Maktab sovuq bo‘lsa ota-ona kimga murojaat qilishi kerak?

Maktab sovuq bo‘lsa ota-ona kimga murojaat qilishi kerak

11 yanvar kuni barcha maktablarda yangi uchinchi chorak boshlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimini barqaror ishlashi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuning uchun agarda joylarda muammolar bo‘lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko‘rib boriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur masalada Xalq ta’limi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ularga mazkur havoladagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
«Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan bo‘lsangiz, ammo hali ham maktabingizda issiqlik tizimining ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining — (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘riladi», deyilgan vazirlik murojaatida.


11 января во всех школах начался новый третий семестр.

Совету Министров Республики Каракалпакстан, акиматам областей и города Ташкента поручено обеспечить стабильную работу системы отопления во всех школах в зимний период. Поэтому, если возникнут проблемы на местах, региональный штаб примет незамедлительные меры. Об этом сообщает пресс-служба Министерства народного образования.
Создан региональный штаб Министерства народного просвещения, с которым можно связаться по телефонам по этой ссылке.
«Если вы обращались в региональное управление, но у вас остались проблемы с работой системы отопления в вашей школе, вы можете обратиться в апелляционный центр Министерства народного образования (71) 202 09 09.
Будут приняты меры по разрешению данных обращений во взаимодействии с республиканским осенне-зимним штабом и областным штабом», — говорится в сообщении ведомства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: