Ma’noli rasm – Drudllar haqida tushuncha

Drudllar
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Drudl bu tushunarsiz,nihoyasiga yetmagan rasm orqali biror bir ma’noni ifodalash. Ko’pchilik drudl haqida ma’lumotlarga ega emas.

Tushunarsiz va tugatilmagan rasm orqali insondagi ijodiy fikrlashni, kreativlikni shakllantiruvchi o’yin. Drudl chiziq, aylana,uchburchak va boshqa shakllar orqali biror bir narsani ifodalaydi. Bu mashg’ulot asosan bolalar bilan o’tkaziladi. O’yin orqali bolaning aqliy darajasini oshirishga harakat qilinadi.
Drudllar 1950-yilda amerikalik komediya muallifi Rojer Prise va prodyusser Leonard Starning qiziqarli ixtirosi natijasida vujudga keldi. Drudl «chizish»,»chizma» va «topishmoq»degan ma’nolarni bildiradi. Ular tasavvurni rivojlantiradi. Drudlning javobi bitta bo’lmaydi. Tasavvur olami keng bo’lgan odam rasmni har xil talqin qiladi va hech kimnikiga o’xshamagan noodatiy javobni aytadi.
Drudl ko’rinishidagi ilk suratlar XVI asrda rassomlar tomonidan chizila boshlangan. Italiyalik rassom Agostino Karachchi drudl ko’rinishidagi asarini «Qashshoq ko’r ko’cha devoriga suyanib turibdi»deb nomlagan.
Bugungi kunda dunyo bo’yicha ko’plab kompaniyalar o’z brend va logotiplarini yaratishda drudllardan foydalanishadi. Ularning yana bir qiziq tarafi o’tmishda drudllarni ayg’oqchilar tili ham deyishgan. Sababi xat orqali ma’lumot yetkazish xatarli bo’lgani uchun ayg’oqchilar bir-biriga ma’lumot yetkazishda drudlli rasmlardan foydalanishgan. Chunki bunday rasmlar nima anglashilishini ko’pchilik tushunmagan.
Munira Tursunova UzJOKU talabasi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: