UYDA QOLING!

Maktab oʻqituvchilari qanday hujjatlarni yuritishi kerak?

O’qituvchilar yuritib borishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yhati.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori qabul qilingan.

Unga koʻra:

– Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

    – Sinf jurnali;

    – Yillik taqvim-mavzuiy reja;

    – Kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

    – Yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.

Oʻqituvchilar bundan tashqari hech qanday ortiqcha hujjat yuritishga majbur emas.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Yuklanmoqda...