Maktab kotibasining vazifasi nimalardan iborat?

Maktab kotibasining vazifasi nimalardan iborat?
Telegram kanal подписаться

Maktabda faoliyat yuritayotgan kotibalarning xizmat vazifalarini sanab o’tamiz.

    1. Kotiba texnik xodimlar tarkibiga kiradi hamda bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.

    2. O’z faoliyatida sohadagi me’yoriy-huquqiy, uslubiy va boshqa rahbarlik hujjatlari, maktab Nizomi va mazkur lavozim yo’riqnomasi talablariga amal qiladi.

    3. Direktorning topshiriq va ko’rsatmalarini o’z vaqtida va to’liq bajaradi

    4. Mehnat shartnomasi shartlariga, mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi talablariga, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etadi.

    5. O’z xizmat xonasi va rahbar xonasida tozalik va sarishtalikni ta’minlaydi.

    6. Umumiy bo’limdan hamda bevosita direktor nomiga kelgan xatlar va hujjatlarni ko’rib chiqish hamda ijroga qaratish uchun kiritadi va o’z vaqtida bo’limlarga yoki ijrochiga qaytarib topshiradi.

    7. Tegishli boshqarma va bo’lim xodimlarining ish yuzasidan rahbar huzuriga kirishini tashkillashtirib boradi hamda kundalik masalalarni tezkorlikda hal qilinishiga ko’maklashadi.

    8. YUqori tashkilotlardan, vazirlik va boshqa davlat idoralaridan yuborilgan
    xabar, faksogramma va telefonogrammalarni qabul qilib oladi va o’z vaqtida direktorga yetkazadi.

    9. Direktor qabuliga kelgan fuqarolarni hisobini yuritib, qabulni tashkillashtiradi va murojaatlarni tegishli bo’limlar orqali ko’rib chiqish uchun tegishli shaxslarga o’tkazib beradi.

    10. Bosma mahsulotlarning majburiy bepul nusxalaridan tegishlilarini qabul qilib oladi. Ularning hisobini yuritib, rahbarga va tegishli bo’linmalarga topshiradi.

    11. Direktor ko’rsatmasi bilan tegishli hujjatlarni kompyuterda tayyorlab beradi.

    12. Direktor yordamchisining ko’rsatma va topshiriqlarini bajaradi.

    13. Kotibaning xizmat vazifalari ish zaruriyatidan kelib chiqib, rahbariyat tomonidan kengaytirilishi (qo’shimcha topshiriq va ko’rsatmalar berilishi) mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: