Maktab direktorlari yangi tartibda tayinlanmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad nima?

Maktab direktorlari yangi tartibda tayinlanmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad nima
Вы также можете подписаться на нас по телеграмме Подпишитесь на канал

Joriy yil boshidan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.

Natijalari boʻyicha “qizil” toifaga kiritilgan aksariyat maktab direktorlari lavozimidan ozod etilgani tufayli hozirgi kunda xalq taʼlimi tizimidagi 617 ta (6,1 %) umumtaʼlim maktablarining direktor lavozimlariga direktorlarni tanlash va tayinlash jarayoni kechmoqda. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar ish.uzedu.uz (maktab taʼlim jarayonini boshqarish tizimi) sayti orqali roʻyxatdan oʻtib vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etib boradilar.
Nomzodlar hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan suhbatdan oʻtkazilib mahalliy Kengash deputatlari muhokamasiga taqdim qilib borilmoqda.
Lavozimga tayinlangan yangi maktab direktorlari har yili Kengash oldida hisobot berib turadi.
«Maktab direktorlarini lavozimga tayinlashning bu usuli maktablarda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi mahalliy kengash deputatlaridan hamda jamoatchilik vakillaridan ushbu jarayonlarni ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratishlarini va barcha jarayonlarni videoga olib, internetga yuklab borishlarini hamda OAV orqali yoritib borishlarini soʻraydi» deyiladi xabarda.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: