UYDA QOLING!

Maktab attestati shahodatnoma qachon berilishi ma’lum qilindi

Umumiy o’rta ta’lim maktablarini bitirganlik to’g’risidagi shahodatnomaning elektron shakli (skaner) bitiruvchilarga 15 iyunga qadar yetkaziladi.

Bu haqda “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o’quv yilini yakunlash hamda o’quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan ta’minlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug’ida qayd etilgan.
Hujjatga ko’ra hududiy ta’lim boshqarmalari joriy yiling 5 iyuniga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo’yiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritishi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.
Boshqarmalar joriy yilning 15 iyuniga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazadi.
Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o’quvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralarini ko’rgan holda umumiy o’rta ta’lim muassasasida saqlab turiladi.
Karantin cheklovlari olib tashlanganidan so’ng attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar o’z egalariga topshiriladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: