilarning ota-onalaridan iborat boʻlishi mumkin. Homiylik ixtiyoriy tarzda va qonuniy tashkil etilishi lozim. Yaʼni, pul mablagʻlari maktab hisobiga tushishi va mablagʻni sarflanishi boʻyicha maʼlumot olishi uchun sharoit yaratilishi kerak.
Hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga oʻquvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, oʻqituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi aʼzolari byudjetdan hamda qoʻshimcha ishlab topilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega.


Учебный год подходит к концу. Поэтому вполне естественно, что администрация школы задумалась о подготовке классов к следующему учебному году.

Процесс должен быть именно таким, считают в Министерстве народного просвещения. Если кто-то хочет создать своему ребенку дополнительные условия для учебы, что-то отремонтировать или еще как-то помочь школе, он легко может это сделать. Родители хорошо осведомлены о материально-техническом состоянии школ области. Однако ко всем нужно относиться одинаково и заставлять избегать сбора денег с родителей. В условиях нынешней пандемии многие испытывают экономические трудности. Поэтому просим администрацию школы правильно подойти к этому вопросу.
Со следующего учебного года в большинстве школ у старшеклассников появится возможность учиться в своих классах, как и у учеников начальной школы (как и в предыдущей классной системе, без классных занятий). Это должно не только помочь гарантировать, что ремонт классной комнаты используется должным образом, но также помочь этим студентам сохранить свои классные комнаты.
Кроме того, школы могут собрать дополнительные средства за счет привлечения спонсоров. Спонсорами могут быть представители различных компаний, выпускники или родители учащихся. Спонсорство должно быть организовано добровольно и на законных основаниях. Другими словами, необходимо создать условия для поступления средств в школу и получения информации о том, как эти деньги расходуются.
В настоящее время в школах существуют наблюдательные советы. Родители, выпускники, учителя и другие лица могут быть избраны в Наблюдательный совет. Члены Наблюдательного совета уполномочены контролировать эффективное и целевое использование бюджетных и дополнительных средств.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: