Maktab sog’inchi, karantinda yozilgan she’rlar to’plami

She'rlar to'plami

Hammamiz maktabni sog’indik. Karantin davrida maktab va darslarni sog’ingan qalblar uchun she’rlarni taqdim etaman.

Koronavirus tarqalishini oldini olish uchun ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarilgach maktab davrlarini avvalgidan ko’proq yaxshi ko’rib, avvalgidan ko’proq sog’inib boryapmiz desam mubolag’a etmagan bo’laman. O’quvchilar sinfdoshlari va ustozlarini qumsagan bo’lsalar, o’qituvchilar hamkasblari va o’quvchilarini sog’inmoqdalar. Ota-onalar ham o’qituvchilarning qadrini his qilayotgan bo’lsalar ham ne ajab.

Avvalgi maqolalarimdan birida maktab hayoti va ustozlar haqida hazilomuz she’rlarni joylagan edim, keyinchalik ushbu sahifaga o’tib o’qib chiqishingiz mumkin. Quyida berilayotgan she’rlar Telegram tarmog’idagi guruh va kanallardan to’plangan bo’lib ba’zilarining muallifini bilishga muvaffaq bo’lmadim. Sahifa yakunida she’rlar to’plamini yuklab olishingiz ham mumkin. Darvoqe, sizda ham ana shunday she’rlar bo’lsa «Bog’lanish» formasi orqali menga yuborsangiz sahifaga kiritib qo’yaman.

O’quvchimga maktub

Xurshidabonu Berdiyorova, Qashqadaryo viloyati Koson tumani 95- maktab o’qituvchisi

 

Tushimga kiribsan, aziz o’qvchim,

Bugun navbatchiman deya turibsan.

Oh, mening orasta, tozakorginam,

Yuzingga nikob ham taqib yuribsan.

 

Sen ham sogindingmi sinf xonangni,

Yo sinfdosh qizning aytar so’zlarin.

Oh, mening hokisor bolajonim-a,

Uyatdan yashirar qora ko’zlarin.

 

Bilaman xap senmi ko’proq qumsading,

Darsdan so’ng futbollar o’ynagan chog’ni.

Yoki qulog’ingni ding qilib bunda,

Ko’proq qumsadingmi har qo’ng’iroqni.

 

Mana senga bugun katta tanaffus,

Ota-onang bag’ri oshyoning bu kun.

Dadang bilan ko’chat ekdingmi kecha,

Oying aytgan she’rni yodlagin bugun.

 

Ukalaring bilan maqol , ertak ayt,

Iltimos bir muddat chiqma ko’chaga.

Boshqotirmang chala kolganda unda,

O’shanga bosh kotir : chikma kuchaga.

 

Oh, mening beg’ubor, aziz o’qvchim,

Oz qoldi maktabga boramiz birga.

G’azallar aytamiz jo’shib yurakdan,

Do’stlarni hayratga solamiz birga.

 

Yana kundaliging to’lar bahoga,

Ustozlaring mehrin tuyasan ishon.

Sinfni to’ldirar beg’ubor kulgung,

Seni ham qumsagan bugun maktabjon.

 

Bugun sog’liging-chun bedor necha jon,

Ular uyqu nima dam nima bilmas.

Sen ular aytgandek qo’llaringni yuv,

Bir muddat niqobla olib tur nafas.

 

Oh, mening qadrdon, aziz o’quvchim,

Shifokorlar ne der eshit , qulok sol.

Sog’lik omonlikda yuz ko’rishaylik,

O’sha kunlar haqqi: Bugun uyda qol!!!!

 

O’qituvchi | Uyda qoling!:

Kitob tumani 31-maktab õqituvchisi Põlatova Dilnoza

 

Kasallikdan ortib ketdi vahimangiz,

Olloh panohida asrar, g’am yemangiz.

Mish-mishlar-u, oh-u vohni kõp demangiz,

UYDA QOLING, BIZ SIZ UCHUN XIZMATDAMIZ.

 

Qalb kõzingiz oching, dõstlar, sal kattaroq,

Har ishda bir xayr kõring, foydaliroq.

Õzingizni asrang, yuring darddan yiroq,

UYDA QOLING, BIZ SIZ UCHUN XIZMATDAMIZ.

 

Ayni kõklam chog’ emasmi, daraxt eking,

Onajonlar, qizingizga kõylak tiking.

Tiniqib dam olib, bir xumordan chiqing,

UYDA QOLING, BIZ SIZ UCHUN XIZMATDAMIZ.

 

Quyoshli qalb, quyoshli elmiz haqiqat,

Bu kunlar tez õtib ketar, bõlmang diqqat.

Film kõrish, mutolaaga zap qulay vaqt,

UYDA QOLING, BIZ SIZ UCHUN XIZMATDAMIZ.

 

Bir tan, bir jon bõlib yashar doim õzbek,

Pisand emas bu dard, õzbek õziga bek.

Bizlar endi seni abad kuzatamiz,

Vahima degan illatni tuzatamiz.

 

Uyda qoldik, lek chuqur õyda qolmadik,

Ibodat-u duolardan hech tolmadik.

Oq libosli farishtalar bormi, demak,

Xastalig-u dardlarni unutmoq kerak.

 

Tanti Otam, bizdan bõlsin kõnglingiz tõq,

Jonkuyarim, bildim aslo tengingiz yõq.

Insonparvar qalbingizdan ibrat oldik,

Biz yurt uchun, biz Siz uchun UYDA QOLDIK…

 

O’QUVCHILARGA

 

Maktabda gullarim chanqab qolibdi,

Partalarga esa gard ham qo’nmagan.

Doskadagi sana hali ham o’sha,

Necha kun darsimiz bo’lmadi, bolam.

 

Aslida barchangiz farishtadaysiz,

To’polonchi bolam, a’lochi bolam.

Jajji bo’lsangizda, dunyo bezaysiz,

Ko’ngli toza bolam, beg’ubor bolam.

 

Sinflar sizlarni intizor kutar,

Nafaqat sinflar, bu Vatan kutar.

Karantin tugasa quchog’in ochib,

Eng zo’r ilhom bilan ustozlar kutar.

 

Bildim, hammangizni, ey o’g’il-qizim,

Buyuk bir maqomda sevar ekanman.

Bildim, har biringiz menga qadrdon,

O’zimga farzandday bilar ekanman.

 

Mayli, hozircha biz niqob taqamiz,

O’zimiz asraymiz kelgan balodan.

Bu kunlar barchaga bir sinov bo’lsa,

Olloh berar yana yaxshi kunlardan.

 

Olisdan bo’lsada, senga duoda,

Bir umrlik kamol tilayman, bolam.

Bergan vazifalar yodingda bo’lsin,

Kitobni qo’ymagin, takror et, bolam.

 

Maktabdagi gullar ochilar yana,

Sinfni to’ldirib darslar o’tamiz.

Sen-u biz Vatanga hizmat qilgani,

YAna ko’p o’qiymiz, dadil bo’l bolam!

 

Huvillab yotibdi maktab quchog’i

 

Huvillab yotibdi maktab quchog’i,

Huddi egasi yo’q uyning o’chog’i.

Og’ir botayapdi yurakka sukut,

Sezilar-sezilmas sog’inch titrog’i.

 

Sinf xonalarni kezaman dilgir,

Daftarin unutib qoldirgan kimdir.

YUragim hapriqib ketadi nogoh,

Sizlarni sog’inib ketdimda axir!

 

Mayli shovqin bo’lsin, mayli to’polon,

Faqat kulgingizga to’lsin bu jahon.

Sizsiz hayotimda yo’q ekan mazmun.

Qadrdon o’quvchim, aziz bolajon!

 

Bu dard tinaqolsin yomg’irdek go’yo,

Osmon ko’ngillarni yoritsin ziyo.

YAna sinflarga qaytsin bolalar,

Yana shodliklarga to’lsin bu dunyo!

 

Kel umid, qalbimning oynasidan boq,

Qiyin bolalarsiz menga yashamoq.

Tezroq maktabimning darvozasin och,

Tezroq chalinaqol darsga qo’ng’iroq!

 

Otalar nolasi

 

Alloh tezroq bu baloni daf qilsin,

Yurtimizga nuri oftob sochilsin.

Maktablarning darvozasi ochilsin,

Qadringizgni endi bildim ustozlar!

 

To’rtta bolam turt tomonda qiyraydi,

Xotin bo’lsa bulbuldayin sayrydi,

Qon bosiiim gox tushib gox sakraydi,

Qadringizgni endi bildim ustozlar!

 

Choyxonalar to’g’ri edi meniki,

Ta’tillarning zo’ri edi meniki,

Karantinni sho’ri endi meniki,

Qadringizgni endi bildim ustozlar!

 

Majlis desa endi chopib boraman,

Ishimni xam kechib qochib boraman,

Gul ko’tarib,bagrim ochib boraman,

Qadringizgni endi bildim ustozlar!

 

 

Tojdor viruslarning tojin yechamiz

Yorqinjon Hayitboev she’ri

 

Vahima yarashmas tinch mamlakatga,

Yarashar yaxshilik, yarashar mehr.

Birdamlik yetaklar baxtiyor baxtga,

Ona xalq, quvongin bir tanmiz axir.

 

Sinolar tug’ilgan qadim diyorda,

Qaddini rostlagan qadrdon, xalqim.

Mehnatni do’st bilgan yoz-u, bahorda,

Xushzabon, jonajon, mehribon, xalqim.

 

Asrlar o’tdiyu, o’tdi qancha vaqt,

YOmonlar, yovuzlar yengildi sendan.

Virus deganlari nima degan gap?

Buni ham yengamiz, ishongin chindan.

 

Asrangan zotlarni asrar YAratgan,

O’z bolang, o’z uying, qo’rg’oning asra.

Axir sen gul ekib, bog’lar yashnatgan,

Elingni asragin, bo’stoning asra.

 

Sinovda sinalar xalq irodasi,

Sinalib, saboti sinmagan, elsan.

Birinchi navbatda yurt himoyasi,

Bu yo’lda xizmatdan tinmagan, elsan.

 

Haqiqiy qahramon-shifokorlarga,

Rahmatlar yog’dirgin hatto o’yingda.

Gar yordam bermoqchi bo’lsang ularga,

Kitob o’qib o’tir, aziz uyingda.

 

Ozod mamlakatda ozoda har yoq,

Tozalik yarashgay go’zal chamanga.

Ertaga bugundan yasha yaxshiroq,

Va yorqin kelajak qurgin Vatanga.

 

Bobolarning ruhi qo’llaydi bizni,

Dildagi niyatni ko’ramiz baham.

Mustahkam qilgancha irodamizni,

O’tkazib olamiz karantinni ham.

 

Otalar, onalar, bolalar uchun,

Birlashib kurashda qasam ichamiz.

Ko’rsatib o’zbekning o’ziday kuchin,

Tojdor viruslarning tojin yechamiz.

 

Buyuklar beshigin belagan, xalqim,

Bir halol tandagi pokiza jonmiz.

Shirmoy non unini elagan, xalqim,

Bardoshi bukilmas O’zbekistonmiz!

Uyda qoling

Ey, Ollohim o?zing asra,
Yurtimizni ofatlardan.
Ko?zga ko?rinmas bu virus,
Balo-qazo, kulfatlardan.
Uyda qoling, uyda qoling,
His qilaylik bu da?vatni.
Tengdoshlarim, quloq soling,
Shunda asraymiz davlatni.

O?z uyingni o?zing asra,
Deyishganku donolar.
Uyda qolib, qutqaraylik,
Dunyolarni, bolalar.
To?xtataylik, to?y-hamam-u,
Bordi-keldi, bazmni.
Uyda qolib, kitob o?qib,
Asraylik Ona zaminni.
Toza tutib xonamizni,
Qo?lni ozoda saqlaylik.
Otamizni, onamizni,
Ishonchlarini oqlaylik.
Amal qilsak qoidaga,
Karantin ham tezroq tugar…
Axir, bizni intiq bo?lib,
Ona maktab, ustoz kutar.
Duo qilaylik, mo?minlar,
Ollohdan mo?jiza bo?lsin.
Virus batamom yo?q bo?lib,
Ona zamin nurga to?lsin.

Domlajonim

Shahnoza Ro’ziyeva (To’palonchi, dangasa bola onasi nomidan xazil she’r)

Bisotimdan sara so’zlar olib bordim,
Umrimda ko’rmagan sinfni topib bordim.
Majlis ?ilib cha?irganda bormagandim,
Ikki ?o’ygan ediz darrov chopib bordim.
Uyda jonimdan to’ydirdi bolajonim
Ayblarimizni kechiring domlajonim.

Fa?at siz uchun darslarni ?ilar edi,
Yo’?sa burchakdan joy olar, bilar edi,
Moda ?ilib yurar edi menga ?olsa
Sochini ?am urishsangiz olar edi,
?iz bolaga o’xshab ?oldiku, o’?lonim,
Ranjitganimni kechiring domlajonim.

TV dan tushinmaydi siz aytmasangiz,
Dars ?ilmaydi boshiga bir chertmasangiz,
Dars bir navi, badbo’yiga turib bo’lmas
YUvinmaydi or?asiga tepmasangiz.
Azob bilan o’tayapti xar bir onim,
Tezro? ishga ?ayta?oling domlajonim.

Yuklab olish: Karantinda yozilgan she’rlar
 

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: