Maktab psixologlari: samarali ishlashlari uchun ularga nimalar xalal bermoqda?

Maktab psixologlari samarali ishlashlari uchun ularga nimalar xalal bermoqda

Maktab psixologi – yosh avlodni katta hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishda ota-ona va o‘qituvchi bilan barobar ahamiyatga ega shaxs. Murakkab davr – o‘smirlikka qadam qo‘yayotgan bola, shaxs sifatida shakllanayotgan o‘smirning o‘z olamidagi muammolariga yechim topishi uchun yordam berishda maktab psixologining roli katta.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat olib borayotgan psixolog Sadriddin Shamsiddinov maktab psixologi faoliyatini tashkil qilish (ayniqsa, tuman sharoitida) samarasiz yo‘lga qo‘yilganini aytadi, — deya yozmoqda Kun.uz nashri.
U o‘z amaliy faoliyatidan kelib chiqqan holda, tuman maktabida psixologlar duch kelayotgan muammolarni sanab o‘tdi.

Kadrlar muammosi

– Bugungi kunda maktablarda psixologning foydasi amalda juda kam. Birinchidan, bu oliy ta’lim tizimida psixolog kadrlarni tayyorlashdagi muammolar bilan bog‘liq.
Oliy ta’lim sifatsiz psixologlarni tayyorlayapti, psixologik ta’lim eski manbalarga asoslangan, amaliyot bilan bog‘lanmagan. Talaba o‘zi mustaqil izlanishga moyil bo‘lsagina, nimanidir o‘rganib chiqishi mumkin. Hatto o‘zimni ham yaxshi malakali kadr deb aytishga xijolat bo‘laman.
Ikkinchidan, psixologning maktabdagi mavqeyi achinarli – unga keraksiz shaxs sifatida qaraladi. Jinsiy tarbiya, suitsid, ijtimoiy hayotga moslashuvdagi to‘siqlar, kattalar bilan muloqot, kasb tanlashda psixologning o‘quvchi hayotidagi roli katta bo‘lsa-da, bu amalda ko‘rinayotgani yo‘q.

Psixologik testlar yaroqsiz

– Maktabda o‘quvchilar bilan ishlash uchun foydalaniladigan testlar zamondan orqada qolgan, deb hisoblayman. Chunki hozirgi o‘smirlarning psixologiyasi bu testlar ishlab chiqilgan davrnikidan farqli. Har 20-30 yilda avlod almashadi, bu yangicha qarashlar, yangicha ruh paydo bo‘ladi degani. 1996 yildan keyin tug‘ilgan avlod – zet avlod, tabiiyki, o‘zidan avvalgi avlodlarga nisbatan boshqacha fikrlaydi, ularda psixika boshqa. Ammo ular bilan ishlashda boshqa avlod vakillari bilan o‘tkazilgan tajribalarga asoslangan testlardan foydalanilmoqda. Bu testlar ularning ruhiyatini ochib bera olmaydi, shuning uchun ham qo‘llashga yaroqsiz.
Shunday bo‘lsa-da, yuqoridan yuborilgani uchun ham shu testlar aossida ishlashga majbur bo‘lamiz.
Bitta sinfxonada o‘rtacha 30-35 o‘quvchi o‘tiradi. Savollar soni 50tagacha boradigan testlar ham bor. Psixolog ularni har bir o‘quvchiga ishlatib olgach, bittalab hisoblab chiqishi, tavsiflashi lozim. Bunga juda ko‘p vaqt va resurs ketadi. Natijada psixolog nima qiladi? Yoki ishlangan testlarni yolg‘ondan «salbiy-ijobiy» qilib belgilaydi, yoki testni o‘quvchilarga ko‘rsatmasdan, o‘zi shunchaki belgilab qo‘ya qoladi.
Aslida ilmiy nuqtayi nazardan olganda, psixologiyaning asosiy metodi kuzatish va suhbat hisoblanadi. Bu ikki metod bilan aniqlanmagan jihatlarnigina testdan qo‘shimcha metod sifatida foydalangan holda aniqlash mumkin. Shu sababli testlar sonini qisqartirish, depressiya, suitsidga moyillik kabi eng zarurlarini qoldirib, treninglarga ko‘proq vaqt ajratish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, psixologiya mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilarni kasbga tayyorlash degan metodika bor. Bu borada testlar Yevropa modelidan ko‘chirilgan holda bizga modifikatsiya qilingan, lekin bu modifikatsiya noto‘g‘ri qilingan. Testlarni ko‘rsangiz, bizda uchramaydigan, Yevropadagina bor bo‘lgan kasblardan kelib chiqib berilgan savollar bor. O‘quvchilar tugul, psixologlarning o‘zi ham ularning mohiyatini tushunmaydi.

Psixologiya darslari o‘tilmaydi

– Psixologik mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun alohida soat ajratilmagani psixolog-o‘quvchi munosabatlarini tashkillashtirish uchun imkon qoldirmaydi.
Deylik, psixolog o‘quvchilardan ruhiy holatni aniqlashda test olishi kerak bo‘lsa, qaysidir o‘qituvchining darsini buzishiga to‘g‘ri keladi. Ham dars buziladi, ham test o‘lda-jo‘lda o‘tkaziladi. Yoki 20 daqiqaga mo‘ljallangan (undan ham yuqorilari bor) testlarni 5 daqiqada nomigagina belgilatib oladi. Bu, albatta, testlarning ishonchligiga, natijaviyligiga ta’sir etadi. Ya’ni o‘quvchidagi real ruhiy holatni bilishga to‘siq bo‘ladi.
Alohida soat ajratilmagan bo‘lsa, psixolog o‘quvchi bilan qaysi paytda shug‘ullansin? Olti soat darsdan so‘ng ham ruhan, ham jismonan charchagan o‘quvchiga psixolog treningi yoqarmidi?
Shu nuqtayi nazardan, psixologning o‘quvchilar bilan shug‘ullanishi uchun dars soatlari jadvalga kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Psixolog xonasi talabga javob bermaydi

– Psixolog xonasi 15-20 kishi sig‘imida bo‘lishi lozim. Nega? Chunki oddiy dars xonalari trening o‘tkazishga mo‘ljallanmagan. Bundan tashqari, psixolog xonasi keng, yorug‘, shinam, o‘quvchini o‘ziga jalb etadigan bo‘lishi lozim. Tinch, xotirjam muhitda o‘quvchi bilan suhbat qura olish uchun sharoit bo‘lishi kerak.
Masalan, xonada akvarium bo‘lishi o‘quvchilarni qiziqtiradi, qandaydir siri bor bo‘lgan o‘quvchi psixologga aytsammi-aytmasammi deb ikkilanib turgan paytda ko‘z oldida akvarium paydo bo‘lib, bu uni psixolog xonasiga borishga undaydi. Bu esa qandaydir salbiy holatning oldi olinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Maktab psixologi o‘quvchilarga ustoz emas, do‘st bo‘lishi kerak. O‘quvchilar o‘z sirlarini psixologga qo‘rqmay ayta olishlari, unga ishonishlari lozim. Buning uchun o‘quvchilar bilan individual yoki jamoaviy ishlashda psixologning xonasi talabga javob berishi lozim.
Yana bir muhim jihat: psixolog xonasi maktabning birinchi qavatida joylashishi lozim. Bu ota-onalar bilan suhbatlarni tashkil qilish uchun qulaylik yaratadi.

Shtat masalasi

– Ilmiy manbalarda har 250 nafar o‘quvchiga bir psixolog shtat bo‘lishi lozimligi belgilangan. Men ishlayotgan maktabda esa 1000 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil oladi, ammo 2 nafar psixolog ishlashi uchun shtat berilgan. Vaholanki, bu maktabda 4 nafar psixolog bo‘lishi kerak, 2 nafar psixolog hamma o‘quvchilar bilan ishlashga jismonan ham ulgurmaydi.
Psixologlar soni o‘quvchilar soniga muvofiq bo‘lmasa, tabiiyki, qamrov ham, o‘quvchilar bilan ishlash sifati ham shunga yarasha bo‘ladi.
Bundan tashqari, qiz bolalarning ham, o‘g‘il bolalarning ham psixolog bilan muloqotida komplekslar bo‘lmasligi uchun maktabda erkak va ayol psixolog bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Maktab psixologi mustaqil emas

– Ilmiy manbalarda psixolog mavqe jihatdan maktab direktoriga teng bo‘lishi, rahbariyat u bilan maslahatlashgan holda ish ko‘rishi kerakligi ko‘rsatilgan. Ammo o‘quvchilar psixologga maktabdagi mayda-chuyda ishlarni qilib yuradigan keraksiz xodim sifatida qaraydi.
Chunki direktor, direktor o‘rinbosarlari maktab faoliyati bilan bog‘liq nimaiki mayda yumush bo‘lsa, psixologga yuklaydi. Davomat olish, o‘qituvchilarning dars o‘tayotgan-o‘tmayotganini tekshirish kabi ishlar ham ba’zida psixologga buyuriladi. Natijada, psixolog o‘z faoliyatini samarali tashkil qila olmaydi.

Hujjatbozlik

– Hamma joyda bo‘lganidek, qog‘ozbozlik maktab psixologi faoliyatini ham chetlab o‘tmagan. Maktabda psixolog qog‘ozbozlik bilan ovora bo‘lib asosiy ish faoliyati qolib ketadi. Hozirda bajarilgan ishni ko‘rsatish uchun telefonga suratga olish yetarli. Lekin psixolog ko‘p vaqtini qog‘oz to‘ldirish bilan o‘tkazadi. Kunlik qilingan ishlarini daftarga yozib borishga majbur.
Yillik, oylik va haftalik ish rejalarini yuritish bo‘yicha vazirlikdan topshiriqlar bo‘ladi – har bir qilingan ishning dalolatnomasi bo‘lishi kerak, test o‘tkazilsa, uning statistikasini yuritish, har bir o‘quvchining ma’lumotlarini papkalarga jamlab qo‘yish kerak. Bu qog‘ozlar hech kim foydalanmasa ham o‘quvchilar bitirib ketganidan keyin yana uch yilgacha turadi.
Endi ayting-chi, shuncha ishdan ortib psixolog qachon o‘quvchi bilan suhbatlashadi? Qog‘oz to‘ldirish, direktor buyurgan mayda-chuyda ishlarni qilishdan bo‘shab, o‘quvchining muammosini tinglashga kuch, vaqt, hafsala top oladimi?!
Umuman olganda, maktablarda psixologning mavqeyini oshirish, uning o‘z faoliyatini samarali tashkil qila olishi uchun muhit yaratish masalasi, ayniqsa, e’tibor kamroq bo‘lgan tuman hududlarida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Chunki psixolog o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni chindan ham uddalay olsa, keyinchalik kattalashib ketishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy muammolarni birinchi bosqichlardayoq profilaktika qilish mumkin bo‘ladi.


Школьный психолог так же важен, как родитель или учитель, в направлении подрастающего поколения к взрослой жизни. Подростковый возраст — сложное время — роль школьного психолога состоит в том, чтобы помочь подростку, развивающемуся как личность, найти решения проблем в своем мире.

Садриддин Шамсиддинов, психолог, работающий в средней школе Гиждуванского района Бухары, считает организацию работы школьных психологов (особенно в районе) неэффективной, сообщает Kun.uz.
На основе своей практической работы он перечислил проблемы, с которыми сталкиваются психологи в районной школе.

Кадровая проблема

— Польза психолога в школах сегодня на практике очень мала. В первую очередь это связано с проблемами подготовки психологов в системе высшего образования.
Высшее образование готовит низкоквалифицированных психологов, психологическое образование основано на старых источниках и не связано с практикой. Студент может чему-то научиться только в том случае, если он или она готовы проводить самостоятельные исследования. Мне стыдно даже сказать, что я хороший специалист.
Во-вторых, у психолога в школе печальное положение — он воспринимается как ненужный человек. Хотя половое воспитание, суицид, препятствия на пути социальной адаптации, общение со взрослыми и выбор профессии играют важную роль в студенческой жизни, на практике они не проявляются.

Психологические тесты недействительны

— Я думаю, тесты, которые использовались для работы со студентами в школе, устарели. Потому что психология сегодняшних подростков отличается от того времени, когда разрабатывались эти тесты. Каждые 20-30 лет сменяются поколения, а значит новые идеи, новый настрой. Поколение, родившееся после 1996 года, поколение Зетов, естественно, мыслит иначе, чем его предшественники, у них другая психика. Однако они основаны на экспериментах с другими поколениями. Эти тесты не раскрывают их психику, поэтому они недействительны.
Однако, поскольку это послано свыше, мы должны работать над этими тестами.
В среднем в классе 30-35 учеников. Есть также тесты, в которых количество вопросов доходит до 50. Психолог должен рассчитать и описать их индивидуально для каждого ученика после их использования. Это займет много времени и ресурсов. Что в результате делает психолог? Либо он помечает разработанные тесты как «ложноположительные», либо может сам помечать тест, не показывая его ученикам.
На самом деле, с научной точки зрения, основным методом психологии является наблюдение и беседа. Только аспекты, которые не идентифицируются этими двумя методами, могут быть идентифицированы с помощью теста в качестве дополнения. Поэтому, уменьшая количество тестов, оставляя самые необходимые, такие как депрессия, суицидальные наклонности,Желательно больше времени уделять тренировкам.
Существует также методика подготовки студентов к карьере психолога. Тесты были изменены для нас путем копирования с европейской модели, но эта модификация была некорректной. Если посмотреть на тесты, у нас есть вопросы, которых нет в профессиях, существующих только в Европе. Даже студенты и психологи не понимают их сути.

Уроков психологии нет.

— Отсутствие специальных часов для психологической подготовки не позволяет организовать отношения студент-психолог.
Например, если психолог должен проверить учеников на перепады настроения, учителю придется прервать урок. И урок будет сорван, и тест будет проведен в дороге. Или 20-минутный (или выше) тест можно назвать за 5 минут. Это, безусловно, влияет на надежность и эффективность тестов. То есть это мешает ученику узнать истинное состояние ума.
Когда психолог должен заниматься со студентом, если нет отдельных часов? Понравилось ли умственно и физически истощенному студенту обучение у психолога после шести часов занятий?
С этой точки зрения целесообразно планировать занятия психолога со студентами.

Кабинет психолога не востребован

— Кабинет психолога должен быть на 15-20 человек. Почему? Потому что обычные классы не предназначены для обучения. Кроме того, кабинет психолога должен быть просторным, светлым, удобным и привлекательным для ученика. Студент должен уметь общаться в спокойной, мирной обстановке.
Например, студенты заинтересованы в том, чтобы в комнате был аквариум, и когда студент, у которого есть секрет, не решается рассказать психологу, перед его глазами появляется аквариум, который побуждает его пойти в кабинет психолога. Это может помочь предотвратить любые проблемы.
Школьный психолог должен быть другом ученикам, а не учителем. Студенты должны уметь без страха рассказывать свои секреты психологу и доверять ему. Для этого кабинет психолога должен соответствовать требованиям индивидуальной или групповой работы со студентами.
Еще один важный момент: кабинет психолога должен располагаться на первом этаже школы. Это облегчает организацию бесед с родителями.

Государственный выпуск

— Научные источники утверждают, что на каждые 250 студентов должен приходиться один психолог. В школе, где я работаю, учится более 1000 учеников, но наняли двух психологов. Хотя в этой школе должно быть 4 психолога, 2 психолога не успевают физически работать со всеми учениками.
Если количество психологов не соответствует количеству студентов, то, конечно, охваткачество работы со студентами останется прежним.
Кроме того, в школе желательно иметь психолога мужского и женского пола, чтобы и у девочек, и у мальчиков не было сложного общения с психологом.

Школьный психолог не является независимым

— Научные источники утверждают, что психолог должен быть равен директору школы по должности, а руководство должно работать в консультации с ним. А школьники видят в психологе бесполезного работника, который занимается мелочами в школе.
Потому что всеми мелочами, связанными с деятельностью школы, занимается директор, заместители директора, психолог. Психологам также иногда поручают посещать занятия и проверять успеваемость учителей. В результате психолог не может эффективно организовать свою работу.

Документальный

«Куда бы вы ни посмотрели сегодня, везде течет волна протекционистских настроений. В школе психолог занят бумажной работой. Просто сфотографируйте на телефон, чтобы показать, что вы уже сделали. Но психолог тратит много времени на заполнение бумаг. Он должен вести дневник своей ежедневной работы.
Будут поручения министерства вести годовые, месячные и недельные планы работы — должен быть акт каждой выполненной работы, если проводится зачет, вести статистику, собирать данные по каждому ученику в папки. Даже если этими бумажками никто не воспользуется, их хватит еще на три года после выпуска.
А теперь скажите, когда после такой работы психолог разговаривает со студентом? Может ли заполнение документов, найти время, чтобы выслушать проблему ученика, и найти разочарование от того, что ты свободен делать маленькие вещи, которые директор говорит тебе делать?!
В целом вопрос о повышении статуса психологов в школах и создании среды, в которой они могут эффективно организовать свою работу, нуждается в кардинальном пересмотре, особенно в областях, которым уделяется меньше внимания.
Потому что если психолог действительно сможет выполнить поставленные перед ним задачи, то можно будет предотвратить многие социальные проблемы на ранних стадиях, которые в дальнейшем могут обостриться.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: