Ma’nosiz harakat — Kalamush poygasi haqida

Ma’nosiz harakat - Kalamush poygasi haqida

Kalamush poygasi – bu cheksiz davom etadigan, kishini holdan toydiradigan ma’nosiz harakat. Ibora odamlarga nisbatan ishlatilganda kichik va arzimas manfaatga yetishish uchun mashaqqatli harakat qilishni anglatadi.

Zamonaviy dunyoda bu poyga kam miqdordagi oylik maosh uchun ertayu-kech tinim bilmay ko‘p mehnat qilish ma’nosida ishlatilishi mumkin. Kalamush poygasida yutib chiqishning iloji yo‘q. Faqat poygani tashlab, undan chiqib ketganlargina muvaffaqiyatga erisha olishadi.
Kalamush poygasi haqida YouTubeda juda ajoyib video bor ekan. Videoda zamonaviy dunyoning baxt uchun kurashi, moliyaviy erkinlik uchun ma’nosiz harakat yorqin tasvirlangan.


O‘zim bir necha yil oldin kalamush poygasining sodiq ishtirokchilaridan bo‘lganman. Hatto poygaga o‘zimni bag‘ishlagan, hayotimning mazmuni shu poyga ekanligiga ishongan vaqtlarim ham bo‘lgan. Poygadan chiqib keta olganimdan keyingina uning qanchalar ma’nosiz bo‘lganini, aslida shuncha vaqt faqat zararimga harakat qilganimni tushunganman.

Kalamush poygasi qanday boshlanadi?

Kimdir ilojsizlikdan, yana kimdir esa yetarli bilimga ega emasligidan arzonga ko‘p ishlashni tanlashadi. Imkonsizligi sababli kam haq evaziga bo‘lsa ham ko‘p mehnat qiladiganlar haqida hech narsa deya olmayman. Yaqin kishisi bemor bo‘lganligi sababli davolanish uchun pul kerak bo‘lganlar bor, yaxshi niyatiga erishish umidida qo‘lidan kelganicha harakat qilayotganlar bor. Imkonsizlik ayb emasligi sababli ushbu maqolada faqat bilimsizlik sababli, chiqib ketishga imkoni bo‘la turib yetarlicha tushunchaga ega emasligi sababidan poygada qatnashayotganlarga ma’lumot bermoqchiman.
Kalamush poygasida ishtirok etish real hayot haqida yetarlicha haqiqatlarni bilmaslikdan boshlanadi. Hayot – bu o‘yin. Uning qoidalari ba’zan qoidadan tashqarida o‘ynashdek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo ko‘pincha “qoida asosida o‘ynash” – bu qoidalarni yaxshi bilmaslik va aldanib yashash hisoblanadi. Keling, sizga o‘zim bilgan hayotning ba’zi achchiq haqiqatlarini aytib o‘taman.

Mehnatning tagi – mehnat!

Bizga yoshligimizdan mehnat qilish, tinimsiz ter to‘kish kerakligi haqida o‘rgatishgan. Aytishlaricha, mehnatning tagi rohat emish. To‘g‘ri, mehnatsiz nimagadir erishish qiyin. Lekin ko‘pincha mehnatning o‘zi yetarli emas. Faqat mehnat qilgan, ammo faoliyatiga bir oz tadbirkorlik, bir oz ayyorlik, bir oz keng fikrlilik va yana boshqa zaruriy xususiyatlarni qo‘sha olmaganlar butun umr mehnat qilib, uning rohatiga erisha olmay o‘tishadi. Bu haqiqatdan yaxshi xabardorlar esa, yetarli darajada mehnatni qilib bo‘lishganidan so‘ng hayotlarining keyingi bosqichlarida “ishlamagan tishlaydi” usulida rohat ko‘rishadi. Shunday ekan, faqat mehnat qilish emas, kallani ham ishlatish kerak!

Professor emas, etikdo‘z bo‘lgan afzal

Hamma farzandini maktabda a’lo baholarga o‘qishini xohlaydi. Ota-onalar nazdida akademik jihatdan ilg‘or bilimga ega bo‘lish bola hayotidagi moliyaviy muvaffaqiyatning yagona sharti hisoblanadi. Ammo real hayot bunday emas. Ko‘pincha inson moliyaviy mustaqillikka ilmiy salohiyati sababli emas, yaxshi kasbiy ko‘nikmasi sababli erishadi. Bu bilan maktabda yomon baholarga o‘qish kerak, yoki umuman o‘qimasa ham bo‘laveradi, demoqchi emasman. Yaxshi o‘qish juda kamdan-kam holatlardagina kishini boy qila oladi. Ko‘p olimlar, professorlar, ilm-fan yulduzlarini kalamush poygasida aziyat chekayotgan holda ko‘ramiz. Nimaga uchun? Chunki ilmning yolg‘iz o‘zi tadbirlik harakatsiz hech qanday amaliy natija bera olmaydi. Real hayotdagi jamiyatda professorlarga nisbatan oddiy etikdo‘zlar moliyaviy jiyatdan yaxshiroq ta’minlanganini ko‘rishimiz mumkin. “Avval iqtisod, keyin siyosat” deyishgani shu bo‘lsa ajab emas.

Kamroq sarflash emas, ko‘proq topish muhim

Tejamkorlik yaxshi. Ammo gap moliyaviy mustaqillikka erishish, kalamush poygasidan chiqib ketish haqida ketganda kamroq sarflash, mavjud mablag‘ni tejashga harakat qilish orqali hech narsaga erishib bo‘lmaydi. E’tiborni tejashga emas, ko‘proq topishga qaratish kerak. Sizdan ketayotganiga hech ham parvo qilmang. Qo‘lingizda borini ushlab qolishga emas, ko‘proq kirim qilishga intilishingiz kerak. Siz topayotgan mablag‘ tejamasdan ishlatgandagi ehtiyojlaringizdan ortib qolish darajasida bo‘lishi zarur.

Qoidalar ularni buzish uchun o‘ylab topilgan

Qonun himoyachilarining o‘zlari qonunni buzishlariga, tartib-qoidalar haqida ko‘p gapiradiganlar aslida parda ortida o‘z gaplariga butkul teskari ishlar qilishiga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Kishi hayotda ba’zan chizilgan chiziqdan chiqib turishni ham bilishi kerak. Har doim qoidalar asosida o‘ynayman desangiz, yutqizib qo‘yasiz. Qoidalar mo‘min-qobil yuvvoshlarni bir chetda ushlab turib, asosiy raqiblar sonini cheklab turish uchun o‘ylab topilgan. Hayotda har xil balandparvoz chiroyli gaplarga ishonavermang. Unutmang, har qanday chiroyli tovlanadigan tovus dumining tagida, oddiy tovuqning quyrug‘i yashiringan bo‘ladi. Hech kim farishta emas. Ishinigizni yaxshi bilib qiling, maqsadingizga erishish yo‘lida aql ishlatib harakatda bo‘ling. Qo‘lga tushmadingizmi, demak siz aybdor emassiz (juda ko‘pchilik boshqalar singari)!

Poygadan chiqishning asosi nima?

“Azizim, shoirona gaplarga kiyim qilib bo‘lmaydi, shoirona gaplarga osh pishmaydi. Pul kerak, pul! Tilni sayratadigan ham, dilni yayratadigan ham, oilaga totuvlik, maza kirgizadigan ham, gina-kudrat, janjal, g‘alvani kushandasiyam pul! Pul topishni yo‘llarini axtarish kerak. Pul, pul, pul!!!” (“Parvona” spetaklidan)
Kalamush poygasining asosiy maqsadi pul topish. Har kuni millionlab odamlar tongga uyqularidan kechib sariq chaqa ishlab topish uchun, mazmunsiz va foydasiz kalamush poygasiga kirishishadi. Agar siz ham shu poygaga aralashib qolgan bo‘lsangiz, umringizni o‘tkazib yuborishdan oldin ko‘proq pul topish yo‘llarini qilib tezroq poygadan chiqib ketishingiz kerak. Ishoning, faqat kunlik xarajatlaringiznigina qoplaydigan oylik miqdoricha pulni boshqa usulda, o‘zingizni har kunlik qiynashlarsiz ham topishingiz mumkin.
Jazavaga berilmang, kam oylikka bo‘lsa ham ishlab turmasam ochimdan o‘lib qolaman, deb o‘ylamang! Mayli bir-ikki oy qiynalarsiz, lekin shoshmasdan aqlni ishlating. Uzoq yillarga tatiydigan kuchli rejalar tuzing. Hozirgidan bir necha o‘n barobar ko‘proq pulni ishlab topish uchun nimalar qila olishingizni, nimalar qilishingiz kerakligini o‘ylab ko‘ring.
Siz kalamush poygasidan chiqib keta olasiz. Bir marta beriladigan bu hayotda siz poygadan yuqorisiz. O‘zingizga ishoning. Kimligingizni eslang!

Manba: Azamat.uz


Крысиные бега — это бесконечное и бессмысленное занятие. Когда фраза используется против людей, она означает много работать для достижения небольших и незначительных выгод.

В современном мире эту расу можно использовать для тяжелой работы день и ночь за небольшую зарплату. Невозможно выиграть крысиные бега. Добиться успеха могут только те, кто сойдет с дистанции и выйдет из нее.
На ютубе есть отличное видео про крысиные бега. В ролике ярко изображена борьба современного мира за счастье, бессмысленное движение за финансовую свободу.


Несколько лет назад я был преданным участником крысиных бегов. Были времена, когда я даже посвящал себя гонкам и считал, что гонки — это цель моей жизни. Только когда я смог сойти с дистанции, я понял, насколько нелепо было то, что я так долго пытался только навредить себе.

Как начинаются крысиные бега?

Одни выбирают дешевую работу от отчаяния, а другие выбирают дешевую работу, потому что у них недостаточно знаний. Я ничего не могу сказать о тех, кто много работает, даже за маленькую зарплату, по причине их невозможности. Есть те, кому деньги нужны на лечение из-за болезни близкого человека, а есть те, кто делает все возможное в надежде на достижение благих намерений. Поскольку невозможность не является преступлением, я хочу сообщить тем, кто мчится в этой статье только по незнанию, потому что у них недостаточно понимания, чтобы иметь возможность выбраться.
Участие в крысиных бегах начинается с недостаточного знания фактов о реальной жизни. Жизнь — игра. Его правила иногда, кажется, играют вне правил. Но часто «играть по правилам» означает не знать правил и жить обманом. Позвольте мне рассказать вам некоторые горькие истины жизни, которые я знаю.

Корень труда — труд!

С юных лет нас учили много и много работать. Говорят, что корень труда — это удовольствие. Правда, трудно чего-то добиться без упорного труда. Но часто тяжелой работы недостаточно. Те, кто только что работал, но не сумел добавить к своей работе чуточку предприимчивости, чуточку хитрости, чуточку широты взглядов и других необходимых качеств, будут работать всю жизнь и не смогут получать от этого удовольствие. Те, кто хорошо осведомлен об этом факте, будут наслаждаться методом «укуса, который не работает» на более поздних этапах своей жизни, как только они проделают достаточно работы. Так что вам нужно не только работать, вы также должны использовать свою голову!

Я лучше буду специалистом по этике, чем профессором

Все хотят, чтобы их ребенок хорошо учился в школе. В глазах родителей наличие передовых академических знаний является единственным условием финансового успеха в жизни ребенка. Но реальная жизнь не такая.Часто финансовая независимость достигается не благодаря академическим способностям, а благодаря хорошим профессиональным навыкам. Это не означает, что вы должны получать плохие оценки в школе или вообще не учиться. Редко хорошая учеба может сделать вас богатым. Мы видим, как многие ученые, профессора, звезды науки страдают в крысиных бегах. Почему? Потому что одна только наука не может дать никакого практического результата без действия. В реальном мире неуклюжие слоны подвергаются агрессии мчащихся карликов. Неудивительно, что они говорят: «Сначала экономика, потом политика».

Важно зарабатывать больше, а не тратить меньше

Экономия это хорошо. Но ничего нельзя добиться, добившись финансовой независимости, меньше тратя денег, чтобы выйти из крысиных бегов, и пытаясь сэкономить имеющиеся деньги. Сосредоточьтесь на том, чтобы больше зарабатывать, а не экономить. Неважно, что он уходит от вас. Вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям. Денег, которые вы зарабатываете, должно быть достаточно для покрытия ваших потребностей.

Правила созданы для того, чтобы их нарушать.

Мы видели, как многие правоохранители сами нарушают закон, а те, кто много говорит о правилах, на самом деле делают прямо противоположное тому, что говорят за кулисами. Нужно уметь выходить за черту жизни. Если вы скажете, что всегда играете по правилам, вы проиграете. Правила призваны ограничить количество основных конкурентов, оставив верующих в стороне. Не верьте всяким высоким красивым словам в жизни. Помните, под хвостом любого красивого павлина будет спрятан хвост обычной курицы. Никто не ангел. Хорошо знайте свою работу и руководствуйтесь здравым смыслом для достижения своих целей. Если вас не поймают, вы невиновны (как и многие другие)!

Что является основанием для выхода из гонки?

«Милый, для стихов нельзя одеться, для стихов суп не сваришь. Мне нужны деньги, деньги! Деньги, которые заставляют язык петь, распространяют язык, делают семью счастливой, делают гнев, ссоры, ссоры еще хуже! Нам нужно найти способы заработать деньги. Деньги деньги деньги !!! » (Из спектакля «Парвона»)
Основная цель крысиных бегов — заработать деньги. Каждый день миллионы людей просыпаются утром и пустятся в бессмысленные и бесполезные крысиные бега, чтобы заработать желтого ребенка. Если вы участвуете в этой гонке, вам нужно выйти из гонки как можно скорее, прежде чем вы потратите свою жизнь, пытаясь заработать больше денег. Поверьте, зарабатывать ежемесячную сумму денег, покрывающую только ваши ежедневные расходы, можно и другим способом, без ежедневных пыток.Не стремитесь к меньшему, чем ваш полный потенциал. Может быть, месяц или два вам не будет тяжело, но в спешке используйте свой ум. Стройте серьезные планы на долгие годы. Подумайте, что вы можете сделать, что вам нужно сделать, чтобы зарабатывать в десятки раз больше денег, чем вы зарабатываете сейчас.
Вы можете выйти из крысиных бегов. В этой однажды данной жизни вы выше расы. Верь в себя. Помни кто ты!

Источник: Азамат.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: